Telegram Web Link
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi tizimda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Faxriylar oʻzlarinig mashaqqatli va sharafli hayot yoʻllari haqida soʻzlab hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor, davlatimiz rahbari tashabbuslari natijasida jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati va uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlarda yurtga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, avlodlar o‘rtasida ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Denov va Qumqoʻrgʻon tumanlarida kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan bir qator amaliy va profilaktik  tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kuz-qish mavsumiga tayyormisiz !

🔊Mavsum oldidan xonadoningizdagi gaz va elektr moslamalarini texnik ko'rikdan o'tkazishni unutmang!

Boshqa yangiliklar 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Termiz shahrida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot

Bugun, 16-oktyabr soat 13:02 da Termiz shahar "Bog‘ishamol" MFY "Farovon" massivida joylashgan xonadonlar birining balkonida 2 kv.m maydonida yig‘ib qo‘yilgan uy jihozlari yongan.

Yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borguniga qadar uy egalari va qo‘shnilari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Mahallabay va xonadonbay tamoyili asosidagi profilaktik tadbirlar

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida Denov tumanida “Mahallabay va xonadonbay” tamoyili asosida ko‘rgazmali profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida mutaxassislar aholining yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, ayniqsa kuz-qish mavsumida isitish asboblaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar va tavsiyalar berdilar.

Mahalla ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlarda xonadonlarda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan joylar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik ko‘rsatmalar berildi.

Aholiga is gazidan zaharlanish, elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar orqali ma’lumotlar yetkazildi.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2025/10/20 06:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: