Telegram Web Link
Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov va bosh yuriskonsult Abdumalik Yusupov ishtirokida "Korrupsiya – kelajak kushandasi" mavzusidagi seminar o‘tkazildi. Seminarda o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikka rioya etish, xususan, 2024-yil 10 fevraldan kuchga kirgan "O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida"gi va 2018-yil 9 iyuldagi "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi Qonunlar talablari muhokama qilindi. Mahsulotlar eksporti va importi jarayonlarining elektron tizim orqali shaffofligi ta’minlanishi ta’kidlandi, shuningdek, vijdonan ishlaydigan va sustkashlikka yo‘l qo‘ymaydigan faol inspektorlarning faoliyati yuqori baholandi. Muzokara shaklida o‘tgan seminar savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitar xavfsizlik – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportining mustahkam poydevori

#PRESS-TUR

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportining jadal rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan, viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press-turda mahsulotlarning fitosanitar xavfsizligini ta’minlash orqali eksport hajmini oshirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillariga fitosanitar nazoratning ahamiyati, uning eksportga ta’siri va bu boradagi amaliy chora-tadbirlar haqida keng ma’lumot berildi...




Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Zarafshon gazetasi №77.pdf
1002.3 KB
"Zarafshon" gazetasining 2025-yil 5-iyul kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Samarqandda yana bir shaharcha quriladi;

- Partiya faollari nimalar bilan band?

- Poraxoʻrlik - xavfli illat;

- Ayol muhabbatdan iborat.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar va maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

@SamTvr
📊Samarqand viloyatining ichimliklar eksporti ikki barobarga oshgan

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Samarqand viloyatidan qiymati 43,3 mln dollarlik alkogolsiz ichimliklar va sok mahsulotlari xorij davlatlariga eksport qilingan.

Bu koʻrsatgich 2024-yilning mos davriga nisbatan 21,4 mln. AQSH dollarga yoki ikki barobarga oshgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mahsulotlarning asosiy qismi:

➡️ 🇷🇺 Rossiya;

➡️ 🇰🇬 Qirgʻiziston;

➡️🇬🇪 Gruziya;

➡️ 🇰🇿 Qozogʻiston;

➡️🇺🇸 AQSH davlatlariga yetkazib berilgan.
Oqbuyro qishlog‘ini turizm qishlog'iga aylantirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 2025-2026 yillard sayohlar va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-87-sonli farmoniga asosan, Samarqand tumanidagi “Yangijoy” MFY, Oqbuyro qishlog‘i turizm qishlog‘i maqomi beriladigan mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash va Oqbuyro turizm qishlog‘ini tashkil etish maqsadida oilaviy mehmon uylari tashkil etilishi rejalashtirilgan xonadonlar ro‘yxati shakllantirildi. Unga muvofiq, tanlangan xonadon egalari bilan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari orqali viloyat turizm boshqarmasiga taqdim etish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish va oilaviy mehmon uylari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar Ohalik va Mironqul mahallalarida ham davom ettirilmoqda.

@SamTvr
2025/07/08 04:21:07
Back to Top
HTML Embed Code: