Telegram Web Link
YUNESKO Bosh direktori Samarqandga keldi

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqandda jamoat transportlarining xizmatlari uchun naqd to‘lovdan voz kechiladi

Bu haqda "Samarqandyo‘lovchitrans" davlat muassasasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand shahrida yo‘lovchi transportida to‘liq naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Ushbu qadam yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va transport tizimining shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Naqd pulsiz to‘lovlar;

- tez va qulay — mayda pul izlash yoki qaytim kutish shart emas;

- shaffoflik — barcha to‘lovlar avtomatik tarzda qayd etiladi;

- zamonaviy xizmat — elektron to‘lov xalqaro standartlarga mos bo‘lib, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratadi.

Jamoat transportidan foydalanishni yanada yengillashtirish maqsadida Samarqand shahrining bekatlarida bir martalik elektron chipta sotib olish uchun to‘lov terminallari o‘rnatilmoqda. Naqd to‘lovdan voz kechish Samarqand transport tizimini yanada samarali, zamonaviy va yo‘lovchiga qulay qilishga xizmat qiladi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Obuna – 2026

“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!

Qadrli hamshaharlar!

Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.

Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).


⏭️ @Samarkandnews_uz
#Tarixiy_kun

1952-yil 29-oktyabr kuni O‘zbekistonda Qo‘riqlash xizmati faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, bugun ushbu xizmat Ichki ishlar vazirligi tizimida alohida Departament sifatida faoliyat yuritmoqda.
Sana munosabati bilan Qo‘riqlash Departamenti xodimlarini Qo‘riqlash xizmatining 73 yilligi bayrami bilan muborakbod etib, vatanimiz tinchligi va osoishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqandda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning yig‘ilishi boshlandi

Unda tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, yoshlar siyosati rivojlanishi, davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, barqaror rivojlanish, inklyuzivlik masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.
Yig‘ilishni YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi.
U o‘z so‘zida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanini hamda YUNESKO faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganini ta’kidladi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XDP_34

🟣 Samarqand viloyatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 34 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyor


⏭️ @Samarkandnews_uz
Dolzarb mavzu

Taraqqiyot ma’naviyatdan boshlanadi

Mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash va bu borada odamlar dunyoqarashni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xo‘sh, bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad va vazifalar nimalardan iborat? Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Xolbek KUBAYEV bilan shu haqda suhbatlashdik.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
13-noyabrga qadar Samarqand global miqyosdagi tadbirga mezbonlik qiladi

YuNESKO Bosh assambleyasining 43-sessiyasini keng yoritish uchun mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot markazidagi sharoitlar qanaqa? Batafsil ushbu video orqali bilib olasiz.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Avval xabar berganimizdek, ko'xna va navqiron Samarqand shahri nufuzli YUNESKOning 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi.

Qirq yil davomida asosan Parijda boʻlib oʻtgan mazkur sessiya ilk bor boshqa shaharda - aynan Samarqandda oʻtkazilmoqda.

Ayni kunlarda Samarqand xalqaro aeroportida turli xalqaro va charter reyslar orqali dunyoning 200 ga yaqin davlatlaridan kelayotgan minglab sessiya ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
no comment | YUNESKO ishlari bo'yicha milliy komissiyalarning 12-mintaqalararo yig'ilishi


⏭️ @Samarkandnews_uz
2025/11/01 06:10:14
Back to Top
HTML Embed Code: