Telegram Web Link
Surxondaryolik soliqchilar faoliyati tahlil qilindi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirokida shaxsiy tarkib bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Dastlab budjet tushumlarini ta’minlash, xususan 2025-yilning 9 oyi hamda sentabr oyini samarali yakunlash masalasi muhokama qilindi.

Har bir soliq turi bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichi va uning amaldagi ijrosi birma-bir tahlil etildi.

“Korxonabay” yo‘nalishida samaradorlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan soha va tarmoq mas’ullari hamda “mahallabay” tizimida eng quyi natijalarni qayd etayotgan soliq inspektorlari tanqid qilindi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan yoki ulardan ortiqcha undirilgan soliq to‘lovini qisqartirish, ortiqcha to‘lovga yo‘l qo‘ygan soliq xodimlariga belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Xufyona iqtisodiyotni qisqartirish, norasmiy ishchi-xodimlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuvda shuningdek  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘layotgan omillar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Xususan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etmaslik, ishchanlik kayfiyatining pasayishi va ta’magirlik barcha huquqbuzarliklarning asosi ekanligi ta’kidlandi.

Jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va  o‘zaro birdamlik belgilangan prognoz rejasi ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda korrupisyaviy xatarlarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍6
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 30-sentabr

- qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2025-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni soliq organlari tomonidan (o‘tgan yilda foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha) aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi miqdorida to‘lash.
👉Soliq kodeksining 448-moddasi 7-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️30 сентября 2025 года - последний день

- уплаты сельскохозяйственными предприятиями налога за пользование водными ресурсами за 2025 год в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами (по объёму использованной воды за прошлый год).
👉ч.7 ст.448 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste’molchilarga fiskal cheklar bo'yicha 906 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarildi

🛒 Xaridingizdan 1% keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida fiskal belgili cheklarni 🤳🏻skaner qiling.

💳 Joriy yilning 8 oyida iste’molchilarga 906,6 mlrd so‘mdan ortiq keshbek qaytarib berildi.

Eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar qaysi savdo shoxobchalariga tegishli ekanini bilmoqchimisiz?
🔝Batafsil havola orqali tanishing.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlarni_toladim

"ISHONCH" TV

“Soliqlarni to‘ladim” chellenjida Surxondaryo viloyatida yashovchi jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab, faol ishtirok etmoqdalar.

☝️ Siz-chi, soliqlarni to‘lashni unutmadingizmi?

📲 “Soliq” mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer  soliqlari haqida ma’lumot olishingiz  hamda to‘lovlarni  onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
#uchrashuv #issiqxona_xojaligi

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Surxondaryo viloyatida issiqxonachilar bilan uchrashdi

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami 361 ta tadbirkorlik subyekti 767,9 gektar yer maydonida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanmoqda. Tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan issiqxonalarda 2025-yilning shu davriga qadar 45 ming 925 tonnadan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan.

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev dastlab Termiz tumanidagi issiqxonalarda boʻlib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglandi.

Shuningdek, viloyatning Termiz shahri, Jarqoʻrgʻon va Termiz tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda:

✍️davlatimiz rahbarining 30-iyulda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi tadbirkorlar uchun belgilab bergan imtiyoz va imkoniyatlari;

⚡️eksport majburiyatini olgan va muqobil isitish tizimida ishlayotgan issiqxonalarga gazdan foydalanish imkoniyati, kredit muddatining uzaytirilishi;

📉2028-yilgacha issiqxonada faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, 2026-yildan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi “0” stavkada belgilanishi tadbirkorlar uchun katta yengillik ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan o'rtaga tashlangan ayrim muammoli masalalar joyida hal etildi, ayrimlari boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Auditorlik tashkilotlariga ham soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-176-son, 26.09.2025-yil

Mazkur Farmonning 3-ilovasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Xususan, soliq maslahatchilari tashkilotlari bilan bir qatorda auditorlik tashkilotlariga ham soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo'yicha xulosalarni taqdim etish huquqi berildi. Bunday tashkilotlar ro‘yxati Soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmgacha (ilgari 1 milliard soʻmgacha) va soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda, soliq maslahatchilari tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining soliqlar bo'yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinadi.
👉PQ-4846-son, 30.09.2020-yil
_________
#новое_в_законодательстве

Аудиторские организации получили право выдавать заключения по налогам

Принят Указ Президента "О мерах по поддержке субъектов предпринимательства на основе новых подходов".
👉№УП-176 от 26.09.2025 г.

Приложением №3 к данному Указу внесены изменения и дополнения в некоторые акты Президента РУз.

В частности, помимо организаций налоговых консультантов, и аудиторским организациям предоставлено право на выдачу заключения по налогам при добровольной ликвидации налогоплательщиков. Перечень таких организаций ведет Налоговый комитет.

Заключения организаций налоговых консультантов и аудиторских организаций будут признаваться налоговыми органами при добровольной ликвидации налогоплательщиков с годовым оборотом до 10 млрд сумов (ранее до 1 млрд сумов) и средним уровнем налогового риска.
👉№ ПП-4846 от 30.09.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"SURXONDARYO" TV

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Surxondaryo viloyatida issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ISHONCH" TV

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Surxondaryo viloyatida issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏1
#Tabrik

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Har bir insonning ilk ustozi ota-onasi boʻlsa, unga harfni, oq-u qorani tanitadigan, Vataniga sadoqat, millatiga cheksiz hurmatni oʻrgatadigan bebaho zot bu shubhasiz, oʻqituvchi va murabbiydir.

Bugun oʻzining dadil va ildam taraqqiyot yoʻlidan borayotgan Yangi Oʻzbekistonimizning baxt-u iqboli, yorugʻ kelajagi yoʻlida fidokorona xizmat qiladigan yosh avlodni tarbiyalashda Siz kamtarin va ilm-maʼrifat fidoyilarining mehnatlaringiz beqiyos.

Shu bois butun millatning taqdirini oʻz taqdiridan ustun koʻrgan Siz mehridaryo ustozlar oldida doim taʼzimdamiz.

Muhtaram ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Doimo munosib shogirdlaringiz, elimiz ardogʻida boʻlib yuring!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍4
SOLIQ_TAQVIMI_OKTABR_2025.pdf
160.9 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil oktabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на октябрь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli tadbirkorlar!


Soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 2-oktabr kuni

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yaxshilash imkoniyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🕒 Boshlanish vaqti – 15:00

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha dolzarb savollarga javoblar taqdim etiladi.

Barchangizni ishtirok etishga taklif qilamiz!
__________
#объявление

Уважаемые предприниматели!

Очередной онлайн семинар-тренинг с участием специалистов Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты состоится

🗓2 октября

Тема: «Возможности повышения рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства»

🕒 Начало в 15:00

📱 Прямая трансляция на платформе YouTube.

В ходе семинара будут даны ответы на актуальные вопросы по теме.

Приглашаем всех к участию!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/27 16:06:05
Back to Top
HTML Embed Code: