Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Samarqand_shahri

⚡️O‘zbekistonlik turli millat vakillarining farzandlari o‘zbek tili haqida...

☀️21 oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun


⏭️ @Samarkandnews_uz
21-oktabr – "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"

Aziz hamshaharlar, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi til bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Til – millatning yuragi, qalb ko‘zgusi. U xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini, madaniyati va ruhiyatini o‘zida mujassam etgan muqaddas ne’matdir.

Ajdodlarimiz, xususan, Alisher Navoiy turkiy tilning go‘zalligi va boyligini butun dunyoga namoyon etgan bo‘lsa, jadid ziyolilarimiz uning asrash va rivojlantirishni milliy burch sifatida ko‘rishgan. Bugungi kunda ham bu ezgu an’ana Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbek tili milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” ekanini yana bir bor yodga soladi.

Bugun o‘zbek tili nafaqat ish yuritishda, balki ilm, madaniyat va jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuniga aylanmoqda.

Barchangizni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman!

Fazliddin UMAROV,
Samarqand shahar hokimi



⏭️ @Samarkandnews_uz
Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

2026-yil 1-iyunga qadar ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni elektron shaklda tayyorlash va e’lon qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi qilinadi.

2026-yil 1-dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobi nashrga tayyorlanib, chop etiladi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Barchani bugungi til bayrami – 21-oktabr – "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz!


⏭️ @Samarkandnews_uz
O‘zbek tili – millatimizning abadiy qo‘shig‘i

Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limlari, oliy o‘quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Haykal poyida tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda, dastlab viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov tilimizning qadr-qimmati haqida gapirib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda viloyatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirishda faollik ko‘rsatayotgan tilshunos olimlar, shuningdek, shoirlar va turli millatga mansub talabalar o‘zbek tilida she’rlar o‘qidi.

Shundan so‘ng hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

⏭️ @Samarkandnews_uz
Obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda

Samarqand shahrida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish borasidagi amaliy ishlar o‘rganilmoqda.

Shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda mutasaddi tashkilotlar va sohaviy xizmatlar vakillari ishtirokida shahar ko‘chalaridagi mavjud holat o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Navbatdagi ishlar M–37 hamda Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab davom etdi.

Unda yo‘llarning texnik holati, piyodalar yo‘laklari, yo‘l belgilari, ko‘cha yoritish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda shahar ko‘chalarining obod va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Buni hamma bilishi shart

Sarosimaga tushmang

Mamlakatimizda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda.
Amaldagi yilning 20—27-oktabr kunlari mamlakatimiz hududida seysmik xavfsizlikni ta’minlash, aholining zilzila paytida harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahallalar, ta’lim maskanlari, korxona va tashkilotlarda ushbu favqulodda holat chog‘ida qanday harakat qilish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adiz Boboyev: poraxo‘rlikni faqat kimyoviy ishlangan pul bilan ushlab, tezkor tadbirlar bilan yo‘qotib bo‘lmaydi ...


⏭️ @Samarkandnews_uz
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqand shahar 24-Umumta'lim maktabi hamda Hofiz Sheroziy nomli 3-Madaniyat markazi hamkorligida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan "Ajdodi avlodni allalagan til", deb nomlangan adabiy musiqiy kecha bo'lib o'tdi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/22 16:04:49
Back to Top
HTML Embed Code: