Forwarded from Botirjon ERGASHEV | rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozodbek NAZARBEKOV
"UYG‘ON, O‘G‘LIM!"
Botirjon ERGASHEV sheʼri
Mirafzal HUSANOV musiqasi
Rauf NABIYEV klipmeyker
@Botirjon_Ergashev
"UYG‘ON, O‘G‘LIM!"
Botirjon ERGASHEV sheʼri
Mirafzal HUSANOV musiqasi
Rauf NABIYEV klipmeyker
@Botirjon_Ergashev
🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi loyiha boshlashibdi, soʻzga e’tiborli boʻlishga undaydigan
❤1👍1🕊1
Forwarded from БЕК 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫
Ассалому алайкум азиз аҳли ижодкорлар!
Шеърият, адабиёт ва санъатсевар мухлислар!
Сизларни "НАЗМ ВА НАВО" гуруҳида👉2025-йил 7-сентябр
👇👇👇👇
кеч соат
👇👇
19:00
да ажойиб дастур кутмоқда.
Ушбу дастуримиз меҳмони, таниқли актёр ва блогер
АСРОР ҲАМИДОВ
бўладилар.
АСРОР ҲАМИДОВ — 1989 - йил, 10-феврал Андижон шаҳар Жалақудуқ туманида туғилган.
Асрор Ҳамидов 2010-йил Андижон давлат университетини тамомлаган. Ижоди давомида кино ва сериаллар ҳамда клипларда бир қатор ролларни ижро этган. Жумладан, “Излаганим”, “Бегуноҳ”, “Пирамида”, “Салом фм” каби машҳур фильмлар бор.
Ҳозирги вақтда актёр, инстаграмда таниқли блогер бўлиб, кўплаб ибратли ва ижтимоий мавзуларда видофильмлар яратиб келмоқда.
Маҳоратли актёр билан суҳбатимиз давомида ижодий фаолияти борасида яқиндан танишамиз.
Дастурни, бошловчи, севимли шоирамиз ШОҲИСТА ИСОҚОВА олиб боради.
Гуруҳ раҳбари Раъно Алиева
Бош админ Жамшид Султонов
Бизнинг манзил: https://www.tg-me.com/+BlvwT9kZauoxMjk6
𝐍꯭𝐀꯭𝐙꯭𝐌꯭🎸꯭𝐍꯭𝐀꯭𝐕꯭𝐎꯭

❤3🕊2🥰1
3-4 yil avval bola ekanimizni bolali boʻlib anglayapman. Muxlisa bilan shunday opa-singil boʻldikki ikki ona tuqqan boʻlsada opa-singillik tuygʻusi, ijod olami, ustozlar va mehr-muhabbat birlashtirdi. Tunlari suhbatlashib toʻymasdik, soʻzlarimiz alladek edi. Oylab, yillab birga yashadik, oʻynadik, kuldik, yigʻladik, yaxshi-yomon kun koʻrdik. Ustozni yoniga nega kelganimiz yodimizdan chiqib qolar edi, bola edik-da. Zerikib qolsak bizga farqi yoʻq edi, teatrga, bogʻga sayrga chiqardik, bizni tergaydigan, urishadigan, nega kech kelding, yoʻq bormaysan deydigan odam boʻlmagan, chunki ota-onamizni bagʻrida edik, ularning qoʻllashlari bizni koʻplab sayohatlarimizga yoʻl ochgan. Endi oʻzimiz onamiz, hamma mas’uliyat oʻzimizda. Yillar va yoʻllar bizni bir muddat ayirgandek, biroq koʻngilni hech toʻsiq ayirolmagan, ikkimiz ham sogʻinch degan tuygʻu soyasidamiz. Gohida shunday satrlar bilan bugungi kechinmalarimizni his qilgandek, oʻzimizni she’r va kuy bilan ovutgandek boʻlamiz, sogʻinchning borligi ham yaxshi ekan…
❤3🔥1🥰1
Қайсарман-о...
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Кунлар ўтиб бородир
Ҳеч тўзимга келмайман-о,
Бағри дилим ёнодир.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Босган изим жар томон
Сени севмай ўлай ман-о,
Шу қурғур феълим ёмон.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Ғурур кесар сочимни
Энди сен-ла сенсизман-о,
Қайга урай бошимни.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Қайтар йўлим сен эмас
Энди келма, энди бас-о,
Сен билган қиз мен эмас!
Қайсарман-о, бир қайсар-о!
Шоҳиста Исoқова
@Shohista_Isoqova_sher_audio
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Кунлар ўтиб бородир
Ҳеч тўзимга келмайман-о,
Бағри дилим ёнодир.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Босган изим жар томон
Сени севмай ўлай ман-о,
Шу қурғур феълим ёмон.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Ғурур кесар сочимни
Энди сен-ла сенсизман-о,
Қайга урай бошимни.
Қайсарман-о, бир қайсар-о,
Қайтар йўлим сен эмас
Энди келма, энди бас-о,
Сен билган қиз мен эмас!
Қайсарман-о, бир қайсар-о!
Шоҳиста Исoқова
@Shohista_Isoqova_sher_audio
❤4🔥1🥰1👏1
Saodat sohili - Sh.Isoqova
Қайсарман-о... Қайсарман-о, бир қайсар-о, Кунлар ўтиб бородир Ҳеч тўзимга келмайман-о, Бағри дилим ёнодир. Қайсарман-о, бир қайсар-о, Босган изим жар томон Сени севмай ўлай ман-о, Шу қурғур феълим ёмон. Қайсарман-о, бир қайсар-о, Ғурур кесар сочимни Энди…
Oʻsha vaqtlar yozilgan she’rimniyam joylagim keldi. 2018-yil
👍1🔥1
JIM SEVISH OSONMI....
AHMADI EVEREST
❤2🔥2💯2👍1🥰1
Forwarded from 𝐍꯭𝐀꯭𝐙꯭𝐌꯭🎸꯭𝐍꯭𝐀꯭𝐕꯭𝐎꯭
Xayrli oqshom, aziz san’atsevar ijodkorlar hamda adabiyot ixlosmandlari!
Bugun, 19-sentabr “Nazm va Navo” guruhimizda yangi va nozik bir loyihani boshladik. Loyiha ilk mavzusi “She’r, shoir va shuur” bo‘ldi. To‘g‘ri, bu mavzu bir qarashda yangilikdek tuyulmasligi mumkin. Ammo aslida u — eskirmas, doimo dolzarb mavzulardan biridir. Chunki inson uchun tafakkur qanday zarur bo‘lsa, jamiyatimiz va xalqimiz orasidagi ma’naviy yetuklikni yuksaltirish ham shunchalik muhimdir.
Biz hozir 21-asr texnika zamonida yashayapmiz. Kiberxavf-xatarlar kuchayib, yoshlarimizning dunyoqarashlariga “ma’naviy chang soladigan” illatlar ko‘paygan bir pallada ijodkor va jamiyatni bog‘lovchi ko‘prik sifatida she’riyatning o‘rni beqiyos. She’r — qalbni himoya qiluvchi, ongni uyg‘otuvchi, ma’naviy parda bo‘lib xizmat qiladi. She’r — qalbning tili, ma’naviyatning ozuqasi. She’r oddiy so‘z emas. U — qalbning nidosi, inson ruhining eng nozik ifodasi.
Ilmiy jihatdan she’riyat — badiiy tafakkurning eng qadimiy va eng ta’sirchan shakli boʻlsa badiiy jihatdan esa she’r — qalbdagi otashin tuyg‘ularning jilosi, jamiyatning ruhini tarannum etuvchi ohangdir. Hattoki Payg‘ambarimiz ham she’rni e’tirof etganlar. Demak, she’r bu — ma’naviyat ozuqasidir. Inson jismi qanday non va suvga muhtoj bo‘lsa, ruh ham ma’naviy daldaga muhtojdir. Shoir — jamiyatning yuragi va uyg‘otuvchisi. Shoir — faqat oʻz tuygʻularini ifodalovchi ijodkor emas, balki xalqning vijdoni, yuragi, shuur uyg‘otuvchisidir. Cho‘lpon aytganidek: “Uyg‘onganlarning vazifasi — uyg‘otish.” Darhaqiqat, shoir uyg‘ongan qalb egasi sifatida o‘z xalqini uyg‘otadi, uni yuksalishga chorlaydi.
Mashrab davrini eslaylik. U qo‘liga qalam olib yozmagan, she’rini og‘zaki aytib ketavergan, oʻta chapani boʻlgan. Xalq esa uni yodlab, og‘izdan og‘izga ko‘chirib, asrlar osha bizga ulkan devon qoldirdi. Bu — xalq va shoirning uygʻunligidagi buyuk bir merosdir. Bugungi kunda ham Mashrablar bor, ammo ularni tildan tilga ko‘chiradigan tinglovchilar yetishmayapti. Demak, she’rni qadrlaydigan, shoirni eshitadigan, ijodni yuksaltiradigan tinglovchilarni chorlash — bizning eng katta vazifamizdir. Men nega bunday deyapman, afsuski, bugun ayrim joylarda shoirlarga “shoir jo‘qi” kabi xunuk va masxaromuz o‘xshatishlar bilan qaralayapti. Hatto ba’zilar shoirlarning dunyoqarashini “eskilik sartiqlari” yoki “tantaknamo qarashlar” deb atash darajasiga yetganiga guvoh boʻldim. Bu holat — achinarli. Anchayin dilim ogʻridi, ichimdagi ogʻriqlarimni uygʻotib yubordi bu holat. Chunki bu nafaqat shoirni, balki ma’naviyatni kamsitishdir.
Azizlar, bugun biz ma’naviyatni yuksaltirishimiz uchun ijodkorlarning o‘z ijodini qanday talqin etishi ham bir mahoratga aylanmoqda. Chunki ma’naviyat — ongning immunitetidir. Jamiyatga hissa qo‘shaman degan ijodkor borki, ijodini to‘g‘ri talqin qilishi, uni xalq orasida go‘zal va toza holda yetkazishi shart deb oʻylayman. Men ijodkorman, ijod qilyapman, mukofot olib, e’tirof etildim deya koʻkrak kerish barobarida adabiyot va xalq orasidagi koʻprikni bogʻlashda ham xizmat qilishimiz kerak va zarur.
Shu bois men bugun siz azizlarni birgalikda o‘ylashga, ijodkorlar va ularning ijodini xalq orasida to‘g‘ri, va chiroyli tarzda talqin qilishga chorlayman. Sizlarning bu boradagi qaynoq takliflaringizni intiqlik bilan kutib qolaman
P/s: She’r — bu ruhning nidosi, shoir — uning elchisi, shuur esa jamiyat qalbining ko‘zgusi. Agar she’r qalblarga yo‘l topa olsa, shoir uyg‘otuvchi kuch bo‘lsa, shuur uyg‘oq bo‘lsa, demak, jamiyat yuksaladi.
Shunday ekan, keling, ma’naviyatimizni boyitaylik, shoirlarimizni qadrlaylik, she’rni esa jamiyatni uyg‘otuvchi kuch sifatida tarannum etaylik.
Hurmat ila kaminangiz Shohista Isoqova

❤1🔥1🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayniapam ketgandan keyin uyda yolgʻiz mazza qiladigan qaynsinglim…
Bu kanalimda faqat oʻzim va ijodim haqida soʻz yuritgan ekanman. Ijodkor doʻstlarim yaqinlarim deyarli kimsasiz Robinzon deb ham oʻylashlariga oʻzim sababchiman 🤓 chunki hechqachon bobom va buvimdan boʻlak qavmim haqida lommim demaganman. Kommentda fikr qoldiring qarindoshlarim bilan tanishtiraymi?
❤1🔥1🥰1