bootg.com »
United States »
Surxondaryo viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Rasmiy kanali » Telegram Web
#RASMIY_MUNOSABAT
🖥 “Denov yangiliklari” telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan videomurojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
📌 Ushbu videomurojaat orqali fuqaro M41 “Bishkek — Dushanbe — Termiz (O‘sh va Xorog orqali, Tojikiston Respublikasi chegarasi — Denov — Jarqo‘rg‘on — Termiz)” avtomobil yo‘lining 1483 – 1484-kilometrlari oralig‘ida yangi qurilayotgan ko‘prik yo‘liga kirish qismida avtomobillar ko‘prik tomonga burilganida orqadan kelayotan avtotransport vositalari kutib qolishining oldini olish maqsadida avtomobil yo‘lini kengaytirishni so‘ragan.
📍 M41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” avtomobil yo‘li II toifali yo‘l bo‘lib uning eni 9 metrni tashkil etadi.
☄️ Ushbu avtomobil yo‘lining 1483 – 1484-kilometrlari oralig‘ida joylashgan mazkur ko‘prik hamda unga tutash avtomobil yo‘lini qurish ishlari “Ko‘prik qurilish” aksiyadorlik jamiyatining 67-ko‘prik qurish brigadasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
🔼 Ayni vaqtga qadar ushbu obyektda qurilish-montaj ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan.
📊 Videomurojaatda keltirib o‘tilgan ushbu kamchilik “Ko‘prik qurilish” aksiyadorlik jamiyatining 67-ko‘prik qurish brigadasi tomonidan tez kunlarda bartaraf etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#SURXONDARYO_VILOYATI
#STOP_KORRUPSIYA
❗️ «Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa»
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
#STOP_KORRUPSIYA
📌 Surxondaro viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan masalalar yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi E. Eshaboyev, bosh yuristkonsult M. Masharipov, Termiz Transport prokuraturasi tergovchisi, 3-darajali yurist D. Isroilov hamda Surxondaro viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi xodimlari va ZOOM platformasi orqali tuman tashkilotlar rahbarlari.
Mohiyati: Tizim korxonalarida korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlari doirasida manfaatlar to‘qnashuvi va qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida» hamda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi Qonunlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
