Telegram Web Link
#RASMIY_MUNOSABAT

⚡️Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy tumanlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘li zamonaviy sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi.

❗️Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan: “Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy tumanlarini bog‘lovchi 1591-avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani “G‘alaba” mahalasidan o‘tuvchi qismi abgor holatda” ekanligi haqidagi xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi 75V056 “M41 avtomobil yo‘li (1529 km.dan) — G‘alaba q. — D161 avtomobil yo‘li (89 km.ga) ” avtomobil yo‘lining 0--7-kilometr (45 km) qismiga sement-beton qoplama toʻshaladi.
🖥Prezidentimizning 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-249-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-dekabrdagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirishga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 723-son qarori qabul qilingan.
🔼Yuqotidagi hujjarlarga muvofiq hozirgi kunda mazkur avtomobil yoʻli qurilishini tender savdolariga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔥Ushbu yoʻlda yil yakuniga qadar harakat havfsizligi ta’minlanadi va xalqimizga qulaylik yaratiladi.

Surxondaryo viloyati Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#TABRIKLAYMIZ_QUTLAYMIZ

💥1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi bosh muhandisi Erkin Nazarovning ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

❗️D161 davlat ahamiyatidagi “Darband q. — Boysun sh. — Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 12 – 20-kilometrlari oralig‘idagi qismida qurilish va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

📈Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan: “Boysun tumanida qurilayotgan yo‘lning changini qarang” deb boshlanuvchi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍Ushbu yo‘l D161 davlat ahamiyatidagi “Darband q. — Boysun sh. — Elbayon q.” avtomobil yo‘lining 12 – 20-kilometrlari oralig‘i bo‘lib, 2023-yilning 1-mart sanasidan hozirgi vaqtga qadar bu yerda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
☄️Hozirda mazkur yo‘nalishda sement-beton qoplamali avtomobil yo‘lini qurish ishlari Ozarbayjon davlatining “Lankaran yol tikinti” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
🔼Qurilish ishlari olib borilayotgan bu avtomobil yo‘li xaritasiga tushgan daraxtlarni zararsiz ko‘chirish masalasi biroz vaqtga cho‘zilgani bois, davlat ahamiyatidagi mazkur avtomobil yo‘lini qurish ishlari ortga surildi.
🖥Ushbu avtomobil yo‘lida qurilish va rekonstruksiya ishlari belgilangan reja va tegishli dalolatnoma asosida Ozarbayjon davlatining “Lankaran yol tikinti” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
‼️Eslatma sifatida aytish lozim, ushbu avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari to‘liq yakuniga yetguniga qadar chang-to‘zon ko‘tarilmasligi hamda ekologiyaga zarar yetkazmaslik uchun aylanma yo‘ldan (Sherobod tumani orqali) yurish tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Biz yong'inga qarshimiz" shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tqazildi.

O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 16-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavsizligini ta‘minlash bo‘yicha 2024-yilda bajarilga ishlar yakuni va 2025-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli xdfu buyrug‘i ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga xisobot taqdim etish uchun Surxondaryo viloyat hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 20-yanvardagi “Surxondaryo viloyati aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavsizligini ta‘minlash bo‘yicha 2024-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2025-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi B-2-son xdfu buyrug‘i va Muzrabot tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025-yil 22-yanvar kunidagi B-2sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 15-sentabrdagi 327-sonli farmoyishiga muvofiq, 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar yurtimizda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy oyligi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Murabot tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abdulla Mamatqulov buyrug‘iga muvofiq Muzrabot tumanida ham profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Hasan Hudoyqulov, tuman FVDqT xizmatlari xodimlari hamda Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi va xodimlari tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etib, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishning ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Tadbirga maxsus texnika, kuch va vositalar ham jalb qilindi.
Mazkur oylik doirasida aholining yong‘in xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, uy-joy va ish joylarida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Gazdan to‘g‘ri foydalanish, elektr jihozlaridan oqilona va xavfsiz tarzda unumli foydalanish, shuningdek, farzandlarimizga xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Surxondaryo Viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Huquqiy targ'ibot yig'ilishi o'tqazildi.

Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi bosh muhandis Sh. Diyorov kirish so‘zi bilan ochdi va yig‘ilishni boshqarib bordi davomida kun tartibidagi masala bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi.
Hozirda mamalakatimizda diniy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar hamda islohotlar barchasi xalqimizning farovon yashashi uchun qilinayotganligini ayni damda viloyatimiz markazi Termiz shahrida ham yoshlarimiz diniy ta’lim olishlari uchun oliy maktab qurib bitkaziolganligigni ta’kidlab o‘tdi.
Din ishlar bo‘yicha Qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi K.Esonov so‘zga chiqib Yuqoridagi qonun bilan diniy munosabatlar tartibga solinishi belgilanganligini takidlab o ‘tdi diniy taʼlim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub boʻlgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur boʻlgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik eʼtiqodi bilan bogʻliq holda fuqarolarda adovat va nafrat uygʻotish yoxud ularning his-tuygʻularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy eʼtiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim oʻz diniy eʼtiqodlarini sabab qilib boʻyin tovlashi mumkin emas. Diniy eʼtiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Yig‘ilish ishtirокchilаrining qiziqtirgаn huquqiy sаvоllаriga tаdbir qаtnаshchilаri tеgishli tаrtibdа jаvоb bеrishdi.

Surxondaryo Viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
2025/10/19 19:25:28
Back to Top
HTML Embed Code: