Telegram Web Link
📱 Google Android versiyalari bo'yicha so'nggi statistik ma'lumotlarni e'lon qildi

Androidning eng mashhur 10 ta versiyasi:
Android 13 (T) - 14,7%
Android 12(S) - 16,3%
Android 11 (R) - 23,1%
Android 10 (Q) - 17,8%
Android 9 (Pie) - 11,9%
Android 8(Oreo) - 8,3%
Android 7 (Nougat) - 3,0%
Android 6 (Marshmallow) - 2,3%
Android 5 (Lollipop) - 1,8%
Android 4.4 (KitKat) - 0,5%

Tegishli: https://www.tg-me.com/Secretius/4081

💭Sizda qaysi versiya?

#android #google

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
ФСБ yaʼni RFFXXi Telegram, Signal va WhatsApp foydalanuvchilari kimlar bilan yozishganini aniqlovchi texnologiyaga ega

Razvedka xizmatlari kim kim bilan, qayerda va qachon muloqot qilayotganini aniqlay oladi, lekin xabarlarni o‘zi o‘qimaydi. Bu haqda shu texnologiyani yetkazib beruvchilar The New York Times gazetasiga xabar bergan.

▪️Eng xavfli texnologiya, NYT ma'lumotlariga ko'ra, Citadelga tegishli MFI Soft tomonidan ixtiro qilingan NetBeholder dasturi. U WhatsApp, Signal yoki Telegram messenjerlarining shifrlangan trafigi qayerga yuborilganligini kuzatish imkoniyatiga ega. Masalan, dastur kim bilan qachon va qayerda gaplashayotganini aniqlashi, shuningdek xabarga fayl biriktirilganligini aniqlashi mumkin. Ilgari, bu ma'lumotni faqat dastur egalaridan olish mumkin edi.

▪️NetBeholder’ning xususiyatlaridan yana odamning bir nechta telefonlardan foydalanishini aniqlash, kontaktlar orqali xarita tuzish, qaysi telefonlar qachon bir joyda boʻlganligi, foydalanuvchi Rossiyaning qaysi hududidanligi yoki chet elligini aniqlashi mumkin.

▪️Signal, Telegram va WhatsApp bunday kuzatuvlardan kam himoyalangan va shifrlash ma'lum xabarlarni almashishni yashirishi mumkin, ammo u almashinuv haqidagi "iz"ni bloklay olmaydi. Buni kompaniyalarning o'zlari tan olishadi. "Signal dasturdan foydalanishni sizning provayderingizdan yashira olmaydi", - dedi Meredit Uittaker, Signal Foundation prezidenti.

Telegram vakili trafikni niqoblash uchun hech narsa qilib bo‘lmasligini tan oldi. WhatsApp kuzatuv vositalari “butun dunyo bo‘ylab odamlarning shaxsiy hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi” va kompaniya shaxsiy suhbatlarni himoya qilishda davom etishini aytdi.

▪️Bunday vositalar allaqachon Rossiya tashqarisida ham tarqalgan. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, shuningdek, Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Amerikada sotishni maqsad qilgan.

⚠️ Bunday holatda ishonchli VPN vositalari orqaligina yana ham himoyalnish mumkin:
Android
iOS

Tegishli postlar:
https://www.tg-me.com/Secretius/5021
https://www.tg-me.com/Secretius/4777
https://www.tg-me.com/Secretius/4662

💭Sizning fikringiz qanday? Shaxsiy maʼlumotlarimizni yana qanday qilib himoyalash mumkin?
Bugun koʻpchilik:
Ha onaginayni, yana shu yerdamiz.

Batafsil: Threads.net
#meta #threads #twitter

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oʻlik ijtimoiy tarmoqlar

Esingizda boʻlsa Clubhouse degan ijtimoiy tarmoq bor edi. Avval iOS uchun dastur chiqarib ancha vaqtdan keyin android uchun chiqargan. Ungacha undagi funksiyalar Telegramda paydo boʻlgan edi(videoqoʻngʻiroq, videokonferensiya).

Threads esa shunchaki Twitterning ukasiga aylandi, tezda mashhur boʻldi va balkim uni ham boshiga Clubhouse taqdiri bitilgandir.

Nega? Sabablar talay:
1. Internetda Threads'dan oldin ijtimoiy tarmoq yetarli edi. Threads esa moshgoʻjaga qatiq.

2. Juda ham koʻp maʼlumot yigʻishi(pastdagi rasmga qarang)

3. Threads'dagi funksiyalar yangi emas.

4. Instagram orqaligina shunchlik tez foydalanuvchiga ega boʻldi(1 hafta ichida ~100mln).

#instagram #twitter

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovoz orqali "aroq ichish"?

Qozog‘istonliklar Yekaterinburgdagi INNOPROM ko‘rgazmasida virtual alkogol mahsulotlarini namoyish etishdi.

Eshitish vositalariga maxsus ovoz chiqariladi, 6-20 soniya o'tirish kifoya qiladi va siz mast bo'lasiz. "Spirtli ichimliklar" asab tizimiga taʼsir koʻrsatishidan mastlik chaqiradi.

#spirt
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Ilova xavfsizligini qanday aniqlash mumkin

Apple, Google, Amazon va Microsoft do'konlari xavfsizlikka jiddiy yondashsa-da, zararli ilovalar hali ham o'z do'konlariga kirib boradi. Ularni qanday tanib olish mumkinligini hozir tushuntiraman 👇

Sharhlarni o'qing

Bot emas, balki inson tomonidan yozilgan uzun sharhlarni qidiring. Ilovadagi muammolarni tavsiflovchi salbiy sharhlarni diqqat bilan o'qing. Lekin har doim ham ishonmang, chunki u muammo maʼlum bir qurilmalar uchungina boʻlishi mumkin(versiyasi eski, dasturiy taʼminot muammosi bor).

Ishlab chiquvchi(dasturchi) kim?

Agar ishlab chiquvchi allaqachon ilovalarini chiqargan bo'lsa va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lsa → ilova ishonchli. Als holatda ham ilova xavfli degani emas, vaziyatga qarab baho bering.

Qanday ruxsatlar kerakligini tekshiring

Agar dasturiy ta'minot shaxsiy ma'lumotlarni so'rasa: joylashuv yoki kontaktlar ro'yxati, buning uchun asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

#lifehack #ilova


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Telegramdan kutilgan yangilik

Telegramda ham hikoyalar(Stories/ Истории) funksiyasi paydo boʻldi. Har doimgidek Premium obunasi borlar uchun koʻproq funksiyalarga ega.

Hozircha beta sinovda

Android uchun yuklab olish

#telegram #stories


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
️Secretius
​Oʻlik ijtimoiy tarmoqlar Esingizda boʻlsa Clubhouse degan ijtimoiy tarmoq bor edi. Avval iOS uchun dastur chiqarib ancha vaqtdan keyin android uchun chiqargan. Ungacha undagi funksiyalar Telegramda paydo boʻlgan edi(videoqoʻngʻiroq, videokonferensiya).…
Kutilganidek, 7-iyul kuni portlab chiqqan, koʻp foydalanuvchi yiqqan tarmoq, 1haftadan keyin "hech kim"ga keraksiz boʻlib bormoqda.

#mark #instagram #threads
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Samsung aqlli uzuk ishlab chiqarmoqda.

Koreyaning The Elec nashriga ko‘ra, Samsung Galaxy Ring allaqachon sinov bosqichida. Bu soatlar va elektron bilaguzuklarga muqobil bo'lishi mumkin. Samsung aqlli halqasi yurak urish tezligining optik sensori, elektrokardiograf, shuningdek, tananing ishi va holatini kuzatish uchun mas'ul bo'lgan bir qator boshqa tizimlarni oladi. Bundan tashqari, uzuk yordamida siz smartfon, planshet yoki televizoringizni masofadan boshqarishingiz mumkin.

Yangi qurilmaning chiqarilish vaqti hozircha noma'lum.

#samsung
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kanal kerakmi? Faoliyatini davom ettirsinmi? Obunachilar faollik koʻrsatadimi?
Anonymous Poll
83%
Ha
17%
Yoʻq
Androidda smartfonida "joy" ochishning eng oson usullari

Messenjer, ijtimoiy tarmoq va umuman ilovalar keshini oʻchirish(saqlangan rasm, video, fayl, sahifa va h)

Bunday ma'lumotlar juda ko'p joy egallaydi, lekin shunga yarasha koʻp ishlatilmaydi.

Bir xil yoki keraksiz rasm va videolarni oʻchirish

Smartfon kameralari kuchaygani uchun oddiy rasm/video qurilma xotirasida ko'proq jiy egallaydi. Ularni saralab, saragini sarakka qilib turish kerak.

Koʻp foydalanilmaydigan, unutilgan, shubhali katta joy egallaydigan ilovalar

Google Play katalogida ko'plab foydali dasturlar va qiziqarli o'yinlar mavjud. Ko'pincha biz ularni bir kun kelib foydali bo'ladi degan umidda o'rnatamiz.
Undan tashqari ishga tushirilganda smartfonni qiynovchi ilovalarni oʻchirish ham mumkin.

Hammasi qilingandan keyin "yengilgina" qayta yoqish, smartonga "toza havo" bagʻishlaydi.

#smartfon #android #apk #ilova

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
🚀 Telegram beta versiyasi endi Premium obunasisiz hikoyalarni joylashtirish imkonini beradi

Premium foydalanuvchilari ba'zi eksklyuziv xususiyatlarni saqlab qoladilar:
Yaroqlilik muddatini belgilash (standart 24 soat o'rniga 6 dan 48 soatgacha)
Hikoyalar ro'yxatida bosh hikoyani belgilash
Boshqa odamlarning hikoyalarini anonim ko'rish
Boshqa odamlarning hikoyalarini yuklab olish imkoniyati (agar muallif buni taʼqiqlamagan bo'lsa)
Hikoya tugagandan so'ng tomoshabinlar ro'yxatiga kirish
Hikoya tagidagi belgilar chegarasi 2048 taacha oshirildi
Matnni formatlash va tavsifda havolalarni qoldirish imkoniyati

Yangi Telegram yaqin haftalarda hammada boʻladi, ungacha Beta versiyada siz foydalanib turing)

Yuklab olish 📥

#telegram #update
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
2025/07/05 19:43:05
Back to Top
HTML Embed Code: