Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +24°, +9°, Ochiq havo

Tong: +17°

Kun: +24°

Oqshom: +19°

Namlik: 23%

Shamol: Sharqiy, 6.9 m/s

Bosim: 765 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:36

Quyosh botishi: 18:01


⏭️ @Samarkandnews_uz
Forwarded from Samarqand.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obuna – 2026

Talabalar nima uchun "Samarqand" gazetasiga obuna bo‘lmoqchi?

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
JASORAT VA VATANGA SADOQAT MAKTABDAN BOSHLANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yurtimizning har bir hududida “Jasorat maktablari” tashkil etilishi belgilangan.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan viloyat hokimligi xodimlari "Ommaviy diktant" savodxonlik tadbirida diktant yozdilar.


⏭️ @Samarkandnews_uz
🧠 Sun’iy intellekt — imkoniyat va mas’uliyat!

Samarqand shahar hokimligi xodimlari uchun navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati “SAMIT GLOBAL INS” IT va sun’iy intellekt texnologiyalari o‘quv markazida bo‘ldi.

Jamoa o‘quv markazining faoliyati, u yerda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va markaz o‘quvchilari ishtirokida sun’iy intellektning ahamiyati, bu sohadagi yangiliklar va yaratilayotgan dasturlar haqida amaliy o‘quv darsi o‘tkazildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga so‘ngi yillarda yurtimizda IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv yakunida shahar hokimligi jamoasi kelgusida o‘quv markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va davlat xizmatchilari bilimlarini bu yo‘nalishda yanada boyitish bo‘yicha kelishib oldi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
🇨🇳🇺🇿 To‘lin oy ostida porlagan do‘stlik nuri: SIUTda O‘rta kuz festivali keng nishonlandi
SIUTda an’anaviy O‘rta kuz festivali (Mid-Autumn Festival) keng nishonlandi. Bu qadimiy xitoy bayrami bugun xalqlarni birlashtiruvchi, madaniyatlarni yaqinlashtiruvchi timsolga aylangan.
Mazkur festival har yili CIEP tashabbusi bilan o‘tkazilib, universitet madaniy hayotining ajralmas qismiga aylangan. O‘rta kuz festivali oy taqvimi bo‘yicha sakkizinchi oyning o‘n beshinchi kunida nishonlanadi va oila birligi, minnatdorchilik hamda tabiat bilan uyg‘unlik ramzi sifatida qadrlanadi.
Batafsil


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/26 07:33:42
Back to Top
HTML Embed Code: