Telegram Web Link
Uch viloyatda 11 kilodan ortiq giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 11 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi.


Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/133420


⏭️ @Samarkandnews_uz
26-oktabr kuni Samarqand shahrida kutilayotgan ob-havo:

Tong: +16°
Kun: +24°
Oqshom: +20°
Namlik: 19%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 3.2 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:53
Quyosh botishi: 17:38


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Mahmudxo‘ja Behbudiy hamda Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi

Manba: Vazirlar Mahkamasining 606-sonli qarori.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
DABDABABOZLIKDAN YIROQ TO‘YLAR
yoxud jamiyat, qonun va mas’uliyat uchligi


O‘zbek jamiyatida to‘y marosimlari qadriyat, hamjihatlik va ijtimoiy birdamlikni ko‘rsatuvchi muhim institut hisoblanadi. Biroq, to‘y va boshqa marosimlarni ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchiliklarsiz, oilaviy budjetga ortiqcha yuk bo‘lmaydigan darajada ixcham qilib o‘tkazishni ta’minlash ham muhim masalalardan biri. So‘nggi yillarda aynan shu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Ma’muriy sud sizning huquqingizni hamisha himoya qiladi

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Restoranlar 9 oyda qancha savdo qilgan?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 25 589 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 167,9 trln so‘mdan oshdi.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 13,8 % ga o‘sgan.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yunesko bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik


⏭️ @Samarkandnews_uz
14-YUNESKO Yoshlar Forumi arafasida Samarqandda madaniy sayohat uyushtirildi

Ertaga, 27-oktyabr kuni Samarqandda start oladigan 14-YUNESKO Yoshlar Forumi oldidan, bugun forum ishtirokchilari qadimiy Registon maydonida madaniy sayohat qildi.

Bu sayohat nafaqat tarix bilan tanishuv, balki dunyoning 100 ga yaqin davlatlaridan kelgan yoshlar o‘rtasida do‘stlik, ochiq muloqot va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur Forum “Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri” mavzusiga bag‘ishlanib, global o‘zgarishlar jarayonida yoshlarning faol mavqeini kuchaytirishni maqsad qilgan.


⏭️ @Samarkandnews_uz
27-oktabr kuni Samarqand shahrida kutilayotgan ob-havo:

Tong: +17°

Kun: +26°

Oqshom: +22°

Namlik: 16%

Shamol: Sharqiy, 3.9 m/s

Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:54

Quyosh botishi: 17:37


⏭️ @Samarkandnews_uz
JOY NOMLARIDA XALQ TARIXI VA MA’NAVIY MEROS MUJASSAM

Ma’lumki, Vatanimiz qadimiy va nihoyatda boy tarixga ega. Uning o‘tmishini o‘rganishda asosiy hisoblangan osori atiqalar va yozma manbalar bilan bir qatorda toponimlar, ya’ni, joy nomlari ham muhim manba hisoblanadi. Ma’naviyatimiz ko‘zgusi — tilimiz mahsuli bo‘lgan toponimlar nihoyatda boy va turli tumandir. Ular har bir qishloq va shaharlar, tuman va viloyatlar, mahallayu ko‘chalar, guzaru, bekat nomlarigacha o‘z ichiga qamrab oladi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Forwarded from Samarqand.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obuna – 2026

Talabalar nima uchun "Samarqand" gazetasiga obuna bo‘lmoqchi?

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
Shavkat Mirziyoyev shu haftada Samarqandga keladi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Xususan, O‘zbekiston tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezidentimiz Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Deputat mahallada

1-Bog‘ibaland saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputat Badriddin Nasriyev Samarqand shahridagi “Jo‘yichuqur” MFYda bo‘lib, hududdagi muammolarni o‘rgandi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/27 14:56:04
Back to Top
HTML Embed Code: