bootg.com »
United States »
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi » Telegram Web
#Matbuot_va_ommaviy_axborot_vositalari_xodimlariga_tabrik
Yurtimizning qayerida va qaysi jabhasida boʻlmasin doimo Matbuot va axborotlarda, turli ijtimoiy tarmoqlarda xalqimizga tezkor, ishonchli maʼlumot ulashayotgan barchani Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi hamda Surxon ijodkorlari jamoasi chin dildan samiymiy muborakbod etadi. Ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi. Hamisha ilgʻor va zukko boʻlishingizga hamisha tilakdoshmiz.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti

Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
#30_iyun_yoshlar_kuni
YOSHLIK. BAHOR. MUHABBAT
Asrlar bor – ro‘yoday,
Fasllar bor – muvaqqat.
Doim zangor daryoday
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Umrimda uch saharim,
Uch go‘zal xush saharim,
Mening uch xushxabarim
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sog‘inchlari qanotli,
Yomg‘irlari novvotli,
Armonlari ham totli,
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Aytsam dildan zorimdan
Gullar ungay qoringdan.
Nishon yo‘g‘u borimdan –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sen, ey singlim, sen og‘am,
O‘tgay alam, o‘tgay g‘am,
Olamda eng oliy dam –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Mangu karvon tiriklik,
Dardu hijron tiriklik,
Nadir, inson, tiriklik?
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Bo‘yi basti gul Vatan,
Bosh-oyoq ko‘ngil Vatan,
Otin so‘rsang, bul Vatan –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Dunyo archasi yolg‘on,
Qancha-qanchasi yolg‘on.
Shudir yodimda qolg‘on:
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sirojiddin SAYYID,
O'zbekiston xalq shoiri
YOSHLIK. BAHOR. MUHABBAT
Asrlar bor – ro‘yoday,
Fasllar bor – muvaqqat.
Doim zangor daryoday
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Umrimda uch saharim,
Uch go‘zal xush saharim,
Mening uch xushxabarim
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sog‘inchlari qanotli,
Yomg‘irlari novvotli,
Armonlari ham totli,
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Aytsam dildan zorimdan
Gullar ungay qoringdan.
Nishon yo‘g‘u borimdan –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sen, ey singlim, sen og‘am,
O‘tgay alam, o‘tgay g‘am,
Olamda eng oliy dam –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Mangu karvon tiriklik,
Dardu hijron tiriklik,
Nadir, inson, tiriklik?
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Bo‘yi basti gul Vatan,
Bosh-oyoq ko‘ngil Vatan,
Otin so‘rsang, bul Vatan –
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Dunyo archasi yolg‘on,
Qancha-qanchasi yolg‘on.
Shudir yodimda qolg‘on:
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.
Sirojiddin SAYYID,
O'zbekiston xalq shoiri
#Эълон
Диққат, Диққат!
Ассалому алайкум қалби қайноқ ижодкорлар, қадрдон китобхонлар!!! Азиз адабиёт мухлислари!
Барчангизни Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими ташаббуси билан ташкил этилган, музокара ва мушоҳадаларга, нафис мушоираларга бой бўлган “Жайхун” адабий клубида бўладиган кўнгиллар суҳбатига таклиф этамиз. Шеърлардан баҳраманд бўлинг. Юраги оташ истеъдодлар, даврамизга марҳабо.
Анжуманда:
1. “Сангардак мушоираси” муҳокамаси.
2. ”Зомин” семинари ҳақида.
3. Кўнглим шеърларини ўқиётирман.
4. Ғолибларни мукофотлар билан тақдирлаш.
“Жайхун” мушоираси 2 июль куни соат 10:30 да Термиз шаҳридаги вилоят болалар кутубхонасида бўлиб ўтади. Мўлжал Марказий банк ёнида.
Мурожаат учун телефонлар: 93 264 64 03. 90 747 81 93.

Telegram
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi
Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...