Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жаслиқ. Қорақалпоғистоннинг ҳеч ким бормайдиган чекка ҳудудида жойлашган, СССР ҳарбий базаси ўрнида 1999 йилда барпо этилган, ҳарорат +50 даражага етадиган қамоқхона.

Бугун “Ўзбекистон 24” телеканалида соат 20:10 да “Давра подкаст” дастурида тилга олишга қўрққулик Жаслиқ ҳикояларини гувоҳнинг ўзидан эшитасиз.

Мен ва жамоамиз, ҳатто Жаслиқнинг собиқ маҳкуми Аъзам Фармонов учун ушбу ҳақиқатлар илк марта давлат телеканалида эфирга узатилаётгани муҳим аҳамиятга эга.

Албатта, инсон ҳуқуқлари фаоли Аъзам Фармоновни кўпчилик танийди, тармоқларда, сайтларда у кишининг таъсирли интервьюлари жуда кўп. У Жаслиқ деворлари ичида 11 йил азоб чеккан. Унинг бошқа тутқунлардан фарқи — жим қолмаган. Қийноқлар, таҳдидлар, оғриқлар — ҳаммасига қарамай, у ўз ҳикоясини… ўз қони билан ёзган.

Дастуримизда 2008-2009 йилларда дунё ҳамжамиятига тарқалган Фармонов мактублари Жаслиқдан қандай олиб чиқилгани ҳақида эшитасиз.


2019 йилда Жаслиқ қамоқхонаси Президент Шавкат Мирзиёев сиёсий иродаси билан расман ёпилди. Бу нафақат битта қамоқхона, балки зўравонлик ва қийноқлар даврининг тугаш рамзи эди.

Жаслиқ ёпилган. Лекин Жаслиқда ёзилган ҳақиқатлар энди жамият учун очилиб боряпти.

“Давра подкаст” да Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили
— Омбудсман Феруза Эшматова ёпиқ муассасалардаги ҳаёт, қийноқлар учун жазо ижроси, умуман инсон ҳуқуқлари соҳасидаги ўзгаришлар ҳақида ахборот берган.

“Давра подкаст” ҳар якшанба куни “Ўзбекистон 24” телеканалида 20:10 да бериб бориляпти.
🆕1-iyundan boshlab Xitoyga vizasiz borib-kelish mumkin.

O‘zaro Bitimga muvofiq, Tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Prezident Shavkat Mirziyoyevni Lyublyanada rasmiy kutib olish jarayonidan layv.
@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sloveniya Prezidenti saroyidagi faxriy mehmonlar kitobi
@Sinchalak_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇮Natasha Pirz Sloveniya tarixidagi ilk ayol Prezident.

👩‍⚖️
U bilan hamkasb ekanmiz. Huquqshunos va jurnalist diplomiga ega. 10 yildan ko’proq vaqt davomida informatsion dasturlarda boshlovchi va muharrir bo’lib ishlagan.
Shuningdek, axborot erkinligini himoya qilish bo‘yicha faol jamoatchi shaxslardan biri bo‘lgan ekan.

📰🎥Prezidentlikkacha Sloveniyada axborot kommisari bo’lgan, bu esa uni media huquqlari bo‘yicha eng tajribali arboblardan biriga aylantirgan. Keyinchalik yuridik faoliyatni boshlagan. Juda ko’p mashhur sloveniyaliklar qatorida AQSH Prezidentining rafiqasi Melaniya Trampning ham yuridik vakili bo’lgan.

💪Natasha Pirtz saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashib, siyosiy partiyalarning yordamisiz g’oliblikka erishgan. Bu uning sloveniyaliklar orasida hurmati baland ekanligini ko‘rsatadi.

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil holatiga ko‘ra, Sloveniya rekord darajadagi past ishsizlik (taxminan 3.2–3.5%) va yuqori bandlik darajasiga ega. Bu holat mahalliy mehnat bozorida bo’shliqlarni keltirib chiqaryapti.

Qurilish, sog’liqni saqlash, mehmonxona va restoranlar, ishlab chiqarish, ta’lim va axborot texnologiyalari yo’nalishida ishchi kuchi yetishmovchiligi bor.

Bu xorijlik ishchilar, O’zbekiston fuqarolari uchun ham yaxshi imkoniyatlar bor, degani. Kasb va til talablariga javob beradigan 1500dan ortiq o’zbekistonliklar Sloveniyada ish topishlari mumkin.

Kimlar bora oladi, qanday talablar qo’yiladi degan savollarga Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayevdan javob oldik.

@Sinchalak_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sloveniya Bosh vaziri o’rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon

@Sinchalak_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob o’zbek jurnalistlariga intervyu berdi.

@Sinchalak_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi2025

Eng yaxshi ko’rgan reportajlarimdan biri🤗
https://youtu.be/hWye_Mfoh44?si=OIg-qms9yRwRQTKQ

2025-yil bitiruvchilarini katta hayotga qadam qo’yayotganlari bilan samimiy tabriklayman. 🎊
Doim o’zingizga ishoning va katta orzular qiling. 🫶

Stiv Jobs aytganidek: “Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun boshqalar hayoti bilan yashamang. Ichki ovozingizni, orzularingizni eshiting. Ular sizni hech qachon aldashmaydi.❤️

Buyuk odam bo‘lishga emas, o‘zligingizni topishga harakat qiling. Qolgan hammasi o‘z-o‘zidan bo‘ladi.”

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ 😂BAA - O’zbekiston” o’yinini 30 metrlik gigant ekranda hammamiz birga ko’ramiz!

“O’zbekiston - iste’dodlar zamini” yoshlar harakati doirasida futbol bo’yicha jahon chempionatining saralash bosqichida ishtirok etayotgan futbolchilarimizni qo’llab-quvvatlash uchun 5 va 10-iyun kunlari shahar markazidagi katta ekranda terma jamoamiz o’yinlari jonli translyatsiya qilinadi.

📍Manzil - O’zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydon

Hayajonli atmosferadan zavq olish, shou-konsertlarda ishtirok etish uchun @land_uzbot orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.

Olg’a, O’zbekiston! 🇺🇿

@Sinchalak_blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sloveniya Prezidenti layk bosibdi “Instagram”da😎
@Sinchalak_blog
2025/07/02 08:32:52
Back to Top
HTML Embed Code: