Telegram Web Link
👍 Bu xususiyat – xato emas

Telegram fishing (firibgarlik)ga qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Endilikda kontaktlaringizda bo‘lmagan odam sizga birinchi bo‘lib yozsa, u yuborgan havolalarga bosib bo‘lmaydi — ya’ni ular nofaol bo‘ladi.

Bu o‘zgarishni
@Secretius jamoasi Telegram’ning macOS versiyasida kuzatdi.👀

📌 Cheklov faqat suhbatni birinchi bo‘lib boshlagan odamga tegishli. Agar siz unga javoban havola yuborsangiz — u ishlaydi.

Havolani faol qilish uchun:
1. Foydalanuvchini kontaktlarga qo‘shish kerak yoki
2. “Foydalanuvchini bloklash” degan oynani yopish kifoya.

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Apple Siri’ni Claude sun’iy intellektiga o‘tkazishi mumkin...

Bloomberg’ning yozishicha, Apple o‘zining Siri yordamchisini OpenAI yoki Google modelidan ko‘ra Anthropic kompaniyasining Claude AI bazasiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

🔍 Ichki sinovlar natijasida aynan Claude eng mos model sifatida tan olingan. Apple Claude, ChatGPT va Gemini’ni solishtirib ko‘rgan, va Claude eng yaxshi natija ko‘rsatgan.

☁️ Agar Apple va Anthropic o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Siri’ning yangi versiyasi Apple’ning o‘ziga tegishli bulutli infratuzilmada ishlaydigan Claude asosidagi model bo‘ladi.

📌 Claude bu nima?

Claude — bu OpenAI’ga raqib bo‘lgan Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or sun’iy intellekt modelidir. U xavfsizlik, tushunarlilik va tabiiy muloqotda ancha ehtiyotkor yondashuvi bilan ajralib turadi. Claude GPT-4 darajasidagi savollarga javob bera oladi va ko‘plab yirik texnologik kompaniyalar e’tiborini tortmoqda.

📅 Siri’ning yangilangan versiyasi 2026-yildan ertaroq chiqmaydi. Hozircha Apple yakuniy qarorga kelmagan: o‘z LLM modeli (Apple Foundation Models) ustida ish ham davom etmoqda.

👤 Tashabbus ortida Siri bo‘limi rahbari Mayk Rokvell va dasturiy ta’minot bo‘yicha katta direktor Kreyg Federigi turibdi. Ular Claude’ni Siri uchun eng yaxshi AI sifatida ilgari surmoqda.
Samsung Unpacked 2025

🗓 9-iyul | 📍 Nyu-York (Uzb 10-iyul)

📱 Galaxy Z Fold 7:
Yupqaroq dizayn,200MP kamera, Snapdragon 8 Elite, One UI 8 + Galaxy AI imkoniyatlari
📱 Galaxy Z Flip 7 uchun arzonroq “Fan Edition” ham bo‘ladi
Galaxy Watch 8 & Watch Ultra:
AI asosida sog‘liq monitoringi, Ultra versiyada titanium korpus va katta batareya

📲 One UI 8 & Galaxy AI:
Proaktiv yordamchi, Ovozli boshqaruv, matn tahriri, Circle to Search va boshqalar

Aloqador postlar:
https://www.tg-me.com/Secretius/5710
https://www.tg-me.com/Secretius/5551
#Samsung

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
2025/07/02 08:32:41
Back to Top
HTML Embed Code: