Telegram Web Link
#oʻzbek_tili

O‘zbek tili bayrami Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar o‘zbek tili millatning g‘ururi, tarixiy xotirasi va ma’naviy poydevori ekanini ta’kidlab, tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi mustahkamlanib borayotgani, uning nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini qayd etdilar.


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2
#Gastrol_kundaligi

Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi hozirda Turkiya Respublikasining poytaxti — Anqara shahrida gastrol safari bilan tashrifda.
Bu tashrif o‘zbek va turk qardosh xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Ushbu doirada teatr jamoasi “Behbudiy” spektaklini Anqara shahridagi sahnada namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas kecha tuhfa etdi. 🇺🇿🤝🇹🇷


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gastrol_kundaligi

Xabaringiz bor, Samarqand viloyati musiqali drama teatri gastrol safari bilan Turkiyaning Anqara shahriga tashrif buyurgan. O‘zbek va Turk qardosh xalqlari do‘stligini mustahkamlash hamda yetuk ma’rifatparvar, jadidchi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan “Behbudiy” spektaklini Anqara shahridagi teatrda namoyish etishdi.
"Behbudiy" spektakli katta olqishlarga sazovor bo‘ldi. Spektaklni sahnalashtirgan rejissyor F.Boynazarov, M. Behbudiy obrazini ijro etgan L. Mamatqulov va badiiy rahbar J. Hojiyev Turksoy tashkilotining maxsus diplomlari bilan taqdirlandi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔥2
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI l 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

21.10.2025


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUN XABARLARI l "RAHBAR KUBOGI" MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

21.10.2025


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!”

21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!


Shu munosabat bilan bugun viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi ushbu tarixiy sanani ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldi.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#21_oktabr_til_bayrami

Til — millatning tirikligi va ma’naviy qudrati ramzi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi  hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyati, uning milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tilimizning boy tarixiy ildizlari, buyuk adiblarimiz merosi hamda o‘zbek tili jahon miqyosida tobora e’tirof etilayotgani haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, tadbir davomida ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari va tarmoq xodimlari tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, hikmatli so‘zlar va chiqishlar yangradi.
Mazkur uchrashuv o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirishga xizmat qildi.
2025/10/23 14:49:25
Back to Top
HTML Embed Code: