Telegram Web Link
💰O‘zbekistonda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pasaydi (17-oktabrdan):

1 dollar - 12 160,99 soʻm (-72,68)
1 yevro - 14 178,50 soʻm (-55,38)
1 rubl - 153,92 soʻm (-0,92).


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +28°, +16°, Ochiq havo

Tong: +20°

Kun: +28°

Oqshom: +22°

Namlik: 13%

Shamol: Sharqiy, 3.7 m/s

Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Eski oy

Quyosh chiqishi: 06:42

Quyosh botishi: 17:52


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqandda sifatsiz qurilish ishlari aniqlanib, joyida buzdirildi

Samarqand viloyatida qurilish ishlari sifati ustidan qat’iy nazorat tadbirlari izchillik bilan olib borilmoqda. Viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi monitoring jarayonlarida qator kamchiliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Samarqand shahar kuni oldidan bir guruh madaniy meros sohasi xodimlari taqdirlandi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
SAMARQAND SHAHRIDA “JADIDLAR IZIDAN” RЕSPUBLIKA TANLOVINING SHAHAR BOSQICHIGA START BЕRILDI

Samarqand shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda o‘quvchilar ikkita yosh toifasida (6-8-sinf va 9-10-sinf) ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omadlar tiladi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 287,7 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 190,3 ming nafarga yoki qariyb 3 barobarga oshgan.

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Afg‘oniston — 267 879 nafar

Tojikiston — 14 648 nafar

Turkmaniston — 2 235 nafar

Rossiya — 585 nafar

Turkiya — 392 nafar

Qozog‘iston — 373 nafar

Boshqa davlatlar — 1 635 nafar


⏭️ @Samarkandnews_uz
GALAKONSERTGA MARHAMAT!

Ertaga, soat 18:00 da Qorasuv maskanidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 18-oktabr — "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan GALA-KONSERT bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturlarida poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar – Ravshan Sobirov, Jahongir Otajonov, Abror Do‘stov, Shirin hamda so‘z ustalari va shahrimizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga kayfiyat ulashadi.

Konsert tomoshalariga barcha hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlarini taklif etamiz!

Konsert yakuni bilan «Yangi O‘zbekiston» bog‘idan o‘tgan daryo bo‘yida BAYRAMONA MUSHAKBOZLIK tashkil etiladi.

💵 BAYRAM TOMOSHALARI BEPUL...

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 18-oktabr — Samarqand shahar kuni!


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +23°, +12°, Ochiq havo

Tong: +20°

Kun: +28°

Oqshom: +22°

Namlik: 13%

Shamol: Sharqiy, 3.7 m/s

Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Eski oy

Quyosh chiqishi: 06:44

Quyosh botishi: 17:49


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/21 09:53:34
Back to Top
HTML Embed Code: