Telegram Web Link
#issiqxona_xojaligi

Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatining samaradorligi oshirilmoqda

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari Xusniddin Po‘latov hamda Otabek Umirov viloyatimizning Oltinsoy, Sho‘rchi, Sherobod, Qiziriq, Bandixon, Boysun va Muzrabot tumanlarida bo‘lib, issiqxona faoliyati bilan shug‘ulanayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Bevosita muloqotlarda tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek:

⚪️ issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;

⚪️ faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaliklarining 2025-yil 1-oktabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi hamda ushbu soliq qarzi 2029-yilning har choragida teng ulushlarda to‘lanadi.

Bunda soliq qarzini undirish bo‘yicha:

◽️issiqxona xo‘jaliklariga qo‘llangan ma’muriy va moliyaviy jarimalar hamda barcha hisoblangan penyalar to‘liq hisobdan chiqariladi;

◽️issiqxona xo‘jaliklari bank hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinadi;

◽️yuridik va jismoniy shaxslarning issiqxona xo‘jaliklari bo‘yicha yer solig‘i yer fondi toifasidan qat’i nazar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarida hisoblanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarida hisoblangan yer solig‘i summasi 2025-yil yanvardan qayta hisob-kitob qilinadi;

◽️kredit majburiyatlari bajarilmagani sababli tijorat banklari balansiga o‘tgan issiqxonalar va garov ta’minotida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etiladi, shuningdek, mazkur mulklar tijorat banklari balansiga qabul qilingan vaqtdan yangi tashabbuskorga sotilgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

👉 Telegram
👍3
#tabrik #ona_tilim_faxrim

Assalomu alaykum,
Aziz vatandoshlar!


Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Bugun Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil toʻldi. Yurtimiz hali istiqlolga erishmasdan avval tilimiz mustaqilligi taʼminlandi. Uning davlat tili sifatidagi oʻrni mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan tilimizning nufuzini oshirish, uning sofligi va rivojlanishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xalqaro anjumanlarda, yuqori minbarlarda Oʻzbek tilining baralla yangrayotgani uning mavqei va obroʻsi naqadar yuksalib borayotganini anglatmoqda.

Ona tilimiz — milliy gʻururimiz, bagʻrikengligimiz, oʻzligimiz, maʼnaviyatimiz va boy madaniyatimiz koʻzgusidir.

Yana bir bor sizlarga mustahkam sogʻlik, baxt va saodat tilayman. Yurtimiz farovon, Oʻzbek tilimizning umri boqiy boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#bilasizmi

Xodimlar sonini yashirish!

🟠 Xodimlar sonini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔗 MJtK 175-prim 5-modda

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🇺🇿Oʻzbek tili – xalqimizning faxri, ma’naviyatimizning tayanchi!

Ko‘p millatli yurtimizda yashayotgan har bir elatning qadriyatlari va ona tili biz uchun aziz.
Shu bois har bir ishda, har bir so‘zda, har bir xalqning ona tili sofligini qadrlaymiz.

Davlat organlarida davlat tili me’yorlariga qat’iy amal qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Zero, davlat tiliga hurmat – shu yurt fuqarosining burchi, Vatanga bo‘lgan sadoqati ifodasidir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Davlatimiz rahbari IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surib, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta'kidladi.

Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ISHONCH" TV

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2🔥1
#suniy_intellekt

Aqlli yechimlar – samarali ish: soliq tizimida sunʼiy intellekt davri

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar har bir sohada ish samaradorligini oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va inson mehnatini yengillashtirishda muhim omilga aylanmoqda. Soliq tizimi ham bunday innovatsion oʻzgarishlardan chetda qolmayapti — sohada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish koʻlami izchil kengaymoqda.

Xususan, Oʻzbekistonda davlat organlari ichida birinchi boʻlib Soliq qoʻmitasi sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda Davr-On nomli virtual yordamchini ishga tushirgan edi.

Sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanish orqali faoliyatni takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xodimlarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.

Ushbu kurs doirasida tinglovchilar sunʼiy intellekt vositalari yordamida katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish, xizmat faoliyati jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda intellektual yechimlardan samarali foydalanish usullarini amaliyotda oʻzlashtirmoqdalar.

Bunday oʻquvlar nafaqat xodimlarning kasbiy salohiyatini oshiradi, balki soliq organlari faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi, yaʼni raqamli iqtisodiyot talablariga mos, tezkor va samarali xizmat koʻrsatishni taʼminlashi bilan ahamiyatlidir.

Soliq tizimida amalga oshirilayotgan bu kabi “aqlli yechimlar” kelajakda nafaqat davlat idoralari samaradorligini oshirish, balki fuqarolar va biznes subyektlariga qulaylik yaratishda ham muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/25 15:33:56
Back to Top
HTML Embed Code: