Telegram Web Link
🇺🇿#Hokim_qabuli

Xalq qabulxonasida tuman hokimining qabullari tashkil etilmoqda


Bugun Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi. Qabulda tegishli tashkilot va xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Hisobot_konsert

Hurmatli mehmonlar!

Sizni Sergeli tumani madaniyat markazlariga qarashli badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida o‘tadigan “San’at — do‘stlik elchisi” nomli 2-chorak yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsertiga taklif etamiz!

🎶 Yorqin chiqishlar, samimiy muhit va san’atga boy kun sizni kutmoqda!

Marhamat, biz bilan birga bo‘ling!

🗓24 iyun, soat 10:00
📍Sergeli tumani, 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi tadbirlar zali

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi samimiy uchrashuv

Kuni kecha “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
“Yoshlar bilan gulxan atrofida” deb nomlangan ushbu samimiy suhbat ochiq osmon ostida, do‘stona va iliq muhitda o‘tkazildi.

🔥Gulxan atrofidagi uchrashuv yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, o‘zaro hurmat, birdamlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Elektr

❗️"No'g'oyqo‘rg‘on", "Qumariq", "Yuqori Darxon" va "Junariq" mahallalarida elektr energiyasi uzildi

Bugun yuqoridagi mahallalarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish yuzaga keldi. Ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi xizmatlar tomonidan zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ayni paytda muammo bartaraf etilmoqda va tez orada elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi ta’til – yoshlarga mazmunli xordiq va vatanparvarlik saboqlari bilan

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan 90 kunlik dolzarb tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida tumandagi mahallalarda yashovchi faol yoshlar uchun qator ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Xususan, yaqinda yoshlar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Ikkinchi Jahon urushida o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasorati, g‘alabaga qo‘shgan hissasi, urush qahramonlari xotirasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular majmua hududidagi harbiy texnikalar, tarixiy eksponatlar, muzey qismlari hamda ramziy yodgorliklar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodda tarixiy xotira, faxr va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT, E’LON! 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar, amalga oshirilayotgan xatlov ishlari yuzasidan onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

🎤 Jonli efir boshqarmaning telegram sahifasi orqali tashkil etiladi.

👨‍💻 Mavzuga oid savollaringizni @kadastruzb_bot ga yoʻllashingiz mumkin.

🔴 Vaqti: 2025-yil 24-iyun, soat 11:00 da.

#Kadastr #e_lon #audio_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoz fasli – ijod fasli!

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, o‘quvchilar, talabalar va mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtini foydali tashkil etish maqsadida 90 kunlik dolzarb tadbirlar davom etmoqda.

Shu doirada imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida “Yosh musavvirlar” rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirda iqtidorli yoshlar o‘zlarining tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, turli mavzularda chizilgan asarlarini taqdim etdilar.
Tanlov nafaqat yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarish, balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 00:11:02
Back to Top
HTML Embed Code: