bootg.com »
United States »
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi » Telegram Web
Forwarded from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Ijodiy kengashlar kotibiyati yetakchi mutaxassisi G'iyosiddin O'narovga akasi Jozil O'narovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza bugun 21-iyun soat 15:00 da Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Quvkalla qishlog‘idagi marhum xonadonida oʻqiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

#Сангардак_мушоираси
Сурхон истеъдодлари семинари
“Сангардак мушоираси”...
Бу ёрқин ибора юракларни яйратди. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилояти бўлими раҳбарлигида Сурхондарё ёш ижодкорларининг, вилоят ёш истеъдодларининг, устоз адибларнинг ва табаррук ижодкорлар ҳамкорлигида Сангардак шаршарасига ижодий саёҳат уюштирилди. Маълумки, Сангардак табиатидаги мўъжизаларни, Сангардак шаршарасининг ноёб гўзаллигию матункорлигини бутун дунё ҳайрат билан эътироф этади. Унга бебаҳо ҳайрат билан қарайди. Навоий ҳазратлари, дейдилар:
Ҳайрат этмон, ҳусни нақшидаки, ҳар ҳайратки бор.
Барчаси барчаси эзид таоло сунъ наққошиндадур.
Даҳо шоир айтмоқчиларки, бу гўзаллик мўъжизаларини аллоҳ таоло яратмишдур.
Сангардак шаршараси ҳар бир истеъдодга, ҳар бир инсонга улуғ завқ, бебаҳо руҳланиш бахш этади.
Сурхондарёлик ёш ижодкорларга бош-қош бўлган азиз мураббийлар қўлларида қалам, қалбларида илҳом, кўнгилларида Сангардакка талпиниш туйғуси билан йўлга тушдилар.
Ўтган йили Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоир ва адиб Йўлдош Мирзаев ижодкорларнинг Сангардакка саёҳатини ташкил этиш ташаббусини ўртага ташлаган эди.
Сурхон ижодкорларининг ижодий саёхати бир неча йиллар илгари Шерободда “Беш булоқ” оромгоҳида ўтказилган эди. Бу сафарги ижодий саёхат “Сангардак мушоираси” деб аталди.
Дебоча ижодий кечада шоир Менгнор Олломурод “Сангардак мушоираси” ижодий саёхатини Сурхон ёш ижодкорларининг “Сангардак мушоираси” семинарига айлантириш таклифини айтди. Бу таклифни барча иштирокчилар қўл кўтариб тасдиқладилар, қўллаб-қувватладилар.
“Сангардак мушоираси” семинари ижодий дастур асосида олиб борилди. Унда шоир Сирожиддин Қулбобоевнинг “Шаффоф туйғулар” китоби тақдимоти, адиб Нарзулло Сўфизода билан ижодий учрашув, таниқли шоир ва журналист Йўлдош Мирзаевнинг ёшлар билан суҳбати, Уюшманинг вилоят бўлими ёшлар билан адабий гурунги каби қатор тадбирлар ва “Сурхон оқшомлари” мушоираси бўлиб ўтди. Барча адабиёт суҳбатлари савол-жавоблар ва мушоира уйғунлигида олиб борилди.
“Сангардак мушоираси” Сурхон ёшлари семинари ниҳоясига етди. Ёшлар семинарини ҳар йили ўтказиш белгилаб олинди. Унга энг фаол ёшлар, ёрқин истеъдодлар, улуғ устозлар таклф этилади. Келаси йили Сурхон ёш истеъдодлари “Сангардак семинари” янада кенгроқ, янада жўшқинроқ ташкил этилиши чора-тадбирлари белгилаб олинди.
“Сангардак мушоираси”да фаол иштирок этган устозларга, ёшларга Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Сурхондарё вилоят бўлими совғалари топширилди.
“Сангардак мушоираси” ёшлар семинари юксак савияда, ниҳоятда мазмунли ва қизиқарли ўтди.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Сурхондарё вилоят бўлими
https://www.tg-me.com/Surxonadabiyoti

Telegram
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi
Qadrli ijod ahli, ushbu kanal orqali siz Yozuvchilar Uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi faoliyati hamda adabiyot olamidagi turfa yangiliklar va ijodiy jarayonlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borasiz...
O‘quvchilar mushoirasi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 15 maktabda o‘quvchilar ta’tili mazmunli o‘tmoqda. Bu yerda yosh iste’dodli o‘quvchilar ishtirokida ko‘plab mushoiralar, adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu safargi ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mengnor Ollomurod tashrif buyurdi. Adabiyot va ijod borasidagi suhbat nihoyatda jo‘shqin o‘tdi. Adabiyot anjumanida maktab o‘quvchisi, iste’dodli shoira, talantli publisist Sevinch Ashurovaga uning ijod namunalari kiritilgan “Ko‘ngillar diyori” kitobi sovg‘a qilindi. Ijodiy suhbatda Gulhayo Xolmirzayeva, Sevinch Ashurovalar o’z mulohazalarini bildirdilar. Yosh ijodkorlar va shoir Mengnor Ollomurod Hamid Olimjon haykalini va shu yerdagi obodliklarni borib ko‘rdilar. Ta’til kunlaridagi adabiy gurunglar qiziqarli, mazmunli va jozibaliligi bilan taassurotlarga boy bo‘ldi.
https://www.tg-me.com/Sheriyatadabiyklubi

“Sheʼriyat” adabiy klubi
Ushbu “Sheʼriyat” klubi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi qoshida Qumqoʻrgʻon tumanida tashkil etildi. Unda siz turli bahs va mushohadalarga boy boʻlgan hikoyalar, sheʼrlar va maqolalarga hamda goʻzal iqtiboslarga duch kelasiz.
#Tabrik
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Sadoqat Ergasheva yaqinda oʻz ilmiy ishini yoqlab phd diplomini qoʻlga kiritdi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi hamda Surxon ijodkorlari jamoasi Sadoqat Ergashevani kelajakdagi ijod va ilm yoʻlidagi ishlarida omadlar tilab qoladi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi

#Sangardak_mushoirasi
Sangardak taassurotlari
Hur togʻlardan ibrat oldim,
Bir olam baxt, hikmat oldim.
Sanʼatiga qoyil qoldim,
Men yengilmas qudrat oldim,
Koʻzga surtdim soylarini,
Shirin bildim choylarini,
Soya, salqin joylaridan,
Quvvat oldim, shiddat oldim.
Sharshara sayroqi ekan,
Suvlari oʻynoqi ekan
Balki, quvonganim shundan,
Ibrat oldim, ziynat oldim.
Kumush kokilin oʻynadim,
Navosiga hech toʻymadim,
Tiniq, toza, sof havodan,
Men bagʻri keng jannat oldim.
Pirlar duo yoʻllaganda,
Robbim, meni qoʻllaganda,
Dilda gʻubor qolmaganda,
Togʻdek baland savlat oldim.
Yoʻlga boqib soʻqmoq qoldi,
Dilda uchqur chaqmoq qoldi,
Qoʻlin siltab yaproq qoldi,
Qarang ketmas davlat oldim.
Dilnoz Mushfiq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

IJODIY BAHS
(26.06.2025. soat 17:00)
HAKAMLAR:
1. Bahodir Karim
2. Shodiqul Hamro
3. Aziz Said
4. Behzod Fazliddin
ISHTIROKCHILAR
NASRda:
Shavkat Do'stmuhammad
Bahodir Turg'unov
NAZMda:
Nurmuhammad Abduzoir
Ahror Abdumannon
Layli Muzaffarzoda
Shohista Ergasheva
Mohigul Hasan qizi
Mahfuza Begaliyeva.
Ishtirokchilar rag'batlantiriladi.
Tadbir yakunida "RAHBAR va YOSHLAR" uchrashuvi ham o'tkaziladi.

Forwarded from «ШАРҚ ЮЛДУЗИ» журнали
#Туғилган_кун
Бугун шоир ва таржимон Сирожиддин Рауф туғилган кун
📚 «Йиғлаётган ой», «Кўк гумбаз», “Сиз менга кераксиз”, “Ташриф”, “Муаллақ чексизлик”, “Нилий нақшлар”, "Мен бир фуқаро..." каби шеърий китоблар ҳамда болалар учун “Ғалати мусобақа” номли тўплам муаллифи.
⭐️ «Шарқ юлдузи» ва «Звезда Востока» журналлари бирлашган таҳририяти жамоаси
Бизни кузатиб боринг:
Telegram| Facebook | web-sayt

📝Сирожиддин Пўлатович Раупов (Сирожиддин Рауф) - 1967 йилда Қашқадарё вилоят, Қарши шаҳрида туғилган. 1992 йилда Тошкент Давлат университетининг Журналистика факультети, 2002 йил Тошкент Давлат Ҳуқуқшунослик институтини тугатган.
2000 йилда "Шуҳрат" медали билан тақдирланган. Қатор кўрик-танловлар совриндори. Ўзбекистон "Адолат" СДП аъзоси.
2015 йилдан "Шарқ юлдузи" ва "Звезда Востока" журналларининг Бош муҳаррири вазифасида фаолият юритиб келмоқда.
📚 «Йиғлаётган ой», «Кўк гумбаз», “Сиз менга кераксиз”, “Ташриф”, “Муаллақ чексизлик”, “Нилий нақшлар”, "Мен бир фуқаро..." каби шеърий китоблар ҳамда болалар учун “Ғалати мусобақа” номли тўплам муаллифи.
Сирожиддин Рауфни таваллуд айёми билан самимий муборакбод этамиз! Шоирга сиҳат-саломатлик, узоқ умр ва ҳаёт йўли, ижодий фаолиятида муваффақиятлар тилаймиз!