Telegram Web Link
#RASMIY_MUNOSABAT

📍Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari boshlangan.

📈Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Sherobod va Qiziriq tumanini bog‘lovchi yo‘l nosoz ahvolda” ekanligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

📊Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlarini bog‘lovchi davlat ahamiyatidagi D164 “Sherobod sh. – Surxon temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 0 – 45-km (45 km) qismida hozirgi kunda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🛡Jumladan: Yo‘lning 3 km qismidagi eskirgan qoplama qazib olinib, asos qurish ishlari bajarildi, hozirda ushbu avtomobil yo‘lining 0,5 km qismiga asfalt-beton qoplama yotqizish ishlari bajarildi, ishlar davom etmoqda.
💥Yil yakuniga qadar asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari bajarilib, xalqimizga qulaylik yaratiladi va harakat havfsizligi ta’minlanadi.

Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

☄️Yo‘lovchi va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
📍Kuni-kecha davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D164 “Sherobod sh. — Surxon temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 5—7.1-kilometrlari oralig‘idagi 1.1 kilometr qismida eni 8 metr, qalinligi 6 santimetr bo‘lgan asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajarildi.
🛡Hozirda ushbu avtomobil yo‘lining 8—12-kilometrlari oralig‘idagi 2.7 kilometr qismida asfalt qoplama yotqizish ishlari olib borilyapti.
📈Bu ishlar Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Sherobod TYFDM hamda Angor TYFDM tomonidan amalga oshirilmoqda.
📊Mazkur jarayonga jami 18 ta texnika va 31 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

☄️Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududidn o‘tuvchi, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D164 “Sherobod sh. — Surxon temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 5—7.1-kilometrlari oralig‘idagi 1.1 kilometr qismiga Sherobod TYFDM tomonidan asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari yakunlandi.
🎉Ayni kunlarda ushbu avtomobil yo‘lining 10—12-kilometrlari oralig‘idagi 1.3 kilometr qismida Angor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan eni 8 metr, qalinligi 6 santimetr bo‘lgan asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilyapti.
🔼Buning uchun Angor TYFDM tomonidan jami 16 ta texnika va 23 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
🛡Jarayonlar jadal davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz kоrrupsiyaga qarshimiz mavzusida Muzrabot TYFKDMsida davra suxbati o'tqazildi.
Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktor O.N.Abdirasulov kirish so‘zi bilan ochdi va yig‘ilishni boshqarib bordi. Jarayonda tuman adliya bo‘lim boshlig‘i O. Allaberdiyev kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqib-korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat ekanligi
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 81-moddasiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu vazifa doirasida Agentlik vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning birgalikda samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi
Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati.
2025/10/19 21:32:15
Back to Top
HTML Embed Code: