Telegram Web Link
Qaror ijrosi ta`mirlash maqsadida mahallarda huquqiy targ`ibot tadbirlari o`tqazilmoqda
Muzrabot tuman hokimining 2025 yil 28- maydagi 126-8-025-sonli farmoishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoa xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadborlari to‘g‘risida ” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli farmoni, “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli hamda “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora –tadbirlar to‘g‘risida ” 2025-yil-3-yanvardagi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati mavzusida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot o`tqazildi.
Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi yuriskonsul’ti A.Jo‘rayev yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassis A.Yo‘ldoshev “maxilla yettiligi” bilan birgalikda maxalla faollari va tadbirkorlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Yig‘ilishda A.Jo‘rayev so‘zga chiqib “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni
“1. Quyidagilar mamlakatimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari etib belgilansin:
avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilarining “piyoda — jamoat transporti — velotransport — avtotransport” ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash;
yo‘l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo‘lga qo‘yish, ushbu amaliyotni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida joriy etish;
yo‘l harakatini tashkil etishni to‘liq raqamlashtirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish.
Tadbir davomida, ishtirokchilari qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.


Surxondaryo viloyati avtomobil yo`llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati.
☄️RASMIY MUNOSABAT

📣ANTIKORRUPSIYA telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatilgan va “Осиё Тараққиёт Банки маблағлари — кимнинг киссасида?” Deb boshlanuvchi murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

📌Murojaatda keltirilgan ushbu obyekt – D161 (4R105) “Darband q. — Boysun sh. — Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5 – 70-km (65km) qismi hisoblanadi.
Surxondaryo viloyatidagi D161 (4R105) “Darband q. — Boysun sh. — Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 5 – 70-km (65km) qismini va D167 (4R100) “Manguzar q. — Jarqo‘rg‘on sh. — Bandixon q. — Oltinsoy q. — Denov sh.” avtomobil yo‘lining 128 – 174-km (46 km) qismini (jami 111 km) rekonstruksiya qilish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-189-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 227,3 mln dollar bo‘lib, shundan, Osiyo taraqqiyoti banki ulushi 183,8 mln dollar hamda O‘zbekiston Respublikasining ulushi 43,5 mln dollar bo‘lib, loyihani 2022 – 2027-yillarda amalga oshirish belgilangan.
🔼Ushbu loyihaning buyurtmachisi etib, “Avtoyo‘linvest” agentligi, Bosh pudratchisi esa “Lankaran Yo‘l Tikinti” (Ozarbayjon) ochiq aksiyadorlik jamiyati, Konsultant – “Dongsung Engineyering” (Koreya) va “Meinhardt” (Singapur) qo‘shma korxonasi etib belgilangan. Loyiha doirasida jami 107,9 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish, 26 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich va 114 ta suv quvurlari qurish, shundan, 1-lotda 7 ta ko‘prik, 2-lotda 3 ta ko‘prik, 3-lotda 17 ta ko‘prikni hamda 2 ta avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (WIM) nazorat postlarini barpo qilish rejalashtirilgan
❗️Bugungi kunda Bosh pudratchi “Lankaran Yo‘l Tikinti” (Ozarbayjon) ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyiha doirasida jami 49,21 mln dollar o‘zlashtirilib, mazkur avtomobil yo‘lining 64,4 km (60 foizga) qismida yer ishlari, 29,6 km (28 foizga) qismida 33 sm qalinlikda qum-shag‘al aralashmasidan yo‘l asosining ostki qatlami yotqizish, 20,5 km (19 foizga) qismida 20 sm qalinlikda qum-shag‘al aralashmasiga 30 foiz chaqiqtosh qo‘shib, yo‘l asosining o‘rta qatlamini yotqizish, 19,7 km (19 foizga) qismida 18 sm qalinlikda M75 markali sement-beton aralashmasi (STB) bilan asosning ustki qatlami qurish,17,2 km (16 foizga) qismida yo‘lning ustki qatlamiga 27 sm qalinlikda M400 markali sement-beton qoplamasini yotqizish ishlari bajarilgan.

🇺🇿Surxondaryo viloyati AYBB matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#TO‘YGA_TO‘YONA

☄️Surxondaryo viloyati AYBB hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” bayramiga tuhfa sifatida bir qator obyektlar foydalanishga topshirilmoqda.
💥Xususan, Boysun TYFDM tomonidan 75V043 a) (4К624 b) “Kampirtepa granit koniga (22 km dan)” avtomobil yo‘lining 6,5-kilometr qismida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish obyekti (ko‘prik) qurilib, foydalanishga topshirildi.
📊Obyekt quvvati 60,3 pg, buyurtmachi – Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, loyihachi – “Janub yo‘l-loyiha” MCHJ, pudratchi – Boysun TYFDM.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хуқуқ тарғибот органлари билан йиғилш тадбири ўтқазиш Давом этмоқда

Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари Бош бошқармаси таркибидаги Денов ТЙФУКДМ ҳамда Денов Давлат Хавфсизлик Хизмати ҳамда ИЧТБ ва ФБ бўлими бошлиғи томонидан “Огохлик давр талаби” ва “Терроризм ва экстремизмга карши кураш” ҳуқуқий тарғибод тадбири ўтқазилди.

Ўзбекистон Республикаси таъкидлаганларидек “Фарзандларимизни миллий ва умумий кадриятларимиз асосида, уз фикру тафаккури ва замонавий билимга эга бўлган ватанпарвар этиб вояга етказиш-барчамизнинг оталик ва оналик бурчимиздир” Шундай экан оилада ота-она, мактабда устоз-укитувчилар хамда махаллада барча қўни-қўшни ёшларимизнинг таълим тарбиясига, хулк атворига бирдек масъуллигини гапириб ўтди.
Кун тартибидаги масала юзасидан Денов Давлат Хавфсизлик Хизмати Ходими сўз олиб, ўз сўзида - “Терроризм сиёсий, мафкуравий ёки социал-Революцион мақсадлар хамда интилишларга эришиш учун хукуматларни, аҳоли доираларини мунтазам қўркитиб туриш” “Террор” атамаси лотинча “terror”— дахшат, қўркув сўзидан келиб чиққан бўлиб умумий маънода у сиёсий муаммоларни хамда зиддиятларни зуравонлик ёрдамида хал этиш методики аиглатишиии билдирди. Бундан келиб чикишича, террор — оммавий ва сиёсий мақсадларга эришиш учун зўравонликдан хамда зўравонлик қилиш билан тахдид солишдаи мунтазам фойдаланишдир. Лекин бу террорни ўта умумлаштириб тушунишдир. Нисбатан тор маънода террор деганда диктаторлик типидаги давлат уз фукаролари ва сиёсий оппозицияга нисбатан амалга оширадиган зуравонлик назарда тутилади. Сунгги йилларда акидапараст окимлар ёшлар ичидаги фаолиятини мехнат мигрантларини таъсир доирасига олши, “хужралар” ташкил этиш, диний экстремистик мазмундаги материалларни электрон куринишда таркатиш, интернет оркали таргибот утказиш каби усулларда амалга оширмокда.

Йиғилиш сўнгида ходимлар саволлар билан мурожаат қилишди, саволлар бўйича тўлиқ тушунчалар берилди.

Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари Бош бошқармаси Матбуот хизмати
Коррупциянинг олдини олиш” ва унга қарши курашиш юзасидан давра суҳбати ўтказилди

Йиғилишда, Музробод тумани йўллардан фойдаланиш корхонаси ДМ Директори сўзга чиқиб, Президентимиз Ш.Мирзиёевнинг шахсан ташаббуси остида ҳуқуқни мухофаза қилувчи органлардаги коррупцион жиноятларга қарши курашиш бўйича амалга оширилган чора-тадбирлар дунёнинг ривожланган давлатлари ва нуфузли халқаро ташкилотлар томонидан эътироф этилаётгани таъкидланди.

Жумладан, Президент қарорлари билан 2017-2018 ва 2019-2020 йилларга мўлжалланган коррупцияга қарши курашиш бўйича давлат дастурлари қабул қилинди. Коррупцияга қарши курашиш бўйича фаолиятни амалга ошириш ва унда иштирок этувчи органлар ҳамда ташкилотлар фаолиятини мувофиқлаштирувчи орган сифатида Коррупцияга қарши курашиш бўйича идоралараро комиссия тузилди, ҳар бир давлат ўз ривожланиши давомида миллий манфаатларига энг кўп зиён келтирувчи таҳдидларга қарши курашишни устувор вазифа ҳисоблаб, унга қарши қатъий чоралар кўради. Шунинг учун ҳам халқимиз азалдан коррупцияни, айниқса, унинг азалий кўринишларидан бири бўлган порахўрликни қоралаб келган. Бировнинг ҳақидан ҳазар қилган.

коррупция – нафақат инсон ҳуқуқлари бузилишига, балки хавфсизликка таҳдид солувчи уюшган жиноятчиликнинг ривожланишига ҳам шароит яратувчи хавфли жиноят саналганлиги учун ҳам уни ҳозирда жамиятимиз олдида турган энг катта таҳдид сифатида баҳолаш мумкин дея сўзини якунлади.

Бундан ташқари йиғилиш қатнашчиларига Ўзбекистон Республикасининг 31 май 2022 йилдаги ЎРҚ-770-771-772-773-сонли Қонунлари ва ички ишлар органлари томонидан жиноят ишлари бўйича судларга кўриб чиқиш учун юбориладиган маъмурий ҳуқуқбузарликка доир ишларни кўришда талаб этиладиган ҳужжатлар ва бу борада ягона суд амалиётини жорий этиш юзасидан қўшма кўрсатма мазмун моҳияти батафсил тушунтириб ўтилди.
Сурхондарё вилоят автомобиль йўллари Бош бошқармаси матбуот хизмат.
Газеталарда туман юрисконсультлари томонидан ёзилган мақоллари чоп этилмоқда !
2025/10/21 13:57:09
Back to Top
HTML Embed Code: