Telegram Web Link
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifa

Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartlaridan biri xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va majburiyatlarini eslatib turishdir. Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasida “Halollik – osuda turmush garovi” mavzusida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Unda har bir soliq xodimi o‘ziga biriktirilgan vazifani vijdonan, odob-axloq va ichki mehnat tartib-qoidalariga amal qilgan holda bajarishi, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda hamda ish faoliyati davomida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi.

Tadbir yakunida jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, kasbga sadoqatli va halol kadrlarni tanlash, ular ongida poklik va adolat g‘oyalarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

👉 Telegram
👍3
#soliq_stavkalari

2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari


🟠 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning turar joy obyektlariga mol-mulk soligʻi stavkalari quyidagi tartibda hisoblanadi:

🔸umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,34%.

🔸shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,45%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,6%.

🔸boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,45%.

🔸Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

❗️jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.

⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram
#yer_soligi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 24-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2025-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.

👉 Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o'tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlik subyektlariga qator soliq imtiyozlarini berish taklifi ilgari surildi.

Jumladan, shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – o'zimiz yashab turgan mahalla ravnaqi uchun hissa qo‘shish demakdir!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-oktabr

sentabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 389-moddasi 1-qismi
👉Soliq kodeksi
407-moddasi 4- va 5-qismlari

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi

IV chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 октября 2025 года - последний день

за сентябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога;
👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса
👉ч.4-5
ст.407 Налогового кодекса

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота;
👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса

за IV квартал:

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.
👉ч.11 ст.340 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Bugun 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashning oxirgi kuni!

Soliq kodeksining 423 - va 443-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🗓 2025-yil uchun viloyatimizdagi:

◽️490 875 nafar mol-mulk solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarga 134 mlrd 628 mln so‘m mol-mulk solig‘i;

◽️ 522 833 nafar yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslarga 363 mlrd 140 mln so‘m yer solig‘i hisoblandi.

Bugungi kunga qadar vohadoshlarimiz tomonidan 114 mlrd 335 mln so‘m mol-mulk solig‘i va 307 mlrd 248 mln so‘m yer solig‘i to‘landi.


🔗 Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin.

👉 Telegram facebook youtube instagram
👍1
#matbuot_anjumani #EHF

Elektron hisobvaraq-fakturalarda xavf darajasini baholash: yangi yondashuv

Soliq qo‘mitasida elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimini tushuntirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy etilmoqda hamda EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzilish ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi.

Yangi tizim har bir EHFni yaratish jarayonidayoq avtomatik tahlil qiladi va unga xavf darajasini belgilaydi. Agar yuqori xavf belgilari aniqlansa, EHFning maqomi xaridorga koʻrsatiladi.

Yangi yondashuv soliq oqibatlarini baholash va hamkor tanlashda ehtiyotkorlikni taʼminlaydi.

Soliq organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, shu bilan birga insofli, soliqlarni oʻz vaqtida, vijdonan toʻlaydigan soliq toʻlovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida shubhali operatsiyalarni aniqlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
__________
#пресс_конференция #ЭСФ

Оценка уровня риска электронных счетов-фактур: новый подход

В Налоговом комитете состоялась пресс-конференция, посвященная разъяснению новой системы автоматической оценки риска ЭСФ в режиме реального времени.

Данная система внедряется с 1 января 2026 года в целях исполнения Указа Президента Республики Узбекистан и основывается на комплексном анализе критериев, позволяющих оценить вероятность нарушений при оформлении ЭСФ.

Новая система автоматически анализирует каждый формируемый ЭСФ уже на этапе его создания и присваивает ему уровень риска. При выявлении признаков повышенного риска соответствующий статус поставщика будет отображен покупателю.

Новый подход позволит заранее оценить возможные налоговые последствия сделки и проявить должную осмотрительность при выборе контрагента.

Налоговые органы ведут системную работу по выявлению сомнительных операций с целью предупреждения теневой экономики, обеспечения верховенства закона, а также защиты интересов добросовестных налогоплательщиков, которые своевременно и честно уплачивают налоги.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

- I guruh nogironiman. Umumiy yer maydoni 15 sotixdan iborat 2 ta uyim bor. Bittasi shahar markazida, ikkinchisi qoʻshni tumanda joylashgan. I va II guruh nogironlari yer soligʻidan ozod ekan. Savolim, mazkur imtiyoz 2 ta yer uchastkamga ham qoʻllaniladimi?

🔰 Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etilgan va ushbu soliq imtiyozi soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumonomasi asosida, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq kodeksi 436-modda

👉 Telegram
👍1
#markirovka

Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi

O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
👉PQ-296 06.10.2025 y.

Quyidagi mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalanishi shart:
👉 alkogol va tamaki mahsulotlari;
👉 pivo mahsulotlari;
👉 maishiy texnikalar;
👉 dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉 suv va salqin ichimliklar.

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar har bir mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga (“CRPT Turon” MChJ) kiritgan holda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarga Data Matrix maxsus markirovka kodlarini qo‘llaydi:
- mahsulot nomi,
- miqdori,
- hajmi,
- ishlab chiqarish sanasi,
- yaroqlilik muddati va boshqalar.

Sotuvchi 2D skaner yordamida mahsulotning raqamli markirovka kodini skanerlaganda, tizim avtomatik ravishda “Asl belgisi” AISdan markirovka kodini tekshiradi. Agarda mahsulotning yaroqlilik muddati o'tganligi aniqlansa, Onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” mazmunida ogohlantirish xabari aks etadi va chek shakllanmaydi.

Shu tariqa muddati o'tgan tovarlar realizatsiyasi sotuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda bloklanadi.

“Asl belgisi” tizimida bloklangan mahsulotlar yaroqsiz deb topiladi va qonun talablariga muvofiq balansdan chiqarilishi kerak.
____________
#маркировка

Цифровая маркировка ограничит продажу просроченных товаров


Внедряемая в Узбекистане система цифровой маркировки служит повышению прозрачности оборота высоколиквидной продукции. С 1 марта 2026 года благодаря цифровой маркировке будет ограничена реализация товаров с истекшим сроком годности.
👉№ПП-296 от 06.10.2025 г.

Обязательной цифровой маркировке подлежат:
👉 табачные изделия и алкогольная продукция;
👉 пивоваренная продукция;
👉 бытовая техника;
👉 лекарственные средства и медицинские изделия
;
👉 вода и прохладительные напитки.

Производители и импортеры наносят на производимую и импортируемую продукцию специальные коды маркировки Data matrix, внося в автоматизированную систему "Asl belgisi" (ООО "CRPT Turon") подробную информацию о каждом товаре:
- наименование,
- количество,
- объем,
- дата производства,
- срок годности и другое.

Когда при продаже продавец сканирует через 2D-сканер нанесенную на товар цифровую маркировку, то система автоматически сверяет код маркировки с АИС "Asl belgisi". В случае обнаружения истекшего срока годности товара на экране онлайн контрольно-кассовой техники выводится уведомление "срок годности товара истек", и чек не формируется.

Таким образом, реализация просроченного товара блокируется в автоматическом режиме, без участия продавца.

Заблокированные в системе "Asl belgisi" товары признаются непригодными и подлежат списанию с баланса в соответствии с требованиями законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#yashirin_iqtisodiyot

Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish – ustuvor vazifa

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida hamkorlikda o‘tkazilgan xatlov tadbirlari davomida:

⚪️ 1836 ta holatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;

⚪️ 1916 holatda savdo qoidalariga amal qilmasdan, ya’ni onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlar aniqlandi.

Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari natijasida 1646 nafar jismoniy shaxslarning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va onlayn nazorat-kassa mashinalari hamda to‘lov terminallari bilan jihozlanishi ta’minlandi.

👉 Telegram
👍6
2025/10/25 15:33:53
Back to Top
HTML Embed Code: