Telegram Web Link
2017-yilda tug’ilgan bolalar bu yil 1-sinfga chiqishdi🙃

Foto - Madina Nurman.
😁88😢139🤗9👍6🥰2😘1
Bu postni ancha oldin yozishim kerak edi. Magistrlik diplomini qo’limga olishim bilan. Lekin biroz kechikdi.

Bakalavrdagi mutaxassisligim - filolog, kasbim - jurnalist, magistrlik dissertatsiyam mavzusi esa intellektual mulk himoyasiga oid bo’ldi.
Magistraturaning birinchi darsidanoq krossovka kiyib kelganim uchun dekanimiz - Otabek akadan rosa tanbeh olgandim. “Yurist bo’lmoqchimisiz, shunga mos kiyining endi” deb hammani yonida urishib bergandilar. Shu-shu ustozdan yil bo’yi gap eshitdim🙈
Dars qoldirganim uchun, darsga kechikkanim uchun va hokazo.

Qattiq nazorat, qat’iy talab bilan o’qitishdi yil davomida. Sababsiz bironta dars qoldirmasdan, ishtiyoq va mas’uliyat bilan o’qidik.
Hamma soat 18da ishdan chiqib uyiga borsa, biz salkam 21gacha darsda o’tirdik. Ramazon payti ham darsda suv ichib, xurmo yeb, leksiya eshitib iftorlik qildik.

Dekan temir intizom yaratganlar magistratura bo’limida. Hamma talabalar diplom ishi yoki dissertatsiyani himoyaga 10kun qolganda yozishsa, bizniki himoyadan 1 oy avval tappa-tayyor edi. Har bir talaba har qanday masala yuzasidan shaxsan dekanning o’zi bilan gaplashadi. Oraliq va yakuniy nazoratlar xuddi DTM test sinovlaridek shaffof va hatto hayajonli bo’ldi. Himoya ham xuddi shunday o’tdi, jonli efirda hamma ko’rib turdi savol-javoblarni.

Shu post orqali barcha kursdoshlarimni yangi ilmiy daraja bilan tabriklab, ustozlarimga rahmat aytmoqchiman. Sabr, mas’uliyat va matonat bilan o’qitganlari uchun - dekanimiz Otabek Bobojonovga, ustozlar Shuhrat Rahmonov, Jahongir Yuldashev, Mohinur Bahramova, Iroda Yakubova, Islom Abdihakimovlarga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman.

Agar shoshqaloqligimni aytmasa, sizdan yaxshi yurist chiqadi deyishadi ustozlar. OAV huquqi bo’yicha ko’zga ko’ringan, kuchli mutaxassislar sanoqligina. Shulardan biri bo’lsammikin?)

P/s. Safarda bo’lganim uchun bitiruv marosimida qatnasha olmadim. Kecha kamtargina bo’lib, universitet arxiv bo’limidan olib ketdim diplomni.🙈

@Sinchalak_blog
59👍28🤗11🎉6🔥4🕊1
Sinchalak🕊
💥Premyera. 🇺🇿Prezident & chempionlar. G’alabaning siri nimada? 🥇🥇🥇 https://youtu.be/toNcuQsJx80?si=-mX1mN1VufmSKm_a
Bitta yaxshi, bitta yomon yangiligim bor.

Yaxshisi - “Sinchalak” Youtube kanalida obunachilar soni 20K bo’ldi.

Yomoni - chempionlar haqidagi reportajni Youtube blokladi, olimpiada bilan bog’liq kadrlarda mualliflik huquqini olmaganimiz uchun🙈
Instagram ham, Youtube ham bu kadrlarni namoyish etish uchun alohida litsenziya so’rayapti😕

Shuning uchun videoni shu yerga yuklab qo’yaman.
😱166👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥🇺🇿Prezident & chempionlar.
G’alabaning siri nimada?

🥇🥇🥇
@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
125🔥8🥰5👍4🕊1
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidenti matbuot kotiblari.

#Nomadgames2024
👍3817🔥6
Soat 20:10da “O’zbekiston 24” telekanalida Paralimpiada chempionlari bilan intervyularni albatta ko’ringlar.
@Sinchalak_blog
16👍4🔥4
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3118🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Germaniya federal kansleri Olaf Shols Samarqandda.
@Sinchalak_blog
1👍15🔥76🕊6😁2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥14🏆4
Qozog’istonlik hamkasblarimizning xabar berishicha, ayni paytda Astanada bo’lib turgan Olaf Shols qozoq talabalari uchun ma’ruza qilibdi. Maqsut Narikbayev universitetida bundeskanslerga qozoq do’mbirasini sovg’a qilishdi.🇰🇿🇩🇪
@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥9
🇺🇿🚀
@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉4213🏆7🕊6👍4
“ - Allo, Toshkent! Londondan gapiramiz!” 🇬🇧

📹26-sentyabr kuni Britaniya muzeyida O’zbekiston ko’rgazmasi ochildi. Ko’rgazma, London, londonliklar va Londondagi o’zbeklar haqida maxsus reportaj

https://youtu.be/ge1tadLn4ZY?si=dtcTkKBBio6-RGfM

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1513🤗1
Bozor iqtisodiyoti va uni tartibga solishdagi ilmiy faoliyati uchun 2014-yil Nobel mufokotini olgan Jan Tirol 14-oktyabr kuni Toshkentda ma’ruza o’qiydi.

Fransuz professori mikroiqtisodiy tahlil bo’yicha dunyoning eng zo’r ekspertlaridan biri. O’zining korrupsiya, halol xulq-atvor, jamoaviy obro’, tovar va xizmatlar sifatiga oid ilmiy nazariyalarini matematik model bilan asoslab bergan.

Talabalar, jurnalistlar, umuman, shu yo’nalishga qiziqadigan hamma uchun foydali bo’ladi, menimcha.
(Chiptalarni iTicketda xarid qilish mumkin)

@Sinchalak_blog
👍95🔥3💯2
Prezidentlar va Bosh vazirlar.
💰Kim qancha oylik oladi?

https://politicalsalaries.com/leaders/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7🔥2😁2
Bugun 11-oktyabr.
Xalqaro qizlar kuni🌷

💔Dunyoda har beshinchi qizdan biri o’rta maktabga bormayapti. Hali ham millionlab qizlarda internetdan foydalanish, ta’lim olish imkoniyati cheklangan. Har 4 nafar o’smir qizdan biri zo’ravonlik qurboni bo’lyapti.

❤️‍🩹Bu faktlar har yili xalqaro tashkilotlar tomonidan aytiladi. UNICEFning bu yilgi ma’lumotiga ko’ra, 18ga kirmasdanoq zo’ravonlik qurboni bo’lgan qizlar soni 370 milliondan ko’p.
Dunyodagi hamma ijtimoiy institutlar bu muammolarga e’tibor qaratadi, kurashishga harakat qiladi, lekin raqamlarda haligacha sezilmayapti.

💖Kanalim auditoriyasining 70 foizi qizlar. Ularning har birini Xalqaro qizlar kuni bilan va shunchaki, ta’lim, sog’lom va bexavotir yashash imkoniyati bilan tabriklamoqchiman!
Bilaman, juda ko’pchiligimizda hali mustaqil tanlov imkoniyati yo’q. Muhim hayotiy qarorlarni biz uchun boshqalar hal qilib beradi.

💕Shunaqa bo’lgan taqdirda ham, maqsadlaridan voz kechmaydigan, doim oldinga intilib, o’ziga, jamiyatga yaxshilik ilinadigan inson bo’lishingizni tilayman!👧🏻💐

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
129🔥6🕊4👏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilganingizni qiling! 🙌🏻
23🔥164👍4
Sinchalak🕊
Mana o'sha Jeyms Robinson😎 Yilning eng yirik "public talk"i boshlanish arafasida. Hammadan oldin video joylayapman. Kanalim kuzatuvchilari uchun eksklyuziv! 😄🔥 @Sinchalak_blog
Iqtisod yo’nalishi bo’yicha bu yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari.
Esingizda bo’lsa, Jeyms Robinson o’tgan yil Toshkentda mehmon bo’lgandi. Begzod Hoshimov bilan birga “Mamlakatlar tanazzuli” kitobining o’zbek tilidagi tarjimasini taqdimot qilishgan edi.

Hozir birozdan keyin xuddi o’sha zalda fransiyalik iqtisodchi Jan Tirol ma’ruza o’qiydi.

@Sinchalak_blog
12👍11
2025/07/10 22:17:00
Back to Top
HTML Embed Code: