Telegram Web Link
RENOVATSIYA — Samarqandning yangi qiyofasi

Bugun yurtimizning har bir go‘shasida ulkan bunyodkorlik ishlari izchil amalga oshirilib, zamonaviy yondashuv asosida qisqa fursatlarda ko‘zni quvnatadigan yangi shaharchalar, aholi yashash manzillari barpo etilmoqda. Ko‘p uzoqqa bormay, shahrimizning obod manzillaridan biriga aylangan Qorasuv massivini olaylik. Bundan o‘n yillar oldin keng dala bo‘lgan joyda bugun 100 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘rkam shaharcha bunyod bo‘ldi. Bir hovlida tiqilib yoki ijarama-ijara sarson bo‘lib yurgan qanchadan-qancha aholi o‘z uyiga ega bo‘ldi. Buni uy-joy muammosini ko‘rganlargina his etadi, qalban tushunadi!

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahri yanada chiroy ochmoqda.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Portugaliya teatr sanʼati ustalari shahrimizda

Shu oyning boshida Portugaliyaning Braga shahri teatri ijodkorlari samarqandlik hamkasblari bilan uchrashdi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

Jismoniy shaxslar Soliq mobil ilovasi orqali mol-mulk va yer soliqlarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.


⏭️ @Samarkandnews_uz
💰Markaziy bank 8-oktabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 dollar — 12 038,68 soʻm (+15,78)
1 yevro — 14 044,32 soʻm (+18,40)
1 rubl — 146,62 soʻm (+1,87).



⏭️ @Samarkandnews_uz
Qaysi hududlar aholisi sartaroshxona va goʻzallik salonlari uchun koʻproq mablagʻ sarflagan?

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi 8,1 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,1 % ga oshgan.

Hududlar kesimida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi:

Toshkent shahri – 1,4 trln soʻm

Fargʻona viloyati – 1,1 trln soʻm

Samarqand viloyati – 1 trln soʻm

Namangan viloyati – 885,3 mlrd soʻm

Toshkent viloyati – 819,1 mlrd soʻm

Andijon viloyati – 516,2 mlrd soʻm

Qashqadaryo viloyati – 492,5 mlrd soʻm

Xorazm viloyati – 399,1 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Resp. – 379,7 mlrd soʻm

Surxondaryo viloyati –281,4 mlrd soʻm

Buxoro viloyati – 264,1 mlrd soʻm

Navoiy viloyati – 257,6 mlrd soʻm

Jizzax viloyati – 171,4 mlrd soʻm

Sirdaryo viloyati – 110,1 mlrd soʻm


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +25°, +11°, Ochiq havo

Tong: +17°

Kun: +24°

Oqshom: +20°

Namlik: 23%

Shamol: Sharqiy, 6.9 m/s

Bosim: 765 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy

Quyosh chiqishi: 06:34

Quyosh botishi: 18:04


⏭️ @Samarkandnews_uz
Bo‘lgan voqea: Armona yoki yo‘lda hamroh bo‘lgan zaifa qismati

Universitetda xalq og‘zaki ijodi fanidan dars beraman, bo‘sh vaqtlarimda baxshilar yashaydigan qishloqlarga borib, folklor namunalarini yozib olaman.
Bir safar Samarqand viloyatining shimolidagi Do‘rmon qishlog‘iga borib, Yunus va Misqol parilarning Go‘ro‘g‘liga yor bo‘lishlari haqidagi dostonni jirovlardan yozib oldim. Materialni to‘g‘ri Toshkent folklor institutiga yetkazish uchun mashinamda yo‘lga otlandim.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
SHAHAR HOKIMI MADANIYAT MAHALLASIDA BO‘LDI

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahar hududlaridagi obodonlashtirish ishlari, tozalik va fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishishni davom ettirmoqda.

Kecha hokim bir guruh mas’ullar hamrohligida Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududdagi tozalik holati, yashil maydonlarning saqlanishi, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, yoritish tizimlari va yo‘l holatini joyida o‘rgandi.

Hokim mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shahar rahbari har bir mahalla — bu shaharning yuzi, shu bois aholi bilan hamjihatlikda tozalikni saqlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va qulay muhit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/26 08:03:48
Back to Top
HTML Embed Code: