Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birdamjamiyat
#Samarqandshahri

☀️ Bizga dabdabali to‘y kerakmi?

☀️ Ixcham to‘y — barakali hayot!


⏭️ @Samarkandnews_uz
Туман (шаҳар)лар маҳаллий бошқарув органлари учун янги маъмурий бинолар қурилади

Бу ҳақда Ҳукумат қарори (668-сон, 22.10.2025 й.) қабул қилинди.


Қарорга кўра, Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Республика ҳудудларини жадал комплекс ривожлантириш учун танлаб олинган туман (шаҳар)ларда амалий чора-тадбирларни амалга ошириш тўғрисида”ги 2025 йил 1 апрелдаги ПҚ–132-сон қарорига мувофиқ:

тегишли туман (шаҳарлар)нинг 2025-2026 йилларда жадал комплекс ривожлантириш дастурлари;

бир жойда оптимал жойлаштириладиган туман (шаҳар) маҳаллий бошқарув органлари рўйхати тасдиқланди.

Янги маъмурий бинолар фойдаланишга қабул қилингандан сўнг уларнинг 1 ва 2-қаватлари устувор равишда савдо ва сервис фаолиятини амалга ошириш учун белгиланган тартибда “E-auksion” электрон савдо платформасида электрон онлайн-аукцион савдолари орқали ижарага берилади.

Туман (шаҳар)лар маҳаллий бошқарув органлари учун янги маъмурий биноларнинг лойиҳа-смета ҳужжатларини ишлаб чиқиш, қурилиш-монтаж ва ободонлаштириш ишларини амалга ошириш доирасида:

▪️ буюртмачилар этиб – Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши ва вилоятлар ҳокимликлари ҳузуридаги “Ягона буюртмачи хизмати” инжиниринг компаниялари белгиланди;

▪️ бош лойиҳа ва бош пудрат ташкилотлари қонунчиликда белгиланган тартибда аниқланади.

Бунда янги маъмурий биноларнинг лойиҳа-смета ҳужжатларини ишлаб чиқиш, қурилиш-монтаж ва ободонлаштириш ишларини 2026 йил 1 декабрга қадар якунлаш белгилаб қўйилди.


⏭️ @Samarkandnews_uz
ADOLAT O‘RNATILGAN JAMIYATDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q

Jamiyat taraqqiy etgani sari fuqarolarning adolat tushunchasiga bo‘lgan ehtiyoji ham oshib boradi. Adolat qaror topishi uchun esa birinchi navbatda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, uni jamiyat hayotidan butkul chiqarib yuborish talab etiladi. Shundagina fuqarolarning davlat hokimiyatiga, adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonchi yanada ortadi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlari odatiy jadval asosida davom etadi

Viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining xabar berishicha, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida darslar to‘xtamaydi.

O‘quv jarayonlari odatdagidek davom etadi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Oila — jamiyat tayanchi

Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari, Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosari Z.Allabayev, Samarkand viloyat tumanlararo sudlarning raislari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman va shahar sudlari tomonidan joriy yilning 1-sentabriga qadar ko‘rilgan nikohdan ajratish ishlari bo‘yicha umumlashtirish natijalari muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mavjud yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
📊 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan):

🔸yalpi ichki mahsulot hajmi 7,6 % ga o‘sdi

🔸sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,8 % ga o‘sdi

🔸qurilish ishlari hajmi 14,2 % ga o‘sdi

🔸 chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11 % ga o‘sdi

🔸 bozor xizmatlari hajmi 14 % ga o‘sdi

🔸 tashqi savdo aylanmasi hajmi 22,9 % ga o‘sdi

🔸eksport hajmi 33,3 % ga o‘sdi

🔸 import hajmi 15,6 % ga o‘sdi

🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 4,1 % ga o‘sdi

🔸 asosiy kapitalga investisiyalar hajmi 15,2 % ga oshdi

🔸2025-yil 1-oktyabr holatiga 460,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +22°, +11°, Bulutli

Tong: +18°

Kun: +23°

Oqshom: +20°

Namlik: 27%

Shamol: Sharqiy, 3.7 m/s

Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Oʻsayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:52

Quyosh botishi: 17:39


⏭️ @Samarkandnews_uz
25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi


⏭️ @Samarkandnews_uz
Mukofotlar muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 2025-yil 24-oktabrdagi "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Фармониga ko‘ra, ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.

Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Egamova Dilfuza Rabbimqulovna - viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi
***
«Shuhrat» medali bilan

Xudoyberdiyev Sherzod Sayfullayevich - Ichki ishlar vazirligi Samarqand aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi boshlig‘i.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
Mashhur brend ichimliklar ishlab chiqarish kengaytiriladi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev “Coca-Cola İçecek” kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha bosh direktori Furkan Aydin boshchiligidagi turkiyalik tadbirkor va mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kompaniya hamkorligida amalga oshirayotgan ishlar, jumladan, Toshkent, Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari, ularning quvvati, yangi loyiha va ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/26 16:22:19
Back to Top
HTML Embed Code: