Telegram Web Link
Surxondaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi va Termiz shahar FVB hamkorligida o‘quv seminari o‘tkazildi

"Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida boshqarma Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi hamda Termiz shahar FVB tomonidan Termiz shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda Termiz shahridagi ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish, aholining hushyorligini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi – ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilarda zilzila vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini yanada oshirishdan iboratdir.


Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Shoʻrchi tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot

Joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 15:30da Shoʻrchi tumani, "Toʻla" MFY xududida joylashgan, "Koʻxinur" MCHJga qarashli ASGQSH xududida harakatlanib ketayotgan "GAZ-53" rusumli yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan.

Xabarga koʻra voqea joyiga 1 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:37 da yetib borib, 15:39da oʻrab olinib, 16:05 da oʻchirilgan.

Yongʻin zarari va miqdori aniqlanmoqda.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev ishtirokida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23-oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev, Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori polkovnik O.A.Xolboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani "Qiriq-qiz" (Aqsholaq) shaharchasida joylashgan harbiy qismda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Batafsil...

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
BRIFING

Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi Tezkor bo'linma boshlig'i kapitan Fayzullayev Shernazar Xusan o'g'li tomonidan Zilzila haftaligi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan Surxondaryo teleradiokompaniyasining BRIFING dasturi orqali maʼlumot berib oʻtdi.

Бошқа янгиликлар 👇
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
2025/10/27 15:11:38
Back to Top
HTML Embed Code: