Telegram Web Link
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Davlatimiz rahbari IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surib, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta'kidladi.

Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ISHONCH" TV

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2🔥1
#suniy_intellekt

Aqlli yechimlar – samarali ish: soliq tizimida sunʼiy intellekt davri

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar har bir sohada ish samaradorligini oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va inson mehnatini yengillashtirishda muhim omilga aylanmoqda. Soliq tizimi ham bunday innovatsion oʻzgarishlardan chetda qolmayapti — sohada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish koʻlami izchil kengaymoqda.

Xususan, Oʻzbekistonda davlat organlari ichida birinchi boʻlib Soliq qoʻmitasi sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda Davr-On nomli virtual yordamchini ishga tushirgan edi.

Sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanish orqali faoliyatni takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xodimlarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.

Ushbu kurs doirasida tinglovchilar sunʼiy intellekt vositalari yordamida katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish, xizmat faoliyati jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda intellektual yechimlardan samarali foydalanish usullarini amaliyotda oʻzlashtirmoqdalar.

Bunday oʻquvlar nafaqat xodimlarning kasbiy salohiyatini oshiradi, balki soliq organlari faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi, yaʼni raqamli iqtisodiyot talablariga mos, tezkor va samarali xizmat koʻrsatishni taʼminlashi bilan ahamiyatlidir.

Soliq tizimida amalga oshirilayotgan bu kabi “aqlli yechimlar” kelajakda nafaqat davlat idoralari samaradorligini oshirish, balki fuqarolar va biznes subyektlariga qulaylik yaratishda ham muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Befarqlik  va loqaydlik huquqbuzarliklar asosidir

Sho‘rchi tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda shaxsiy tarkibga korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan Soliq qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Soliq organlari xodimlari ishtirokidagi salbiy holatlar tahlil qilinib, odob-ahloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilmaslik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik hamda manfaatlar to‘qnashuvining ustuvorligi korrupsion holatlarga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarning korrupsion huquqbuzarliklar bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglanib, unga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlik, ogohlik va jamoatchilik nazoratining muhim o‘rni tushuntirib o‘tildi.

Tadbirkorlar bilan manzilli uchrashuvlarda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida suhbatlashildi.

👉 Telegram
👍3
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Yuk tashuvchi korxona oktabr oyida 55,6 mlrd so'mlik bo'yash, ovoz berish hamda IT xizmatlari ko'rsatgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

1-misol. 2024-yil iyul oyida avtomobil transportida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Magma” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 5,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Korxona uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, 2025-yil oktabr oyida ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki hamda transport vositalari bo‘lmagan holda 55,6 mlrd so‘m (shundan QQS – 6 mlrd so‘m) miqdorida turli xil mahsulotlar va xizmatlar (ovoz berish, qurilish-montaj ishlari, ranglar gradatsiyasi (bo‘yash), IT xizmatlari) bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan. Hozirda jamiyat budjet oldida yirik miqdorda soliq qarzdorliklariga ega.

2-misol. 2025-yil iyul oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Grand” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 50 mln so‘mni tashkil etgan.

2025-yil sentabr-oktabr oylarida, ishchi kuchiga ega bo‘lmagan, egaligida yoki ijarada mulki hamda transport vositalari mavjud bo‘lmagan holda 16,1 mlrd so‘m (shundan QQS – 1,7 mlrd so‘m) miqdorida har xil turdagi mahsulotlar bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

Грузоперевозочное предприятие в октябре оказало услуги по покраске, озвучиванию и IT на 55,6 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Пример №1. В июле 2024 года было создано ООО «Magma» (название изменено) для осуществления деятельности по перевозке грузов автомобильным транспортом с уставным фондом 5,5 млн сумов.

Долгое время предприятие не вело деятельности. Однако в октябре 2025 года, не имея работников, имущества или транспортных средств ни в собственности, ни в аренде, оформило ЭСФ на 55,6 млрд сумов, в том числе 6 млрд сумов НДС, по различным видам товаров и услуг (озвучивание, строительно-монтажные работы, покраска, IT-услуги).

На сегодняшний день предприятие имеет значительную задолженность перед бюджетом.

Пример №2. В июле 2025 года было создано ООО «Grand» (название изменено) для осуществления оптовой торговли. Его уставный фонд составил 50 млн сумов.

Однако уже в сентябре–октябре 2025 года, не имея работников, имущества или транспортных средств (в собственности или аренде), компания оформила ЭСФ на 16,1 млрд сумов, в том числе 1,7 млрд сумов НДС, по реализации различных видов товаров.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydi

🏚2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

❗️2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

👉 Telegram
#antikorrupsiya

Hududlar bo‘ylab profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda har bir soliq xodimi o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishi, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yaqindan ko‘maklashishi, kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Xususiy sektor vakillari bilan profilaktik suhbatlarda soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz to‘sqinlik qilish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

Tarqatma materiallar asosida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi hamda Soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-49 raqamli Ishonch telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram
👍1
2025/10/25 17:16:23
Back to Top
HTML Embed Code: