Telegram Web Link
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yevrokomissiya Prezidenti - Ursula von der Leyen Rio sohillarida.

@Sinchalak_blog
Sinchalak🕊 pinned «🔥🆕Muhim siyosiy tadbirdan reportaj Yangi va eski deputatlar. Parlamentning birinchi majlisi qanday o’tdi? https://youtu.be/HuZNKND7Nj4?si=4ML6D0QJF2Gq6tj0 @Sinchalak_blog»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Toshkentda katta shanbalik bo’ldi. Bu shanbalikda shaxsan Prezident ham qatnashdi. Bektemir tumani hududidan Sergeliga ketaverishdagi katta trassa bo’yiga yuzlab daraxtlar ekildi. Deputat va senatorlar, yangi hukumat, hokim va vazirlar, elchilar ham har birlari bittadan daraxtga endi mas’ul.

Odatda ko’chat ekiladi, rasmga tushiladi va shu bilan hammaning esidan chiqadi. Daraxt ekkanlardan shu haqida alohida so’radim, “parvarish qilamiz” degan va’dalarni yozib oldim.
@Sinchalak_blog
Forwarded from davletovuz
Яхши хабар

Ўзбекистон Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиб кириш бўйича Хитой билан икки томонлама музокараларни якунлади. Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Президентининг Жаҳон савдо ташкилоти масалалари бўйича махсус вакили Азизбек Ўрунов маълум қилди.

Яқинда АҚШ билан ҳам музокаралар якунланган эди. Шундай қилиб, 22 та мамлакат билан музокаралар охирига етказилди.

АҚШ ва Хитойнинг Жаҳон савдо ташкилотидаги, умуман, халқаро савдодаги нуфузини инобатга оладиган бўлсак, бу муҳим ютуқдир.
Qish❄️
Forwarded from 📓Usmon Azim via @like
* * *
Тоққа кеч келади баҳор,
куз эрта;

қор эрта ёғади,
совуқ тушар эрта.

Албатта,
тоғнинг ўзи айбдор
бу ҳолга!

Ким айтди
унга
баланд бўлсин деб?


Усмон Азим

https://www.tg-me.com/usmon_azim
Zo’r yangilik

Dunyoning eng qadim sivilizatsiyasi, eng rivojlangan va eng hayratlanarli davlati - Xitoyga endi vizasiz sayohat qilsa bo’ladi.

Tashqi ishlar vaziri o’zining Telegram kanalida bu haqida yozyapti.
@Sinchalak_blog
Umrimda birinchi marta favqulodda holat yuzasidan 1050 FVV ga qo’ng’iroq qilyapman.

- Allo, Assalomu alaykum. Amir Temur xiyobonidagi yerosti yo’lida suv toshyapti.
- Siz o’sha yerdamisiz?
- Yo’q, menga video tashlab berishdi. Tezda kimnidir yuborish kerak.
- Telefon raqamingizni ayting
- 97 .. .. … (aytdim raqamimni)
- Bizga o’sha videoni yuborolasizmi?
- Ha, ayting telegram raqamingizni.
- (dispetcher sherigidan so’rayapti: “Telegramimiz nechi edi? ..” Singlim, hozir telefon qilamiz.

Go’shakni qo’yishdi. 4 daqiqadan keyin “O’zsuvta’minot”dan qo’ng’iroq qilishyapti.

- Allo, yaxshimisiz, suv toshyapti deb xabar berdingizmi? Qayerda?
- Amir Temur xiyoboni, «Сквер подземный переход»
- Amir Temur xiyoboni qaysi tumanga kiradi?
- Voy bilmayman, hozir ko’ryapman internetdan. Yunusobod ekan. Tezroq odam yuboringlaaarr..?!
- Rasm, videosi bo’lsa, yuboring avval ko’raylik. Balki u boshqa narsadir.
- Obbo, xop raqamingizni ayting, yuboraman videoni.

Yubordim. 3 daqiqadan keyin yana telefon qilishyapti.

- Singlim, bu “podzemka”ni qaysi tarafi? Yuridik universitet tarafimi yoki mehmonxona tarafmi?
- Universitet taraf.
- Rahmat.

Xullas, Favqulodda xizmat xodimlari lokatsiyani aniqlashtirguncha, 15 daqiqa vaqt ketdi. (Boshqacha tasavvur qilardim, to’g’risi. Bundan og’irroq vaziyat bo’lsa, qancha vaqt olardi) Allaqachon borib chora ko’rishyapti deb umid qilaman. Yana bilmadim.🤦🏻‍♀️
Kimdir nazoratga olishi kerak.

@Sinchalak_blog
Sinchalak🕊
Video
Taxminan 5 soat oldin boshlangan ekan, “Instagram”dagi storislardan xulosa qilsak. 😐
📹https://youtu.be/kXoI7KitZR4?si=AOS-yRzPXFeuQ-b_

Mana shu reportaj uchun “syomka”ga bormagunimcha, xokkey haqida deyarli hech nima bilmasdim.
Lekin shundan beri “Humo” jamoasining deyarli barcha o’yinlarini ko’rishga boraman va hammaga doim reklama qilib yuraman “Xokkeyga albatta boringlar, yoqadi sizlarga” deb.

Bugun va ertaga - 3-4 dekabr kunlari “Humo” arenada yana xokkey o’yinlari bo’lib o’tadi.
Borganlar bilishadi, xokkey o’yinlarida oddiy match emas, ajoyib shou ko’rish mumkin. Juda samimiy, quvnoq atmosfera, eng sodiq muxlislar va asosan, rus va boshqa millatlardan iborat kontingent. O’zimiznikilar negadir xokkeyga unchalik ham qiziqishmaydi)

Hayvonlarni muhofaza qilish kuni munosabati bilan maxsus xayriya aksiyasi ham tashkil qilinadi.

Dekabr oyidagi barcha o’yinlarga 50% chegirma bilan kirishingiz mumkin. (Promokod: Humo50
Oddiy chipta narxi 50ming, chegirma bilan 25ming so’mga olasiz. Minnatdorchilik shart emas😁) Chiptalar iTicket.uz da.

Ko’rishguncha! Ayniqsa, talabalarni alohida taklif qilaman. Borganlardan taassurotlarni kutaman izohlarda.😊🏒
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sinchalak🕊
Video
Xiyobondagi yerosti yo’lida suv toshishi ertalab bartaraf qilinibdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan xabar qilishdi.

Qo’ng’iroqlardagi tushunmovchilikka ham alohida izoh berishdi. FVB “Suvsoz”ga xabar qilgan, “Suvsoz”dagilar esa xiyobon 5ta tumanga tutash hududda bo’lgani uchun holatga aniqlik kiritishgan.
FVBdagilar boshqa har qanday avariyaviy holatlarda manzilga aniqlik kiritib o’tirilmasligi, ko’cha va uy raqamining o’zi yetarliligini aytishdi.

Hech kimning ishi tushmasin bunday qo’ng’iroqqa. Qayta aloqaga chiqib, ma’lumot berganlari uchun Toshkent shahar FVBga rahmat!
@Sinchalak_blog
Yaqinda UzQuizda shunaqa savol tushgan ekan.
Va bilimdonlar osonlik bilan topishgan ekan o’shanda.
Siz topolarmidingiz?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qushning qanotiga shikast yetsa, qaytib ucholadimi?🕊️Singan novda yana qachondir gullaydimi?🌱
Odam-chi?❤️‍🩹

Bu hikoya o’zbekning ayoli yarim tana bo’lsa ham, yarim inson emasligini isbotlaydi. Bu hikoya matonat, umid, muhabbat va mehnatning kuchini namoyon qiladi… “
@Sinchalak_blog
QАDАM

Sanchiladi tovonimga qo‘shtikanlar,
Аxir o‘zim tikan bosgan yo‘ldan yurdim.
G‘am ko‘rmagan baxt ismli shaharchadan,
Baxtchechaklar terib kelay senga, yurtim.

Meni kechir, oftob yegan bu yelkangdan,
Ketmoningni olmoqqa hech yetmas kuchim.
Rozimisan, ezgulikning bayrog‘ini
Yelkadamas, ko‘kda tutsam sening uchun.

Shoir bo‘lgum seni alqash uchun emas,
Xushomadgo‘y misralardan siquvdaman.
Vatan, seni balandparvoz gap-so‘zlardan
Kasal bo‘lib qolishingdan qo‘rquvdaman.

Sen chorlagin bog‘laringga ketayotib,
Daryolarni eltib beray sug‘organi.
Bugun shaxdam qadam tashlab borar qizing,
Tovoningdan tikanlarni sug‘urgani!

✍️Nilufar Ergasheva

______________
Shu she’r muallifi, jajji qizaloq - 19 yoshga kirdi bugun. So’zingizdagi dadillik, qalbingizdagi olov so’nmasin, Nilufar! Tabriklayman!
🫴🎉🤍

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tramp - “Yil odami”

U
ning global siyosatga taʼsiri, AQSh prezidentligiga qaytishi, yashirin saylovchilar qatlamini safarbar etish qobiliyati, siyosiy madaniyatni qayta shakllantirishdagi rolini va qarama-qarshiliklarga boy lider sifatidagi o‘rnini alohida taʼkidlab, “Time” nashri Donald Trampni 2024-yilning eng mashhur odami deya e’lon qildi.

@Sinchalak_blog
2025/07/07 10:04:36
Back to Top
HTML Embed Code: