Telegram Web Link
#xalqaro_pazandalik_amaliyoti

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida Xalqaro pazandalik amaliyoti o‘tkazilmoqda. 👩‍🍳🇩🇪🇺🇿

Amaliy dars shaklida o‘tkazilgan seminar nemis oshpazlik an’analariga bag‘ishlandi. Mutaxassis Stefan Aufleger boshchiligida ishtirokchilar quyidagi taomlarni tayyorladilar:
🥩 mol go‘shtidan tayyorlangan klassik nemischa rulolar (Rindfleisch-Roulade);
🥚 sariyog‘, tuxum sarig‘i va ko‘katlardan tayyorlangan nozik fransuz sousi (Sauce Béarnaise);
🍝 Germaniyaning mashhur qo‘lda tayyorlanadigan makaron taomi (Spätzle).


🔰Har bir bosqichda ishtirokchilar Yevropa pazandachilik texnikasi, gigiyena qoidalari, ta’m balansi va taomni taqdim etishda bezash koʻnikmalarini o‘zlashtirdilar;
🔰Tayyor taomlar tatib ko'rilib, so'ngra ta'mi, ko'rinishi va taqdimoti muhokama qilindi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1🔥1
Samarqand xalqaro aeroportiga “Moskva-Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro “yashil” yo`lak orqali bojxona nazoratidan o`tayotganda, bojxona xodimlarida shubha uyg`otganligi sababli to`xtatiladi.

Natijada, yo`lovchining bagaj yuklari ko`zdan kechirilganda sifatini kafolatlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan hamda yo`lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati 21 million so`mlik “Tirzetta promomed” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-son qarori bilan tartibga solingan.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Til — millat ko‘zgusi, xalqning ruhi va qadriyati!

21-oktabr – O‘zbekiston Respublikasida O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbirida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - xodimlar o‘rtasida ona tilimizga hurmat ruhini mustahkamlash, savodxonlik darajasini oshirish hamda til boyligimizni asrab-avaylashga da’vat etishdan iboratdir.

Diktant davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining adabiy me’yorlari, imlo qoidalari va uslubiy go‘zalligini yanada chuqurroq anglab, ona tilimizga bo‘lgan ehtiromni amalda namoyon etdilar.

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Bu so‘zlar har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Zero, o‘z ona tilini sevgan inson – o‘z xalqini, o‘z Vatani tarixini, madaniyatini sevgan insondir.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

https://www.tg-me.com/SamTvr
2👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📡 Ratsiya qurilmasidan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi eslatib o‘tadi: supermarket, mehmonxona, qurilish obyekti yoki restoranlarda foydalanish uchun ratsiya qurilmasini xarid qilishdan oldin muhim qoidalarni biling. Respublikamiz hududida ruxsatnomasiz foydalanish mumkin bo‘lgan chastotalar quyidagilardan iborat:

433.05–434.79 MHz – chiqish quvvati 10 mW dan oshmagan.

446.0–446.2 MHz – chiqish quvvati 0.5 W dan ortiq bo‘lmagan.

Ushbu diapazonlardan tashqarida ishlaydigan ratsiyalarni ruxsatnomasiz ishlatish mumkin emas. Boshqa chastotadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval albatta ruxsatnoma olishingiz shart.

⚠️ Eslatib o'tamiz, qoidani buzganlarga jarima qo‘llanadi:

Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha.

Mansabdor shaxslar uchun – 5 baravaridan 7 baravarigacha.

📌 Ratsiya qurilmasidan foydalanishda qonuniy talablarga rioya eting.
👍1
Samarqand viloyatidan e-auksion.uz platformasi orqali biznes uchun 4211 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Samarqand shahridan 18 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on shahridan 56 ta (ko'rish)
🟢
Oqdaryo tumanidan 80 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 88 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 117 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 337 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 209 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 348 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 330 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 437 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 495 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 237 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 284 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 165 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 706 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 303 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

🎞 Video-qo'llanma 👈

https://www.tg-me.com/SamTvr
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Samarqandda noqonuniy qurilishlar ortidan chalg‘ituvchi reklamalar tarqalmoqda — ishonishdan oldin tekshiring!

📹 Mazkur videoni yaqinlaringiz va tanishlaringizga ham ulashing.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eko_nazorat

♻️ Samarqandda kuchaytirilgan qo‘shma nazorat tadbirlari oyligiga start berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 14-oktyabr kuni o‘tkazgan videoselektorida respublika bo‘ylab "Tozalik va ozodalik oyligi" eʼlon qilinishi yuzasidan bergan topshirig‘iga asosan Oqdaryo tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari boshchiligida tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari joylarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Bugun erta tongdan Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIB patrul post xizmati va viloyat Milliy gvardiyasi xodimlari hamkorligida tuzilgan maxsus ishchi guruh saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Endi mazkur ishchi guruh, guruhlarga bo‘lingan holda keyingi bir oy davomida barcha ekologik huquqbuzarliklar yo‘nalishida 24 soatlik tungi va kunduzgi kuchaytirilgan maxsus reyd nazorati tadbirlarini olib borishi ko‘zda tutilgan.


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
“Birlik – 2025”: O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi

14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta o‘quvlaridan biri – “Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil... | Подробно... | Read more...

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#O‘zbekTiliBayrami

“Ona tilim – yurak nurim”


Bugun O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida o‘tkazilgan adabiy kecha shunday nomlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Jumagul Suvonova, adiba Ra’no Odilova hamda yozuvchi Naim Nur o‘zlarining ijod namunalari bilan davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.


Ijodkorlar ona tiliga bag‘ishlangan she`rlarini yig`ilganlar e`tiboriga havola etish barobarida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular tilning millat kamolotidagi o‘rni, uning asrab-avaylash va kelajak avlodga bezavol yetkazish zaruratiga urg‘u berishdi.

“Bugungi kunda dunyoda taxminan 7 mingga yaqin tirik til mavjud. Ulardan atigi 200 tasigina rasmiy maqomga ega. O‘zbek tili ham ular orasida bo`lib, dunyodagi eng ko‘p so‘zlashuvchi 40 ta tildan biri hisoblanadi”, — deya ta’kidladi shoira Jumagul Suvonova.


📚 Tadbir davomida adabiyotning inson ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyati, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ona tilini asrash borasida fikrlar almashildi.

Yoshlar ongida til va adabiyotga muhabbat uyg‘otish, ma’naviy kamolotni rag‘batlantirish tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Sayt 📌 Telegram📌 Instagram📌 Facebook
👍1
2025/10/18 07:51:10
Back to Top
HTML Embed Code: