bootg.com »
United States »
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi » Telegram Web
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
TINCHLIK
Tinchlik so‘zin ma’no, salmog‘i katta,
Dunyo yaralgandir Tinchlik so‘zidan.
Elni tanigaylar yurtdan, albatta,
Insonni bilurlar avval ko‘zidan.
Bahor kelayotir Tinchlik yoqlarga,
Horib kelayotir talofatlardan.
Tunlarda qarasam ko‘k ‒ chiroqlarga,
Ular ham bezibdi, ha, ofatlardan.
Kurtak bo‘rtishiyu, tuproq ko‘pchishi,
Kapalak qanoti, barglar kaftida.
Turnalarning karvon bo‘lib ko‘chishi,
Ko‘klam oftobining iliq taftida.
Musaffo osmonda bulut kemasi,
Oppoq yelkanlarni yoyar ekan tez.
Olis yo‘lga tushsa safar tevasi,
Qo‘zilar o‘tloqda gul hidlagan kez.
Tulpor o‘mganida bo‘rtgan qoyalar,
Chavandoz kaftini yorib yuborsa.
Yashil to‘lqinlarda bedapoyalar
Oqimida suzib saharlar borsa.
Bir maromda nafas olganda mayin
Havoning qatida osuda zichlik.
Ko‘zlarim Vatanni o‘pgani sayin,
Yelkamga yashil to‘n tashlaydi Tinchlik.
Salim ASHUR
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

***
Urush inson va tabiat ustidan qilingan ulkan haqoratlardan biridir.
Vladimir MAYAKOVSKIY
———————————
***
Уруш инсон ва табиат устидан қилинган улкан ҳақоратлардан биридир.
Владимир МАЯКОВСКИЙ

URUSH SUVRATI
Suv o‘rniga qon shimayotgan
halovatsiz, bechora zamin.
Hasrat bilan yerga qaraydi
chiqarmasdan xudolar damin.
Qonga botgan dunyoni ko‘rib,
azoblarga berolmasdan dosh,
ulkan, qizil quyosh har kuni
olib ketar uzoqlarga bosh.
Ketayotir tubsiz moziyga
ko‘lankasiz yigitlar safi,
qizlar qolar kuz og‘ushida
unutilgan mevalar kabi...
Shavkat RAHMON

10-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:
Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) – dramaturg, shoir, tarjimon;
G'afur G'ulom – O'zbekiston xalq shoiri;
Hakim Nazir – O‘zbekiston xalq yozuvchisi;
Vahob Ro‘zimatov – jurnalist va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi;
Shafoat Rahmatullayev – uyushma a’zosi, shoir;
Abdumannop Tojiyev– uyushma a’zosi, yozuvchi;
Alinazar Egamnazarov – uyushma a’zosi, yozuvchi.

Diqqat Diqqat!!
Ijodkorlar diqqatiga!
Ertaga 12 may kuni soat 10:00 da Termiz davlat unversiteti Axborot texnalogiyalari zalida (Xalq banki roʻparasidagi bino) Oʻzbekiston xalq shoiri, Senator, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtadi. Tadbir davomida ulkan adib Mengziyo Safarov, taniqli shoir Shafoat Rahmatulla Termiziy, mashxur adib, shoir Tesha Saydaliyev va bugun Toshkentda ijod qilayotgan ardoqli shoira Gulandom Togʻayevalarning kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtadi. Kitob taqdimotiga qiziqqan barcha kitobxonlarni, ijodkorlarni taklif etamiz.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti

Telegram
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi
Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
1941-YIL BALLADASI
...Ona kecha to‘ng‘ichini kuzatdi jangga.
Do‘ppidagi erning hidini
ko‘ksiga bosib qoldi yosh kelin.
To‘ng‘ich qadamidan ko‘tarilgan chang –
beva qismatdagi eng sarin epkin.
Ona ertaga kenjasini kuzatadi muhorabaga –
ajal bilan musobaqaga.
O‘ziga joy so‘rab qo‘yar mozordan.
Hali erkak bo‘lmagan yigit –
yaltillagan, chirigan chigit...
Shudgorni, chorvani, tuyoqni,
rangzordagi jami bo‘yoqni
Ona yoqdi.
Boqdi o‘choqni.
Qoqdi suprasini va qo‘rasini...
bugun jo‘rasini va to‘rasini
beradi odamxo‘r urushga
(siz o‘ylamang – kino ko‘rishga).
Ona yig‘lar.
Ichini tig‘lar.
Qafasida yurak big‘illar.
Yuzidagi ikki buloqda,
ikki tarmoq va qo‘ng‘iroqda
yosh emas, qon emas, onazang,
suyaklarni suv etdi jarang.
Onalarni ko‘p ko‘rgan ko‘cha
a’molidan butkul voz kechar.
Ariqlarning bo‘yida o‘sgan
chechaklarning chirog‘i o‘char.
Eh, aqldan ozadi dunyo,
topib bering unga bir kimyo.
Quyosh qo‘rqib tog‘larga qochar,
qishloq to‘lib oqar zim-ziyo.
Yoqasini yirtadi alam,
bunday achchiq bo‘lmagan olam.
La’natlarga o‘xshagan faryod:
“Ajalingga xush borgin, bolam...”
Qanday go‘zal o‘zbegim fe’li!
Mehr-shafqat, fidolik seli.
Og‘ir, og‘ir paytda Onaga
madad bo‘ldi o‘zining eli.
Dedilarki: “Omon uzatgin,
et-betingni sal-pal tuzatgin.
Eslab yurar jangda chehrangni,
kulib borsin, kulib kuzatgin”.
Jo‘natmoqda kim bir o‘g‘lini,
yupatadi kimdir ko‘nglini.
Dard oladi zahmini dardning,
mard onalar bo‘lgan, to‘g‘rimi?
Ona dedi: “Tush ko‘rdim yomon,
rostin aytsam, ta’biri gumon”.
Chuvillashdi g‘amkash onalar:
“Qilaqolgin dardingni doston”.
“...Yonar edi tandirda olov,
darvozadan chaqirdi birov.
Borib-kelib qarasam, o‘tda
ikki o‘g‘lim yonardi lov-lov”.
Til tishladi onalar: ayon...
bu o‘rinda ortiqcha bayon.
Ma’lum, taqdir ikki o‘g‘lonni
yetaklaydi qay tomon, qayon.
Aldamadi Onaning tushi...
Tushga o‘xshar qolgan turmushi.
Qaytmaganlar qaytmadi. Qaytdi
kimning oltin, kimning kumushi.
Ma’lum endi Ona ahvoli...
poyoniga yetdi a’moli.
Yonib turgan tandir og‘zidan
tushib qoldi kuygan ro‘moli...
Qissa bitdi. Qissa bitmadi.
Jism yitdi. Jonlar yitmadi.
Kim ming dardga bir malham qo‘ysa,
bobomeros yurt unutmadi.
...ertaga kenjasini kuzatadi urushga
(siz o‘ylamang – kino ko‘rishga)...

Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
Adabiyot yashasa, millat yashaydi!
Cho’lpon
Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot
Adabiyot yashasa, millat yashaydi!
Cho’lpon
Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
✅ TERMIZDA YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI
📌 Bugun Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan kitoblar taqdimoti katta adabiyot bayramiga aylanib ketdi.
📌 Surxondaryo adabiy muhitining taniqli ijodkorlari – Tesha Saydaliyevning “Mangu uyg‘oq qalb”, Mengziyo Safarovning “So‘qmoqdagi odamlar”, Shafoat Rahmatullo Termiziyning “Saylanma”si va Gulandom Tog‘ayevaning “Ishq handasasi” nomli kitoblari yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan edi.
📌 Tadbirni universitet rektori Abduqodir Toshqulov ochib berdi. Ushbu kitoblar taqdimotida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid qatnashib, o‘z so‘zida Surxon adabiy muhitida kamolga yetgan shoir va yozuvchilarning adabiyotimizda katta o‘rni borligi, kitob taqdimotlarining adabiy targ‘ibot uchun naqadar muhimligini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati