Telegram Web Link
🔴 #LIVE | Samarqand viloyatida 2026-yil hosili uchun don ekinlarini joylashtirish ishlari boshlandi.

Bugun “O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari J. Ochilov va Sh. Butunovlar viloyatdagi suvli maydonlarda jamg‘arilgan superelita, elita va R—1 avlod urug‘lik donning 2026-yil g‘alla hosili uchun maydonlarga tarqatilish jarayonini o‘rganish maqsadida Paxtachi tumani “Mirzayev Shuxrat Kenjayevich” fermer xo‘jaligi g‘alla klasteri urug‘lik sexlarida bo‘ldi.
mutaxassislar urug‘lik donning sifati va saqlanish sharoitlari bilan tanishdi. Shu jumladan, “Q. Rajabov” MMTP hududidagi “O‘zagrosahovat yerlari” fermer xo‘jaligi va “Yangi diyor JUT” MMTP hududidagi “Jonibek Bekzod-2020” fermer xo‘jaliklariga jami 8.250 kg urug‘lik don tarqatildi.
Hozirda urug‘lik donni tarqatish ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda. “O‘zagroinspeksiya” maqsadi — g‘alla hosilini barqaror ta’minlash, urug‘lik sifatini nazorat qilish va fermerlar uchun yetarli resurslarni taqdim etishdir.

@SamTvr
2
Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat” tashkil etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Siyosiy-ma’rifiy soat”lari tashkil etildi.

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati"da mas'ullar tomonidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shu kabi o'quv soatlari, Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamda Madaniy meros boshqarmasida ham bo'lib o'tdi.

@SamTvr
⚖️ Fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda sud va notariuslar hamkorligi ⚖️

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda, xalqaro shartnomalar hamda inson huquqlari to‘g‘risidagi hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini, shuningdek davlat, jamoat, yuridik shaxslar hamda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish — sud va notariat tizimining asosiy vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, Samarqand viloyat sudida “Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda sud va notariatning hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari Z. Allabayev, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i X. Xujamqulov, sudyalar F. Anarov, O. Temirov va T. Qurbonov hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyotdagi notariuslar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida, Konstitutsiyada belgilangan erkinlik, tenglik va bag‘rikenglik tamoyillari, mulk huquqining daxlsizligi, meros huquqini rasmiylashtirish tartibi, uy-joydan foydalanish huquqlari hamda sud va notariat tizimini raqamlashtirish yo‘nalishida takliflar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar o‘tkazilib, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarbligi ta’kidlandi. Kelgusida bu kabi hamkorlikdagi uchrashuvlarni davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📍 Samarqand viloyat sudi sudyasi F. Sh. Anarov

#Sud #Notariat #HuquqiyIslohotlar #Samarqand #InsonHuquqlari #Adolat #Hamkorlik

@SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | "BIRLIK - 2025" MINTAQAVIY BIRGALIKDAGI OʻQUV YAKUNIGA YETDI

24.10.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | OʻQUV - SEMINARI OʻTKAZILDI

24.10.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
«Samarqand» telekanali | 25 oktabr

@mtrk_tvdasturlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ASSALOM, SAMARQAND!" DASTURI☀️

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING📢

Salom va tabriklar uchun👇👇👇

@SamarqandTV_chat

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥1
2025/10/25 02:11:50
Back to Top
HTML Embed Code: