Telegram Web Link
🇺🇿#Xabarlar

Fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Kuni kecha Sergeli tumanidagi 68-oilaviy poliklinakada Oʻzbekiston Respublika Prezidentining Toshkent shahar xalq qabulxonasi mudiri Tohir Mullajonovning fuqarolar sayyor qabuli oʻtkazildi. 30 nafarga yaqin fuqarolar arizalari bilan qabulga murojaat qilishdi. Murojaatlarda koʻtarilgan yer kadastr hujjatlari, koʻchalarga asfalt qoplamasi yotqizish, toza ichimlik suvi, gaz va elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolar qabul jarayonida masʼul va mutasaddilar tomonidan joyida hal etilishi choralari koʻrildi. Sayyor qabulda Sergeli tumani hokimining maslahatchisi A.Jabborov, tuman prokurori oʻrinbosari J. Mirzayev, shahar va tumandagi bir qator idoralarining rahbarlarni ishtirok etishdi.

🗣Bundan tashqari shu kunning o'zida 284 nafarga yaqin bemor fuqarolarga shahar, tumandagi va 68-OPning malakali mutaxassislari tomonidan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Shundan 141 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi, 5 nafarga statsioner davolanish uchun order berildi. 8 nafar yotoqli bemorga joyida tibbiy koʻrik tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Музокаралардан сўнг Президентларнинг Қўшма баёноти ва икки томонлама ҳужжатлар имзоланди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿#Ijtimoiy_soha

"Qumariq" ko'chasi 16-uyda yashovchi fuqaro, 2-guruh nogironi Xalilova Xamida opa va "Obirahmat" 3-tor ko'chasi 6-uyda yashovchi, 2-guruh nogironi Karimova Farida opaga ehtiyojlaridan kelib chiqib nogironlik aravachasi berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’lon

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni kirib kelayotgan “Qurbon Hayiti” ayyomi bilan Toshkent metropoliteni muborakbod etadi.

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2024-yil 16-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.

Hurmat bilan “Toshkent metropoliteni” DUK
Объявление

Дорогие соотечественники, “Тошкент метрополитени” поздравляет вас с наступающим праздником “Қурбон Ҳайит”.

В связи с этим обслуживание поездов в праздничные дни и режим работы метрополитена осуществляются в следующем порядке:

16 июня 2024 года — в целях обеспечения комфорта пассажиров в день празднования праздника “Курбон Хайит” Ташкентский метрополитен начнет свою работу на два часа раньше обычного графика, то есть с 03:00 утра. Кроме того, для всех пассажиров в день “Курбон Хайит” метрополитен предоставляет бесплатное обслуживание с 03:00 до 10:00.

Также пассажиров метрополитена будут обслуживать с 05:00 по утвержденному графику в воскресенье и в другие праздничные дни.

С уважением, ГУП «Тошкент метрополитени».
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Муборак Қурбон ҳайити арафасида давлатимиз раҳбари Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 #Bayram_tabrigi #Qurbon_hayiti

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi

Hurmatli Sergeli tumani aholisi, aziz yurtdoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni ezgulik va saxovat ramzi - muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adha bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur ehtirom va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ta'kidlash joizki, har bir mahalla, xonadonlardagi tinchlik va obodlik, aholimiz o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o'rni beqiyos.

Mana shu ulug' kunda tumanimizda joylashgan 6 ta masjidda ham Qurbon hayiti namozlari o'qilib, yurtimizga tinchlik-farovonlik, rizq-nasiba va xotirjamlik so'rab duolar qilindi.

Aziz tumandoshlar, Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!

Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/16 19:41:44
Back to Top
HTML Embed Code: