bootg.com »
United States »
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi » Telegram Web
#Эълон
Диққат, Диққат!
Ассалому алайкум қалби қайноқ ижодкорлар, қадрдон китобхонлар!!! Қадрли адабиёт мухлислари!
Барчангизни нафис мушоираларга бой бўлган “Сурхон оқшомлари" кўнгиллар суҳбатинига таклиф этамиз. Шеърлардан баҳраманд бўлинг. Юраги оташ истеъдодлар, даврамизга марҳабо.
Анжуманда:
1. “Фаровон оила сари” фикрлар, мулоҳазалар.
2. “Кўнглим шеърларини ўқиётирман”.
3. Бўлим саволларнгизга жавоб беради.
4. Ғолибларга совғалар.
Тадбирни шоир Менгнор Олломурод олиб боради.
"Сурхон оқшомлари" мушоираси 28—майь эртага соат 10:30 да Термиз шаҳридаги Матбуот уйида бўлиб ўтади.
Мурожаат учун телефонлар:
+99893 264 64 03
+99890 747 81 93.
Эълон учун масъул Музаффар Қурбонов
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti

Telegram
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi
Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari Bobur xalqaro jamoat fondi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, professor Zokirjon Mashrabovga turmush oʻrtogʻi Moʻtabarxon ayaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Forwarded from SURXONDARYO TELERADIOKANALI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
17-UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABIDA YANGI KUTUBXONA TASHKIL ETILDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
#Олтиндан_аъло_тўртлик
Кўз била қошинг яхши, қабоғинг яхши,
Юз била сўзинг яхши, дудоғинг яхши,
Энг била менгинг яхши, сақоғинг яхши,
Бир-бир не дейин, бошдин аёғинг яхши.
✍️ Алишер Навоий
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
Кўз била қошинг яхши, қабоғинг яхши,
Юз била сўзинг яхши, дудоғинг яхши,
Энг била менгинг яхши, сақоғинг яхши,
Бир-бир не дейин, бошдин аёғинг яхши.
✍️ Алишер Навоий
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
She'riy lahzalar
BEJIZ YASHAMADIK
Ey, jon, o‘zi jahona
kelding qay muddao birla,
Ketmakdasan nechun yana
mantiqsiz iddao birla.
Alif bu – qad belgisi,
qoshlaring – mad belgisi,
Tig‘day o‘ynab kelgusi
Qoshing bitta “O” birla.
O, bu qoshlar nag‘masi,
betig‘ so‘ymak – ta’masi,
Buzolmas dil Ka’basin
ahli Budda yo birla.
O‘tkinchining bahridan
o‘tdik molu mahridan,
Voz kechib dun ahlidan
qoldik mutlaqo birla.
Omadsiz yashamadik,
shukr, dil g‘ashlamadik,
Odammiz. Yashamadik
bejiz shu da’vo birla.
Shuhrat AZIZOV
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Жайхун_клуби_аъзолари_матбуотда
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилояти бўлими қошидаги "Жайхун" адабий клуби аъзоси Шаҳрибону Турсунованинг "Менинг университетим" номли мақоласи вилоят "Сурхон тонги" газетасида чоп этилди.
Ижодкорни яна бир ютуқ билан қутлаймиз.
Газета таҳририятига Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими номидан миннатдорчилик билдирамиз.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Сурхондарё вилояти бўлими
Саҳифа учун масъул: Донохол Жумаева

#Ёш_кўнгилларнинг_дур_мисралари
Ёмғир
Ёмғирга айланиб балки орзулар,
Қалбимнинг қатига қўнаётгандир.
Яшиллик сув ила унгани каби,
Сўзларим юксакка бўйлаётгандир.
Томчилаб-томчилаб ёғади майин,
Заминни эркалаб, оҳиста қучиб.
Гўёки офият тилагандайин,
Инсонлар кўнглига қўнади учиб.
Бойчечак ийманиб, кўтарди бошин,
Шовқинланиб, тўлиб дарё мавжланди.
Табиатнинг буюк мўжизасидан,
Баҳра олиб роса ҳаёт авжланди.
Шаҳрибону Турсунова ,
Термиз давлат университети
Ўзбек филологияси факултети 1-босқич талабаси

“Farovon oila sari” oyligi doirasida
Termiz shahri… havo salqin, salqin shabadalar koʻngillarni havolantirmoqda. Termiz shahridagi Matbuot uyi faollar zalida “Surxon oqshomlari” adabiy klubida suhbatlar avjida. Bu anjumanda “Farovon oila qanday oila? Unga yetib borish uchun nimalar qilmoq kerak?” kabi savollarga javoblar izlandi. Anjumanda soʻz olgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Yoʻldosh Mirzayev, Donoxol Jumayeva, “Jayxun” klubi aʼzolari Abduvali Annamirzayev, Sarvinoz Amirxonova, Azizbek Eshdavlatov, Joʻrabek Jalilov, Umida Muhammadiyeva, Gulsanam Xurramova, Sardorbek Suyun hamda Surxondaryo viloyat kutubxonasi xodimalari ishtirok etishdi. Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi rahbari Mengnor Ollomurod olib bordi. Tadbir davomida fikrlar bildirildi, sheʼrlar oʻqildi, kelganlar shodlandilar, ilhomlandilar. Tadbir qiziqarli va mazmunli oʻtdi.
Muzaffar Qurbonov,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi adabiy xodimi