Telegram Web Link
Sanoatda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish asosiy vazifalardan

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shaharning sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularni to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash bo‘yicha shahar shtabi a’zolari bilan birgalikda o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Hokim boshchiligidagi transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Samarkand Avtomobil Zavodi” KK MCHJ faoliyati bilan tanishildi.
Korxona mas’ullari tomonidan mehnat jarayonlari, ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda transport vositalarini yig‘ish va ishlab chiqarish bosqichlari haqida ma’lumot berildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
86 nafar nuroniy “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Yoshlar bizning kelajagimiz!

Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Farhod Nishonov boshchiligida yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir davomida, yoshlar yetakchilarining 9 oylik hisobotlari tinglandi. Bundan tashqari, o‘sib kelayotgan yosh avlodning kelajagi xususida ham alohida to‘xtalib, ularga yangi imkoniyatlar yaratib berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar agentligi jamoasi yuqorida ilgari surilgan fikrlarni amaliyotga tatbiq etish toʻgʻrisida kelishib oldilar.


⏭️ @Samarkandnews_uz
VATANIMIZNING ERTANGI KUNI VA ISTIQBOLINI YOSHLAR BELGILAYDI

Sog‘lom avlod – jamiyat taraqqiyotining asosidir. Shu bois yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq ham jismonan, ham ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
O‘zbekiston Turkiyadan 9,8 ming tonna parranda go‘shti import qilgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 59,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 54,6 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga yoki qariyb 14,2 foizga oshgan.

8 oyda O‘zbekistonga eng ko‘p parranda go‘shti yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 13,9 ming tonna;

Turkiya – 9,8 ming tonna;

Belarus – 7 ming tonna;

Belgiya – 5,6 ming tonna;

Niderlandiya – 4,2 ming tonna;

Boshqa davlatlar – 14,1 ming tonna.


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/10/31 10:00:14
Back to Top
HTML Embed Code: