Telegram Web Link
Forwarded from Sojida Teacher
25 kun davomida:

🖇 Qanday qilib online dars boshlash;
🖇Online dars uchun kerakli texnik bilimlar;
🖇Recorded va live lesson farqlari;
🖇Online daromad manbalari;
🖇O'qituvchilar uchun metodlar;
🖇Chet elga o'qutuvchi sifatida ketish🫡
🖇va juddayam ko'p narsalar haqida gaplashamiz.

Birinchi o'quvchilarim allaqachon online dars boshlab, daromad qilishyapti💸💸💸
Forwarded from Sojida Teacher
Xullas, bu kursni ortiqcha reklama qilmayman🙈

Agar online dars o'tishni boshlamoqchi bo'lsangiz albatta qatnashing

O'quvchilar fikri bilan @Sojidassielts

Darslar 12-Dekabrdan boshlanadi.
Narxi 350 000 so'm 💸💸💸

24 soat ichida to'lov qilganlar uchun 300 000 so'm.

@Sojidas_Manager ga yozing
Bu yil uchun oxirgi kursim🙂‍↔️

2025-yil barakali, millionlab insonlarga ilmimni ulashadigan omadli ishlar qilay ilohim❤️

Allohimga hammasi oson.
Bu kanalda judayam uzoq vaqtdan beri yozmayapman. Nima uchun???

Meni fikrlashimda judayam chuqur o'zgarishlar bo'ldi. Avvalgidek hamma narsaga tanqidiy qaramayapman. 100% hayotga real qarab, aqlim bilan yashamayapman.

Kanalni kontentiga anchagina uzoq fikrlaydigan insonga aylandim oxirgi paytlarda. 2024-yil men uchun juddayam katta ruhiy o'sish yili bo'ldi. Men umuman avvalgi Sojida emasman, buni o'zim ham his qilyapman.

Asosiy fokusim o'zimda, o'zimda bor narsalarda bo'ldi. Boshqalar, jamiyatdagi muammo va kamchiliklarga deyarli e'tibor bermayapman.

Hamma jamiyatda o'ziga yarasha muammo bor. Rivojlangan davlatda yashayapman, dunyodagi eng iqtisodi yuqori va ularda ham jamiyat sifatida judayam chuqur muammosi borligini ko'rayapman. Bizni muammolar ularni oldida oddiy narsadek😅

Biz rivojlana olamiz. Kamchilikni gapiruvchilar ko'p. 99% foiz inson xatolarni sanab bera oladi. Hozir ko'proq harakat qiladigan, natija qiladigan paytimiz.

Yangi dunyoqarashimdagi yangi fikrlardan albatta bo'lishib boraman❤️

Sizda nima yangiliklar? Dunyoqarashingiz o'sayotganini his qilasizmi???
Comment ochiq🥹👇
Tushunganim:

1. Fokusim faqatgina o'zim va o'zimni maqsadlarimga qaratilgan bo'lishi
2. Hayotimda faqatgina bor insonlar va narsalarni his qilib, shukr qilib, mazza qilib yashash
3. Insonlardan va vaziyatlardan umuman kamchilik qidirmasdan boricha qabul qilish

Bundanam ko'pi bor aslida. O'tgan pyda faqat qizlar uchun shaxsiy rivojlanish kursi ochgandim. Shu o'rganganlarimni bo'lishdim. Deyarli 90% qizlarda zo'r o'zgarish bo'ldi❤️
Judayam xursandman.
Bugun shu videoni ko'rib qoldim. 17 yoshida eng TOP universitetda o'qiydigan va shu universitetda dars ham beradigan yigit haqida.

Bu yigit bizni davrda Jahon tillarida rektor bo'lgan ustozimiz, Ulug'bek Azizovichning o'g'illari. Bir yilcha avval, Amerikaga borib, o'g'illarini joylashtirib kelgan videolarini ko'rgandim. Havas qilgandim, bolasiga eng zo'r imkoniyatni qilib bera oladigan pul, imkoniyat va bilimi bor insonni ko'rganimdan.

Bu yigitni ko'rib, biz oladigan xulosa shuki: o'qib, ko'p pul topa olishimiz, bolalarimizga eng yaxshi imkoniyatlarni bera olishimiz kerak. Buning uchun ilm olish, eng zo'r professional kadr bo'lish va pul ilmini o'rganish kerak.

Yillab pul yig'ib, bittagina to'yga yoki uyni remontiga sarflab yuborish aslida pulni noto'g'ri sarflash ekanligini anglashimiz kerak.
https://youtu.be/U6432udrh4Y?si=nqNUx4f4HznJmKxK
Bir necha oydan beri abiturientdek o'qiyman. Soatlab kutubxonada, kechasi uyda o'qiyman. Va bu juddayam qiyin. Bekorga ilm olishni, igna bilan quduq qazishga o'xshatishmagan ekan.

Bu shunchaki kitob o'qish yoki, video ko'rish emas, bu diqqatingni jamlay olish, fikrlash, sababiyatni aniqlash, fikringni yozish... Bu rostanam judayam qiyin. Eng yomoni esa bu qiyinchilikni faqat va faqat sen tanangda his qilasan, yoningda yashayotgan inson ham his qilolmaydi. Bu qiyinchilikda senga hech kim yordam berolmaydi.

Men yoshligimdan hamma narsaga aql bilan yonadashib, munosabatlarda ham, pul, ish, o'qish hammasida mas'uliyat bilan harakat qilganman. Qiyinchilik paytida hech kim ko'rmagan.

Lekin nimagadir erishsam, qayerdadir xurmatim, obro' yoki pulim ko'p bo'lganda atrofdagilar "Sen bunga loyiqmassan, yetarlicha bilimli emassan" degandek o'zini Impostor sindromini mengayam tiqishtirmoqchi bo'lardi.

Eng yomoni men bunga ishonardim. " Ha rostanam bilimim uncha zo'rmas, o'zim unaqa zo'rmasman, omadim kelib shunaqa bo'ldimda derdim" Aslo unday emas ekan.

Men bunga loyiqman, men bu uchun arzirli harakat qildim. Kutubxonada atrofimda hamma har 20 minutda telefonga qarab, tashqariga chiqib doim qimirlab o'tiradi. Men maqsad qildimmi, chalg'imasdan 4-5 soatlab o'tira olaman. Hech qachon o'zingizga bo'lgan bahoga boshqalar aralashishiga yo'l qo'ymang.

Hamma harakatiga, niyatiga, so'raganiga qarab oladi. Siz kimdandir oldindami? Zavqlaning, mazza qiling, siz bunga loyiqsiz. Kimdandir orqadami? Yanayam ko'proq harakat qiling.

Barcha ilm olish zahmatidagilarga chin qalbimdan osonlik, yengillik tilayman❤️

P.s I cried while writing this. Shout out to all who understand pain of studying.
I don't know why but I can't stop crying 😃

Writing in English and using happy sticker cuz mom may worry😁
Chet elga boraman deb 2-kursda ishlashim SHART bo'sayam ishlamasdan, 100% vaqtimni grantlar qidirib o'tkazganman. Kutubxonada yopilguncha 40 tadan ortiq grantga topshirardim.

"Hayotim oddiy o'tmasin, meni orzuyim samalyotga chiqish, men qolib ketmasligim kerak, 1 haftaga bo'lsayam boraman" deb qancha uringanman. Bu shunchaki komputer oldida o'tirish emas, bu ichki jang.
-Hamma uxlayapti darsdan keyin, uxla
-Mazza qilib yuuur, nima kerak.
-Hozir 15 minut telefon o'ynasang nima qipti?

Degan ichki o'zing bilan jang. Eng katta dushman aslida o'zimiz. O'zimizni yengish juddayam qiyin.

Men topshirgan grantlarni yutolmadim. Yutolganlarimga o'zimdanam pul kerak ekan. Borolmadim. Lekin Alloh shuncha eshikni yopgani bilan menga o'zimdan 1 tiyin ham ketmaydigan grantni yo'liqtirdi. Erasmusni yutdim.

O'sha paytda meni eng eng eng yaqiiiin dugonam, jonim degan insonim " Har doim senga ekanda hammasi, bizam bormiz. Turkiyaga o'zi san loyiqmasding" degan.

Men esa ISHONGANMAN. Ha men loyiq emas ekanman deb ichimni yeganman.

Birovlarni fikriga e'tibor bermaymiz. Lekin yonimizdagi, oilamiz, qarindoshlarimiz, bizni nima chekkanimizni ko'rib turib gapirganlarni "Bilmasa gapirmaydi" deymiz, ularga ishonamiz.

Hech qachon birovga " U Shu narsaga loyiqmasdi" demaslikka harakat qilaman. Men harakatini ko'rmadim degani, u harakat qilmadi degani emas.

Xatto yoningdagi odamni gapigayam "tupurish" uchun o'zingga ishonching BETON bo'lishi kerak.

Muhimi men buni angladim. Muhimi endi menga birov yaaaaaaqinim bo'lsayam aralashishiga yo'l qo'ymayman. Asosiydi endi men o'sha SOJIDA emasman.

Nima qilayotganimni, nimaga qilayotganimni bilaman. Birovni hayotiga aralshmayman, o'zimnikiga aralashtirmayman🐍

I cried a lot, and that's fine.

Hammaga borliklaring uchun, meni o'qiganlaring uchun, menga tasalli uchun rahmat, rahmat, rahmat ❤️
Qonimda baribir o'qituvchilik bor ekan. Ingliz tili kurslarimni ochmagan bo'lsam ham. O'tgan oyda bir oylik qizlar uchun shaxsiy rivojlanish kursi ochdim. Men miyam qanchalik o'zgarganini, miyam o'zgargani sari hayotim qanaqa go'zal, baxtli, barakali bo'lganini his qildim va buni har bir ayol, qiz his qilishini istayman.

Men qanaqa ertalab xursaaaand, energiyaga to'lib turib, kechasi hayotimdan rozi mazza qilib uyquga ketsam, har bir qiz kamida shunday yashashini istadim❤️

Narxini juddayam arzon qilib, tor doirada, reklamasiz, kam odam oldim. Joylar tez to'ldi, bu kanalda aytmadim uzur🙈

Judayam ko'p o'ylangandim, kerakmi o'zi. Hozir hamma shunaqa kurs qiladiku deb.

Lekin ko'rdimki, yaxshiyam qilibman.

Qizlarni 99.9% hammasi chiroyli, sog'lom, o'qiydi, ota-onasi bor, ilmli, ba'zilari oilali, eri, bolasi bor, ishi bor...

Lekin baxtsiz. Bemalol baxtli his qilmaydi. Maqsad qo'yib, orqasidan harakat qilolmaydi. Hayotdan, ota-onasidan, odamlardan xafa. Miyasida faqatgina negative fikrlar, axlatga to'lib ketgan.

Bir oy davomida boriga shukr qildik, ota-onamizga rahmatlar ayttik, maqsadlar qo'ydik, xullas barchamiz o'zgardik. Shunchaki, urib-so'kib vazifani majburlab bajartirganim uchun qizlarda judayam katta o'zgarish bo'ldi 🔥🔥🔥

Ingliz tili kurslarimdan ham mazza qildim.

Aytmoqchimanki, shunaqa shaxsiy rivojlanish kurslaridan qo'rqmang. Kimnidir tajribasi sizga aaancha foydali bo'lishi mumkin.

Yana tajribangizni bo'lishishdan qo'rqmang. Kimga qiziq demang. Sizdan kichkina, sizdan tajribasi kam odamlarga albatta yordam bera olasiz.

Blog oching, fikringizni bo'lishing, you tubeda videolar qiling❤️

Xullas, ichingizdagini ichingizda olib ketmang. Men tufayli hayotda yorug'likni, kuchni, baxtli kelajakka umidni olgan qizlarni ko'rib, ertaroq qilishim kerak ekan dedim❤️
Konsta va Lolani Chidama treki esa O'zbekistonni 2 ga ajratyapti. Ayollar asosan "ha shunaqa majbur yashash kerakmas, chidash kerakmas" desa. Erkaklar "oilani buzyapsila" degan.

Ko'pchilik uchun oila faqatgina baxtli bo'ladigan, xotirjam his qila oladigan, ular bilan 100% o'zing bo'ladigan joy emas. Oila ko’pchilik uchun aslida eng og'riqli, travmalar manbasi.

Insonni eng ko'p o'zini bolasidan eshitgani yaralaydi, eng ko'p turmush o'rtog'i bilan kelisholmaydi, eng ko'p otasidan xafa yashaydi. Biz ko'chadagilar bilan kulib gaplashamiz, murosa qilamiz, lekin uyimizdagi, bir tom ostidagilarga kuchimiz yetadi.

Oila bizni sakinatimiz uchun emas, xotin erini ishdan kelishini soat sanab, sog'inib kutmaydi, yana keladi ajdarho deb kutadi. Bunaqa hayot charchatadi.

Bizda bekorga kasallik ko'pmas. Bel og'riydi, boshi og'riq, davleniya... Bir umr oila ichida bir-birini go'shtini yeganidan, opa-uka, aka-singil, ota-ona, hammasi bir-birini nimagadir majbur deb o'ylaganidan.

Shunchaki boricha qabul qiling. Oila ichidagilarga zahringizni sochmang. Kasal bo'lganingizda, o'lganingizda shular siz bilan bo'ladi. Ko'chada kulib gapirganlaringiz emas.

Trek menga yoqdi. Qizlar, turmushga chiqishdan avval ilm oling, kibrsiz, samimiy, mol dunyo uchun yashamaydigan, dunyoqarashi keeeng, soatiga ko'p pul topa oladigan kadr bo'ling. Siz qancha bilimli, ko'p pul topa oladigan bo'lsangiz, siz hech kimga muhtoj bo'lmaysiz, sizga mos insonga turmushga chiqasiz.

Ota-onalar ham erga berishga shoshilmasin. Faqatgina universitet diplomi bor degani u zo'r degani emas. O'qisin, ishlasin, olam ko'rsin, hayotda standartlari oshsin. Keyin oilada chidamaydi, yashaydi, seviladi, ardoqlanadi.

Yigitlar esa, ayoliga zo'r munosabat qilayotganiga ishonsa, u birgina trekdan buzilib ketishidan xavotir olmasa bo'ladi😉

Siz nima deb o'ylaysiz?
https://youtu.be/qFOA9K64wq8?si=OVHH-r32UhRlmJzB

@Sojida_Karimova
Seganingizdek, haftasiga kanalimda bir nechta tavsiya reklama olyapman. Bu kanalni doimiy aktiv yurgizib turishim uchun, bu kanaldan menga pul kelib turishi kerak ekan🙃

Shuning uchun iltimos, reklamalarimni qo'llab-quvvatlang, aktivlik ko'rsating. Reklama qilishdan avval o'rganib, foydali bo'lsagina reklama qilaman.

Reklama bo'yicha ma'lumot @Sojida_ad da
Faqat qiz va ayollar uchun shaxsiy rivojlanish va o'sish kursi bo'lgan "Singlimga" kursi haqida qizlarni fikrini shu kanaldan o'qib, tanishib turing.

https://www.tg-me.com/singlimga_feedback

Bu fikrlarni yarmi ham emas. Ismlarni o'chirib ommaga ko'rsatdik ma'lum qismini. Kursda qatnashishni istasangiz fikrlar bilan tanishib, aniq qaror qilib turing.

🖇Qatnashchilarni anketa asosida tanlab olamiz, pulini to'lagan hammani ham olmaymiz🙈
🖇Joylar soni o'ta cheklangan, shuning uchun ko'p vaqt yo'qotmang.
🖇Kurs mavzulari va boshqa ma'lumotlarni qizlar uchun kanalimda aytaman.
🖇Bu kurs yana bir marta bo'ladi xolos, ulguring.

Bu kursni ortiqcha reklama qilmoqchimasman. Chunki bu kursni aynan ongli xarid qilishingizni istayman❤️

Hozircha fikrlar bilan tanishib turing. Batafsil yana yozaman.
2024-yil men uchun ruhan o'sish yili bo'ldi. Rostisi men yil boshidagi Sojida emasman. Aslida o'zimni, o'zim nima xohlashimni aniqroq bila boshladim.

Maqsadlarim aniqlashdi.

Masalan hammamiz qanaqadir boshqacha, Zo'r, wooow hayot xohlaymizkuu. Lekin u uchun harakat qilish kerakligini, harakatni qayerdan boshlash kerakligini bilmaymiz. Hamma nimadir qilish kerakligini aytadi. Lekin qanday qilib qilish kerakligini aytmaydi.

Chunki qanday qilish o'zimga bog'liqligini tushundim. Anglaganlarim juda juda ko'p. Shuncha payt boshqalarni ko'ngliga qarab, boshqalarni qulayligi uchun yashaganimni his qildim.

Yaxshi qiz sindromiga chalingan, deyarli ko'p ishlarim jamiyatdan olqish olish uchungina ekan bilsam.

Anglaganlarimni kanalda yozib boraman. Iltimos meni kommentlar va aktivlik bilan qo'llab quvvatlang❤️
Bu haqida Singlimga kursida aaancha batafsil gaplashdik
Orzular

Singlimga kursida 40 ta qiz oldik. Orzu va maqsadlar yozgan darsimizda aksariyat qizlarni orzusi: yaxshi er, bola, yaxshi oila, mashina, pul, komfort hayot, maksimal chet elga sayohat, karyera bo'yichayam mayda-chuyda nimadirlar.

Bundan biz jamiyatimizni 18-25 yosh orasidagi ayollarni orzu qilish chegaralarini ko'ra olamiz. Albatta oila, bola, pul kerak. Bularsiz bo'lmaydi.

Ammo, quyoshni ko'zlasang oyga yetasan deganlaridek, qachonki maqsadingiz shunchaki pul bo'lmasa, faqatgina dardingiz er bo'lmasa, jamiyatga foyda keltiradigan qanaqadir, katta, yoniiib turgan, sizni yondiradigan maqsadingiz bo'lsa, hayotingizda pul ham, erda ham muammo bo'lmaydi.

Maydalashmaysiz, birovga hasad qilishga, birovni orqasidan gapirishga, birov gapirsa xafa bo'lishga vaqtingiz qolmaydi. Shuning uchun albatta kattagina orzu, maqsad qo'ying.

Shunaqa katta bo'lsinki, 30,40,70,90
yoshda ham uni orqasida bo'ling. Shunda qarib darrov kasal bo'lmaysiz, qiladigan ishlaringiz bo'ladi. Fokusingiz 100% o'zingizda bo'lsin. Bu degani bolaga qarama, oiladan voz kech degani emas. Karyera, biznes yoki boshqa yo'nalishda, jamiyatga shuni men beraman, shuni o'zgartiraman degan maqsad bo'lsin.

Shunda yo'lda siz kutmagan darajada ko'p pul, sevgi ham, imkoniyatlar ham chiqaveradi. Men Ingliz tili kurslarimni faqatgina pul uchun qilgan paytlarimda dars o'tgim kemay qolardi, boshim o'grib qolardi... Nimadirlar.

Lekin o'tirib, shu teaching sohasidan ketamanmi, shu meni bir umrlik katta orzuyimmi? 70 yoshdayam dars beramanmi? Yoshlarga, jamiyatimizga, bolalarimga nimalarni o'rgataman? deb o'zim bilan kelishvolganimdan keyin kurslarimni pulida baraka ko'paydi. Ozgina bo'sayam o'quvchini pulidan men ko'p ishlarimni hal qiloldim.

Sizga bugunga vazifa ko'p yillik, bolalaringiz maktabga ketsa, boshqa davlatga yashasa ham siz shug'ullana oladigan kaaatta maqsadingizni toping.

Unutmang, baxt bu SIZ. Er ham, bola, pul, chiroy ham baxt emas. Baxt ichingizda. Bolasi, eri, chiroyi, puli bor bo'lib ham baxtsiz bo'lishi mumkin. Siz istayotgan zo'r uy bo'sayam baxtni his qilolmasligingiz mumkin. Baxt faqat sizga bog'liq.

Har qanaqa sharoitdayam rozi bo'lib, borini ko'rib mazza qilib baxtli bo'lish ham, baxtsiz bo'lish ham sizga bog'liq

Sizga baxt tilovchi @Sojida_Karimova
Forwarded from Manager | Infinity Academy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀yuqoridagi videoda Infinity Academy haqida batafsil bilib olishingiz mumkin, endi esa eng qaynoq yangilikka kelsak!

💡 STAAART!!! 💡
🎁 Infinity Academydan Yangi yilga ajoyib sovgʻa: BEPUL INTENSIVE ENGLISH kursi!
🩵 Hech qayerda bo‘lmagan imkoniyat! Endi ingliz tilini bepul o‘rganing va yangi yilda o‘zingiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini oching!

📚 Nega aynan bizning kurs?

🎄 Infinity Academy asoschisi, IELTS 8 ball egasi va AQSH ning nufuzli universitetida 100% grant Sohibasi Namunaxon va tajribali jamoamiz sizga:

-Innovatsion o‘qitish uslublari;

-Bepul, lekin yuqori sifatli ta’lim;

-O‘zbekistondagi eng samarali ingliz tili kursini taqdim etadi!

🧡 Kurs natijasi:

Ingliz tilidan darajangizni oshirishning eng amaliy intensiv usullari o'rgatiladi;
Akademik maqsadlar uchun mukammal tayyorgarlik; Kurs so'nggida AQSH ga grant yutish haqida ham ma'lumot berib boriladi
Pullik kurslarga ehtiyoj qolmaydi!

Boshlanish sanasi: 22-dekabr

📌 Kursga qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

1. Ushbu postni hamda MANA BU Postni 5 ta do‘stingiz va 5 ta guruhga yuboring.

2. Yuborganingizni tasdiqlovchi screenshotlarni @INFINITY_ACADEMY_MANAGER ga jo‘nating. Keyin kurs o'tkaziladigan yopiq kanalimiz linkini olasiz, Tamom! 💡 Shu qadar oson!

🎯 Biz bilan ta’lim olib, yangi yilda maqsadlaringizga erishing!

🔑 Siz uchun barcha eshiklarni ochadigan tilni o‘rganing va kelajagingizni o‘zgartirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Infinity Academy bilan ta’limingizni yangi bosqichga olib chiqing!

😎@Infinity_Academy_TCHIO😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 10:38:01
Back to Top
HTML Embed Code: