Telegram Web Link
Jarqo‘rg‘on tumanida kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mazkur mashg‘ulot Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari tomonidan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi “Surxon-500” 220/110/35/10 kV quvvatga ega podstansiyasida tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi — kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, texnogend xatarlarni bartaraf etish va xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida shartli favqulodda vaziyat yuzaga keltirilib, unga tezkorlik bilan javob qaytarish, avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Jarqo‘rg‘on tumanida “Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Jarqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida qurilishi tugallanmagan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida obyekt egalari va qurilish tashkilotlari vakillariga yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur profilaktik tadbirlar hududdagi obyektlar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yong‘inlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2025/10/22 16:24:51
Back to Top
HTML Embed Code: