Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND YANGILIKLARI | NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

22.10.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“ASSALOM SAMARQAND”musiqiy dam olish dasturi
#23oktabr #samarqandMTRK

https:/www.tg-me.com/SamTvr
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Jartepa” chegara bojxona postida sifati kafolatlanmagan dori vositalari to`xtatib qolindi.

Mamlakatimizga qo`shni davlatdan kirib kelish uchun harakatlangan “Chevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan ko`zdan kechiriladi.

Buni qarangki, avtomashina yukxonasidan hech qanday hujjatlari mavjud bo`lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 2148 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur dori vositalarining dastlabki hisob kitoblarga ko`ra qiymati 57 million so`mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida ular bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yuldashev ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida olib borilayotgan islohotlar, ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda yosh mutaxassislarning bu jarayondagi o‘rni haqida batafsil so‘zlab berdi.

Teran fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarning taklif va savollari tinglanib, ularning amaliyot jarayonlarini boshqarma tizimidagi muassasalarda o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, boshqarma va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalarning tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, mehnat qonunchiligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Bugun “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida tahsil olayotgan ko‘plab yoshlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

“Ijtimoiy ish” yo‘nalishi talabalarining bilim va g‘ayrati – ijtimoiy himoya tizimining kelajagi!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

https://www.tg-me.com/SamTvr
👍1🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Paxtachida 5 qavatli uyning ichki devorlari sifatsiz terilgani aniqlandi

👮‍♀️ Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan Paxtachi tumani “Taraqqiyot” mahallasida qurilayotgan 5 qavatli turar joy binosida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📊O‘rganish jarayonida binoning ichki pardevorlari qurilish talablari va me’yorlariga mos ravishda terilmagani aniqlandi. Natijada, sifatsiz terilgan devorlar joyida demontaj qilindi va pudratchi tashkilotga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

❗️Inspeksiya tomonidan qurilish sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, har bir obyekt xavfsiz va sifatli barpo etilishi qat’iy nazoratda bo‘ladi.

@samTvr
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Хўжалик юритувчи субъект раҳбарлари, ер қазиш техникаси эгалари ва ердан фойдаланувчилар диққатига!

☎️ Агар сизда ер ости алоқа кабелларининг муҳофаза ҳудудларида ер қазиш ва қурилиш ишларини амалга ошириш зарурияти туғилса, магистраль алоқа кабели трассаси белгисида кўрсатилган манзилига ёки 1133 қисқа рақамига мурожаат қилинг. Ҳамда мутахассислар кўрсатмаси асосида иш олиб боринг.

Мурожаатингиз Cаll-марказлар томонидан ўз вақтида қабул қилинмаган ёки муносабат билдирилмаган тақдирда, «Ўзкомназорат» инспекциясининг 1144 телефон рақамига мурожаат қилинг. Биз ҳолатни албатта назоратга оламиз.


❗️ Эсингизда бўлсин, алоқа линияларига етказилган зарар авария-тиклаш ишларини олиб бориш учун талаб этиладиган харажатлар сизнинг ҳисобингиздан қопланиши мумкин.

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг!


Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn
👍1
Жорий йилининг 21-23 октябрь кунлари Жомбой, Каттақўрғон туман ҳокимликларида Олий Мажлис ҳузуридаги фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди Самарқанд вилояти бўлими ҳамда ЎзННТМА вилоят ҳудудий бўлинмаси билан ҳамкорлигида ўқув семинар ўтказилди.

Ўқув семинарда фаол Фуқаролик жамияти институтларига Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 28 августдаги “Фуқаролик жамияти институтларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-124-сон Фармони ижросини таъминлаш мақсадида, эълон қилинган давлат гранти ва давлат ижтимоий буюртмаси танловларида иштирок этиш учун ngo.gov.uz платформасидан фойдаланиш тартиби ва шартлари тўғрисида маълумотлар берилди.

@SamTvr
2025/10/31 09:54:46
Back to Top
HTML Embed Code: