Telegram Web Link
#oʻzbek_tili

O‘zbek tili bayrami Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar o‘zbek tili millatning g‘ururi, tarixiy xotirasi va ma’naviy poydevori ekanini ta’kidlab, tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi mustahkamlanib borayotgani, uning nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdilar.


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2
#Gastrol_kundaligi

Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi hozirda Turkiya Respublikasining poytaxti — Anqara shahrida gastrol safari bilan tashrifda.
Bu tashrif o‘zbek va turk qardosh xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Ushbu doirada teatr jamoasi “Behbudiy” spektaklini Anqara shahridagi sahnada namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas kecha tuhfa etdi. 🇺🇿🤝🇹🇷


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2025/10/25 05:11:34
Back to Top
HTML Embed Code: