Telegram Web Link
Sergeli tumanida 2024–2025-o‘quv yilida 3408 nafar o‘quvchi maktabni tamomladi

2024–2025-o‘quv yilida Sergeli tuman umumta’lim maktablarini jami 3408 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 3021 nafari davlat, 387 nafari esa nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilaridir.
O‘quv yili yakunida 51 nafar bitiruvchi “Oltin medal”, 15 nafari “Kumush medal” bilan taqdirlandi. Medal sohiblarining 57 nafari qizlar hisoblanadi.

Shu kunga qadar 11-sinf bitiruvchilarning 53 nafari xorijdagi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.
Ulardan:
26 nafari xorijiy davlat OTMlariga grant asosida, 27 nafari esa shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.
Ushbu ko‘rsatkichlar tumanda ta’lim sifati yuksalayotgani va yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy natijalar berayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Sayyor_qabul

Mahallalarda tuman hokimining sayyor qabullari tashkil etilmoqda


"Qo'shqoʻrgʻon" va "Kengmakon" mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida tuman hokimining fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 22:34:42
Back to Top
HTML Embed Code: