#antikorrupsiya
Korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa
Muzrabot tumani soliq inspeksiyasida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibatlari hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash masalalari to‘g‘risida so‘z bordi.
Soliq xodimlariga halollik tamoyiliga amal qilish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, faoliyatlari bilan bog‘liq taklif va muammolari tinglandi.
Tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlarda soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz to‘sqinlik qilish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
👉 Telegram

👍2
#savol_javob
– Men “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganman. Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi?
🟢 Soliq kodeksining 421- va 436-moddalariga muvofiq «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mukl va yer solig‘idan ozod etilgan.
📌 Mazkur imtiyoz tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi.
❗️ Mazkur imtiyoz “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlarga tatbiq etilmaydi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"ISHONCH" TV
✅Jismoniy shaxslar diqqatiga!
Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ini joriy yilning 15-oktabriga qadar to‘lashlari lozim.
✅Telegram ✅facebook 📹youtube 🌐instagram

👍1
#antikorrupsiya
Korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifa
Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartlaridan biri xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va majburiyatlarini eslatib turishdir. Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasida “Halollik – osuda turmush garovi” mavzusida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Unda har bir soliq xodimi o‘ziga biriktirilgan vazifani vijdonan, odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga amal qilgan holda bajarishi, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda hamda ish faoliyati davomida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi.
Tadbir yakunida jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, kasbga sadoqatli va halol kadrlarni tanlash, ular ongida poklik va adolat g‘oyalarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

👍3
#soliq_stavkalari
2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari
🟠 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning turar joy obyektlariga mol-mulk soligʻi stavkalari quyidagi tartibda hisoblanadi:
🔸umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,34%.
🔸shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,45%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,6%.
🔸boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,45%.
🔸Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.
❗️jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.
⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

#yer_soligi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 24-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2025-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilishda ta'kidlanganidek, joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yig'ilishda ta'kidlanganidek, joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o'tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlik subyektlariga qator soliq imtiyozlarini berish taklifi ilgari surildi.
Jumladan, shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.
Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jumladan, shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.
Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-oktabr
sentabr oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 389-moddasi 1-qismi
👉Soliq kodeksi 407-moddasi 4- va 5-qismlari
- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi
IV chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️15 октября 2025 года - последний день
за сентябрь:
- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога;
👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса
👉ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса
- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота;
👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса
за IV квартал:
- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.
👉ч.11 ст.340 Налогового кодекса

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi
Bugun 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashning oxirgi kuni!
Soliq kodeksining 423 - va 443-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
🗓 2025-yil uchun viloyatimizdagi:
◽️490 875 nafar mol-mulk solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarga 134 mlrd 628 mln so‘m mol-mulk solig‘i;
◽️ 522 833 nafar yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarga 363 mlrd 140 mln so‘m yer solig‘i hisoblandi.
✅ Bugungi kunga qadar vohadoshlarimiz tomonidan 114 mlrd 335 mln so‘m mol-mulk solig‘i va 307 mlrd 248 mln so‘m yer solig‘i to‘landi.
🔗 Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin.
👉 Telegram facebook youtube instagram