Stiv Jobs
Photo
Portfelimni eslaysizmi?
Ayni paytda...
Yana + $PONKE 1018 USDTga olingan.
Siz nima qilgan bòlardingiz bu vaziyatda?

Odamlarni skuting bilan chalg’it va harakatlaring bilan hayron qoldir!
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
⚡5👍3❤1
Muvaffaqiyat:
✔️ Stiv Jobs aforizmlari ✔️
- Buyuk san’atkor va olimlar ham omadsizlikka yuz tutganlar. Men shunga amin bo‘ldimki, muvaffaqiyatli va omadsiz odamlarni ajratib turgan yagona omil, bu – qat’iyat ekan.
- Muvaffaqiyatning yana bir asosi – muhabbat, o‘z ishing va g‘oyalaringga nisbatan muhabbat. Shunda qilayotgan ishing kelajaging uchun daxldorligini his qilasan.
- Sening yerdagi vaqting chegaralagan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo‘l.

👍4⚡2
Xikoya...
Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi. Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qayerdaligini so‘radi.
Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qayerda ekanligini tushuntirib berdi va
ogoxlantirdi:
- Bolam, u mashxur chevar bo‘lgani bilan, qo‘li egri. Extiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib
oladi.
- Ex otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Xali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!
- Bolam u juda moxir o‘g‘rida!
- Otaxon, mendan xech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun raxmat!
Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar
chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan
qimmatbaxo matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi. O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari xaqida
gapirardi, turli xil latifalar aytardi.
Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qaxqaxa otib kulardi.
Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi.
Keyingi safar undan xam kulguliroq latifa aytardi. Savdogar kulaverganidan
ko‘zlari yumilib ketar, bu onda chevar matoning yana bir parchasini qirqib olib
yashirar edi. Birdaniga chevar jim bo‘lib o‘z ishini bajarishda davom etdi.
- Ey chevar, juda qiziq latifalar bilar ekansan.
Nega jimib qolding? Davom et . . .
- dedi savdogar.
- Ey savdogar, agar yana bir marta latifa aytsam, senga kiyim tor kelib qoladi . . .
deb javob qaytardi.
Endi sizga bu
qaxramonlarni tanishtiray: Xikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar.
Mo‘ysafid esa bizga nasixat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, xikoya, ibratli
voqea va xokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaxo matosi
esa, insonning qimmatli vaqtidir. Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngil-ochar
narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib
qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi dunyoda. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasixat qildim

👍7⚡3
Akmal
Photo
$Trump va $Melania sotib olish imkoniyatlarini kòrib chiqyapman. Er-xotinning qaysi biridan kòproq foyda qilsa bòladi deb òylaysiz?😁 Men eridan 3x qilsa bòladi deb òylayapman
👍2
Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.
Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan deya ensasini qotirdi.
— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
— Mayli, biz kutamiz, — javob qildi ayol.
Kotiba ularni to‘rt soatcha yolg‘iz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq bo‘lib qaytib ketishlarini istardi. Yo‘q, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
— Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan ko‘rishsangiz, balki qaytib ketishar, — dedi u rektorga.
Rektor chuqur xo‘rsindi va rozi bo‘lganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qo‘ydi. Muhim shaxs bo‘lganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining ko‘rkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirg‘andi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
— Bizning Garvardda birinchi kursda o‘qiydigan o‘g‘limiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u tasodifan o‘ldirildi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, — dedi ayol.
— Madam, — dedi rektor qo‘rs ohangda, — Biz Garvardda o‘qib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qo‘ya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga o‘xshab qolgan bo‘lar edi.
— Oh, yo‘q, — dedi ayol va tezda tushuntirdi, – Biz haykal qo‘ymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana o‘sha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
— Bino?! Bilasizmi o‘zi bino qurish uchun qancha kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
— Universitet qurish uchun bor yo‘g‘i shuncha pul kifoyami? Unda nega o‘z universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister hamda Missis Liland Stenford o‘rinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va o‘sha yerda Garvard qadriga yetmagan o‘g‘illari uchun yodgorlik o‘laroq yangi ilm dargohi — Stenford universitetiga asos soldilar.

👍10⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2🕊1
Qo‘rqoqning doimiy orzusi: Hech qanday jabr chekmay, qandaydir qahramonona ish qilish.
📝Kraynov-Ritov
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
📝Kraynov-Ritov
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
👍7⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har qanday vaziyatda ham sizga borini berib xursanchilik ulashadigan inson ota...
Motivatsiyami? ⚡️ bosib keting!
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
⚡14👍6
Sulton Sulaymonning o‘limidan oldingi vasiyatlari
Sulton Sulaymon vafotidan oldin Qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini chaqirib, unga uchta istagi bajarilishini buyurgan ekan:
1. Birinchi istagi - o‘sha davrdagi Usmonlilar sulolasining eng yaxshi tabiblari uning tobutini ko‘tarishini vasiyat qilgan;
2. Ikkinchi istagi - uning tobuti ko‘tarilib borilayotgan yo‘l bo‘ylab oltin tanga va qimmatbaho toshlar sochilishi;
3. Uchinchi istagi - qo‘llari tobutidan chiqarilib qo‘yishi va hammaga ko‘rinib turishini so‘ragan.
Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Sultonning bu istaklarini izohlab berishini so‘raganida, u shunday javob beradi:
Odamlar eng ulug‘ tabiblar ham o‘lim oldida ojiz ekanliklarini ko‘rishlari uchun, tabiblar mening tobutimni ko‘tarishsin.
Odamlar bu hayotda orttirgan hamma boyligimiz shu dunyoda hammamizdan qolib ketishini ko‘rishi uchun, mening barcha oltinlarimni tobutim bo‘ylab soching.
Dunyo podshohi bo‘lgan Sulton Sulaymon ham qo‘llari bo‘sh holda narigi dunyoga yo‘l olganini odamlar ko‘rib, xulosa chiqarishi uchun, mening qo‘llarimni chiqarib qo‘ying.
Usmonlilar sulolasi. XVI asr.

⚡8👍5🔥1
Biz o‘z kamchiliklarimizni tan olishdan qo‘rqmasligimiz kerak va aksincha ularni tan olib, o‘zimizdagi illatlarga qarshi kurashishimiz lozim!
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
🍎 @Stiv_Jobs
Har kuni kechagidan ilimliroq :)
👍4⚡2