Telegram Web Link
Forwarded from HabiСatura
Бугун соат 12-00 дан бошлаб шу аҳволмиш.
Карикатура: @habikatura
🇾🇪 Yaman xutiylari Qizil dengiz va Suvaysh kanali orqali faqat Rossiya kemalariga bemalol harakatlanish uchun ruxsat berishgan.

@SiyosiyFakt
Jo Bayden yilning muvaffaqiyatsiz siyosatchilari ro'yxatiga kiritildi

Amerika rahbari ehtimoliy impichment jarayoniga duch kelmoqda. Kelasi yili u ishtirok etadigan prezidentlik saylovlaridagi davogarlar orasida rekord darajadagi past reytingni qayd etmoqda.

@SiyosiyFakt
«Davlat siyosati ingliz tilini ommalashtirishga qaratilishi kerak» — Botir Qobilov Rossiyaning migrantlar orqali bosim qilayotgani haqida

Harvard universiteti ilmiy tadqiqotchisi, iqtisodchi Botir Qobilov «Lolazor» podkastida aytgan fikrlarimiz bo‘yicha o‘z munosabatini bildiribdi. Jumladan, Botir aka shunday deydi:

«Mutlaqo qo‘shilaman. Millionlab ishchilar Rossiyaga ketishiga majbur bo‘lmasliklari uchun birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiyoti shiddat bilan o‘sishi, ko‘p ish o‘rinlari yaratilishi kerak. Albatta, bu qisqa muddatda erishiladigan va yechimi oson bo‘lgan muammo emas, tan olishimiz kerak.

Amaliy fikrim shundaki, davlat siyosati ikki narsaga qaratilishi kerak:

1️⃣ Birinchisi, ingliz tilini ommalashtirish. Maktabdan boshlab. Xohlaymizmi yo‘qmi, hozir va kelajak bozori asosan ingliz tilida. Ish ham, ilm olish ham, yangi innovatsiya ham, hamkorlik ham, istalgan kontent ham — barchasi ingliz tilida.

Agar misol izlaydigan bo‘lsak, ingliz tilini davlat siyosati darajasida ta‘limda tadbiq etgan mamlakatlar misoli ko‘p. Xayolga keladiganlaridan biri Singapur. Yoki Malayziya (https://www.nytimes.com/2002/10/15/news/in-asia-the-english-imperative.html), Keniya, Vetnam, Hindiston, Janubiy Koreya, Braziliya, Yaponiya…

Men xohlardimki, yaqin kelajakda, O‘zbekistondagi istalgan shahar/qishloq hokimi ham, istalgan maktabdagi o‘quvchi ham ingliz tilida zo‘r gapira/yoza oladigan darajaga chiqish kerak.

Ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik bu nafaqat shartli Polsha yoki Malayziyada ishlay oladigan o‘zbekistonlik degani, balki bu O‘zbekiston bozorida barcha ingliz tilini biladi degani. Natijada O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar kelishi, xorijiy korxonalar bizning bozordagi mehnat kuchini yuqori baholashiga olib keladi.

2️⃣ Bu mavzuda davlatning ikkinchi siyosati — bu o‘zbekistonliklarning chet elga chiqishlari uchun boshqa mamlakatlar so‘raydigan viza talablarini yengillashtirishda faollik.

“Lolazor” podkastida ham aytilganidek, Rossiyada ishlaydigan vatandoshlarimiz boshqa bozorlarga (masalan, Yevropaga) bora olishlari uchun o‘sha mamlakatlardagi viza siyosati ham bir to‘sqin.

Masalan, qo‘shni Qozog‘istonga solishtirganda istalgan viza kategoriyasi bo‘yicha O‘zbekistonliklarda nisbiy zaiflik bor. Qozog‘istonliklar AQShga turist vizani 10 yilga, talaba vizani esa 5 yilga oladilar. O‘zbekistonliklar esa ikkalasini uzog‘i bilan faqat 1 yilga oladilar.

Buning asosiy sababi sifatida AQSh hukumatining viza berish masalasida o‘sha mamlakatning AQSh fuqarolariga vizani qancha muddatga berishiga qaraydigan siyosati aytiladi (reciprocity). Ya‘ni shartli aqshlik yoki shartli yevropalikka O‘zbekistonga viza olish qanchalik maksimal darajada yengil bo‘lsa, o‘zbekistonliklarga ham o‘sha mamlakatlarga borish talablari yengillashishi mumkin. Davlatimizdan mana shu masalada ham faollikni umid qilgan bo‘lar edim.

Xulosa qiladigan bo‘lsam, davlat siyosati ingliz tilini ommalashtirishga qaratilishi kerak. Ingliz tili hozirgi zamonda deyarli hayot-mamot masalasi. Ingliz tilini bilmaydigan inson pichog‘i yo‘q qassob kabi. Nafaqat siyosiy nuqtai nazardan ba‘zi mamlakatlarga qarab qolmaslik uchun, balki o‘zimizning iqtisodiy rivojlanishimiz uchun maktabdagi ta‘lim sifatini, unda beriladigan ko‘nikmalarni va eng muhimi ingliz tiliga juda katta urg‘u berishimiz kerak.

Axir vaqt ketmoqda, qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar va avlodlar o‘tmoqda…

Post tugadi.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️«5-10 yildan keyin Toshkentda umuman yashab bo'lmaydi! Odamlar uylarini tashlab chiqib ketishadi»

«Men 5-10 yilda Toshkentda yashamasligim aniq, chunki Toshkentda yashab bo'lmaydi. Odamlar ommaviy ravishda uylarini tashlab chiqib ketishadi» — Rasul Kusherbayev Toshkentning iflos havosi haqida keskin gaplarni gapirdi.

@SiyosiyFakt
❗️2024-yilda diqqat markazida bo'ladigan 12 ta saylov:

🇧🇩 Bangladesh - 7 yanvar, parlament saylovi
🇹🇼 Tayvan - 13 yanvar, prezidentlik saylovi
🇵🇰 Pokiston - 8 fevral, parlament saylovi
🇮🇩 Indoneziya - 14 fevral, parlament saylovi
🇷🇺 Rossiya - 2024 yil 17 mart, prezidentlik saylovi
🇮🇳 Hindiston - aprel-may, parlament saylovi
🇲🇽 Meksika - 2 iyun, prezidentlik saylovi
🇪🇺 Yevropa Ittifoqi - 6-9 iyun Yevroparlamentga saylov
🇧🇪 Belgiya - 9 iyun, parlament saylovi
🇺🇸 AQSH - 5 noyabr, umumiy saylovlar (prezidentlik + parlament)
🇿🇦 Janubiy Afrika Respublikasi - kuni hali belgilanmagan, parlament saylovi
🇺🇿 O'zbekiston - parlament saylovlari.

@SiyosiyFakt
Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi 150 mingdan 200 ming kishiga ko'paydi.

@SiyosiyFakt
2023-yilda raqamli hayot sifati bo'yicha mamlakatlar reytingi:

1. Fransiya 🇫🇷
2. Finlandiya 🇫🇮
3. Daniya 🇩🇰
4. Germaniya 🇩🇪
5. Lyuksemburg 🇱🇺
6. Ispaniya 🇪🇸
7. Estoniya 🇪🇪
8. Avstriya 🇦🇹
9. Shveytsariya 🇨🇭
10. Singapur 🇸🇬

@SiyosiyFakt
Forwarded from Xushnudbek.uz
2024-yil Yaponiya uchun ko’ngilsiz boshlandi. Kecha, 1-yanvar kuni mamlakatda kuchli zilzila bo’lgan edi.

Bugun esa “Japan Airlines” kompaniyasiga tegishli yo’lovchi samolyot Tokioning Haneda aeroportiga qo’nish chog’ida sohil qo’riqlash xizmatining harbiy samolyoti bilan to’qnashib ketgan.

367 kishi va ekipaj a’zolari muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi “Japan Airlines”.


👉 @xushnudbek 👈
🇰🇿 Tokayev Konstitutsiyani o'zgartirmasligini va 2026-yilda qayta saylanmasligini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, prezident faqat bir marta saylanishi mumkinligi haqidagi qoida “boshqa hech qachon o'zgarmaydi”.

@SiyosiyFakt
🇺🇸 Obama, Tramp va Bayden davrida AQSHga kirib kelgan noqonuniy migrantlar dinamikasi.

@SiyosiyFakt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇳🇴 Norvegiyadagi qamoqxona.

Qamoqonada oshxona, sport zali, televizor xonasi, kutubxona va ochiq ayvonga ega ikki qavatli bino bor.

@SiyosiyFakt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreyada gaz sizib chiqishini tutun deb o‘ylash oqibatida katta portlash sodir bo‘ldi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fojiaga AYOQSH operatorining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.

@SiyosiyFakt
🇺🇿 Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida O'zbekiston 65 o'rinni egalladi.

Global Firepower 2024 jahon armiyalari reytingida AQSh birinchi, Rossiya yana ikkinchi o'rinni egalladi. Fransiya kuchli o'ntalikka kirmadi, Janubiy Koreya esa Buyuk Britaniyadan o'zib ketdi.

Qozog'iston 58 o'rin, Ozarbayjon 59 o'rin, O'zbekiston 65 o'rinni egalladi. O'tgan yil Global Firepower natijalariga ko'ra O'zbekiston 145 ta davlat ichida 62 o'rinni egallagan edi.

@SiyosiyFakt
🇷🇺🇲🇽🇨🇳 Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotida aytilishicha, Rossiya, Meksika va Xitoy o'tgan yil oxirida real ish haqi oshgan yagona davlatlardir.

@SiyosiyFakt
O'zbekiston pasporti Henley & Partners jahon reytingida 80-o'rinni saqlab qoldi

Ayni paytda o'zbekistonliklar 62 davlatga vizasiz borishi yoki uni borgandan keyin aeroportda rasmiylashtirishi mumkin. Bu O'zbekistonning so'nggi 9 yildagi eng yaxshi natijasi.

@SiyosiyFakt
2024/06/08 13:09:21
Back to Top
HTML Embed Code: