Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +25°, +12°, Ochiq havo

Tong: +17°

Kun: +25°

Oqshom: +20°

Namlik: 23%

Shamol: Sharqiy, 6.9 m/s

Bosim: 765 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:35

Quyosh botishi: 18:02


⏭️ @Samarkandnews_uz
Sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi va ishlab chiqarish hajmi oshiriladi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shaharning sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida shahar shtabi a’zolari bilan birgalikda sanoat korxonalari faoliyatida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Xususan kecha shaharning Siyobcha mahallasi hududida joylashgan “Xovrenko Samarkand vinokombinati” AJ faoliyati o‘rganildi.

Korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mahsulotlar tayyorlash bosqichlari haqida ma’lumot berdi.

Shahar hokimi tomonidan korxonada ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflar berildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
«Ipak yoʻli« xalqaro turizm markazida ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Ushbu marafon “Atrof-muhitni asrash va «yashil« iqtisodiyot yili« doirasida «Eco-Save Aral-2025”, “Talaba-yugur”, «Oʻquvchi-yugur« shiorlari ostida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xalqaro xayriya va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Ezgu gʻoya atrofida jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirgan marafonda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, talabalar, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, harbiylar, imkoniyati cheklanganlar hamda turli yoshdagi fuqarolar sogʻlom hayot sari faol qadam tashlashdi.

Marafonda 5 mingdan ziyod ishtirokchi 3 kilometr masofani bosib oʻtdi. Natijalarga koʻra, “Save Aral” bosqichida erkaklar oʻrtasida O.Toshquvvatov, ayollar poygasida Sh.Yoʻldosheva gʻolib boʻldi. Talabalar bahsida A.Boshmonov va R.Abduxoliqova, oʻquvchilar oʻrtasida esa Sh.Shodiyev hamda F.Alimova marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obuna – 2026

Sarvar Abduhamidov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi mudiri: “Samarqand” gazetasi — hayotimizdagi muhim yangiliklar, tahlillar, tarix va madaniyatga oid maqolalarni jamlagan, ma’naviy quvvat manbai bo‘lgan xalq gazetasidir. Uni oila davrasida o‘qish va farzandlarga o‘rnak bo‘lish uchun ham eng munosib tanlov hisoblanadi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
INGLIZ TILI MADANIYATLARARO MULOQOT VOSITASI

Global dunyoda ingliz tili tobora madaniyatlararo muloqotning eng muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu bois, bugun ingliz tilini o‘rganishda madaniyatlararo muloqot tushunchasini shakllantirish zaruriyati paydo bo‘ldi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqandda turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Gruziyaning “Reformatics” konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/27 07:52:03
Back to Top
HTML Embed Code: