Telegram Web Link
Ko‘p kvartirali uylaridagi lift tizimlariga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan Sergelida tushuntirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahrining ko‘p kvartirali uylarida foydalanilayotgan lift uskunalarini o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish va tushuntirishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish Sergeli tumanida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Texnopark” MChJ vakillari hamda tuman boshqaruv organlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yuqorida qayd etilgan davlat farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash, xususan, eskirgan va nosoz liftlarni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, ularning ishlashini doimiy nazoratga olish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida yoshlarga mo‘ljallangan 90 kunlik tadbirlar doirasida badiiy jamoalar hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida 90 kunlik dolzarb tadbirlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 24-iyun kuni 21-Bolalar musiqa va san’at maktabida Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi badiiy havaskorlik jamoalarining II chorak yakuni bo‘yicha hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 5 ta faxriy unvonga ega bo‘lgan jamoalar o‘z repertuarlaridan ijodiy chiqishlar bilan qatnashdi. Konsert davomida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar orqali tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Hokim_qabuli

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli tashkil etildi


Bugun Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Jumaboyev fuqarolarni qabul qildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 22:37:03
Back to Top
HTML Embed Code: