Telegram Web Link
Sergeli tumanida 2024–2025-o‘quv yilida 3408 nafar o‘quvchi maktabni tamomladi

2024–2025-o‘quv yilida Sergeli tuman umumta’lim maktablarini jami 3408 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 3021 nafari davlat, 387 nafari esa nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilaridir.
O‘quv yili yakunida 51 nafar bitiruvchi “Oltin medal”, 15 nafari “Kumush medal” bilan taqdirlandi. Medal sohiblarining 57 nafari qizlar hisoblanadi.

Shu kunga qadar 11-sinf bitiruvchilarning 53 nafari xorijdagi oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.
Ulardan:
26 nafari xorijiy davlat OTMlariga grant asosida, 27 nafari esa shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.
Ushbu ko‘rsatkichlar tumanda ta’lim sifati yuksalayotgani va yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy natijalar berayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥3🎉1
🇺🇿#Sayyor_qabul

Mahallalarda tuman hokimining sayyor qabullari tashkil etilmoqda


"Qo'shqoʻrgʻon" va "Kengmakon" mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida tuman hokimining fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏1🤔1
#Муҳим_сана

Ҳар йили 23 июнь куни дунё миқёсида Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Давлат хизмати куни сифатида кенг нишонланади.

Ушбу сана давлат бошқаруви тизимида самарадорлик, шаффофлик ва фидойиликни тарғиб қилиш, шунингдек, давлат хизматчилари фаолиятини эътироф этишга, фуқароларга хизмат кўрсатишдаги юқори стандартларни таклиф қилишга қаратилган.


Мазкур байрам 2003 йилда БМТ Бош Ассамблеясининг 57-сессиясида қабул қилинган резолюция асосида жорий этилган. Кейинчалик, Бош Ассамблеянинг 60/34-сонли резолюциясида ушбу кунда давлат хизмати соҳасига эътиборни янада кучайтириш ва унинг ютуқларини кенг тарғиб этиш муҳимлиги алоҳида қайд этилган.

Сана муносабати билан, Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги давлат хизматчиларига фидокорона меҳнати, юксак масъулият ҳисси ва Ватанга садоқати учун миннатдорлик билдиради. Ҳар бир давлат хизматчисининг саъй-ҳаракатлари ортида юртимизда самарали бошқарувни ривожлантириш, фуқароларга сифатли, адолатли, тезкор хизмат кўрсатиш, шунингдек, барқарор тараққиётга ҳисса қўшиш мақсади мужассам эканлигини қадрлаймиз.


🇺🇿 Ўзбекистонни янада ривожлантириш йўлида фаолият юритаётган барча давлат хизматчиларига янги-янги зафарлар тилаймиз. Ҳар бир ҳаракатимиз — инсон қадри ва фаровонлиги учун!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarga amaliy ko‘mak!

Sergeli tumanida “Dolzarb 90 kun” ish rejasiga muvofiq, mahallalarda istiqomat qiluvchi ishsiz va bitiruvchi yoshlar uchun bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida armrestling (qo‘l kurashi) sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga sog‘lom turmush tarzi va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish bo‘yicha tushunchalar ham yetkazildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3
2025/07/13 21:11:13
Back to Top
HTML Embed Code: