Telegram Web Link
🛣RАSMIY MUNOSАBАT:

⚡️““ПЕРЕРАСХОД” ХАРАЖАТИНИ КИМ ҚОПЛАБ БЕРАДИ”
Sarlavhasi ostida “DENOV YANGILIKLARI” telegram kanali orqali tarqalgan murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati АYBB quyidagilarni maʼlum qiladi:
✍️Ushbu obyekt Davlat ahamiyatidagi D169 b) avtomobil yo‘lining 3–5-km oralig‘i bo‘lib, Sho‘rchi TYFDM tasarrufida.
2025-yil 7-mart kuni bu yerda suv qo‘llash natijasida cho‘kishlar paydo bo‘lganligi uchun korxona tomonidan ta'mirlash ishlari bajarilgan.
Shundan so‘ng yomg‘ir yog‘ib, cho‘kishlar kuzatilganligi bois, ushbu avtomobil yo‘lining 5-km.dagi 80 metr qismining yarim o‘qiga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Ertasi kuni esa asfalt qoplamasining ichki tomonidagi 4 metr kvadrat qismida avtomobillarning harakati natijasida yoyilish, sinish va cho‘kishlar paydo bo‘lganligi sababli o‘sha 4 m kvadrat qoplamaning buzilgan hamda asfalt qilinmagan qismlari qirib olingan. Va QSHА to‘shalib, asfalt qoplamasi yotqizilgan.
Bu holat uchun korxona bosh muhandisi M.Mo‘minovga qonuniy chora ko‘rildi.
#Surxondaryo_viloyati

🖥TOPSHIRIQLАR IJROSI АMАLDА

📣 Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli Farmoyishiga asosan 2025-yil 11-martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilindi. Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarov Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanigda bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.
🇺🇿 Sh.Nazarov Sariosiyo tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi, viloyat va tuman idoralari hamda mutasaddilari Sh.Nazarov boshchiligida Farmoyishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi bilan tanishdilar.
🗺 Shuningdek Sariosiyo tumanidagi “Bo‘yrapo‘sh” hamda “Shabnam” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida aholidan jami 21 ta murojaat kelib tushdi va ularning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi.
📱 Murojaatlarning 7 tasi avtomobil yo‘llaridagi masalalar bilan bog‘liq bo‘lib, barcha murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlarga kirishildi.
Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan Sariosiyo tumanidan tanlab olingan og‘ir ahvoldagi 5 ta mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. Odamlar bilan muloqotda bo‘lib, bandlikni taʼminlash, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#Dolzarb_bir_oylik

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F-18 sonli farmoyishiga asosan "Dolzarb bir oylik" safarbarlik tadbirlari doirasida Sariosiyo tumaniga biriktirilgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sariosiyo tumanidagi og‘ir xudud bo‘lgan "Shabnam" mahalla fuqaro yig‘ini hududidagi 57-sonli umumta’lim maktabida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda fuqarolardan bugungi kunda ularni qiynab kelayotgan takliflar va murojaatlar muhokama qilindi hamda 6 ta murojaat tuman Xalq qabulxonasiga nazorat uchun hamda ijro uchun aloqador idoralarga taqdim qilindi.
Sh.B.Nazarov mahalla fuqarolar yig‘ini hamda aloqador tashkilotlar vakillari bilan birgalikda "Bir kontur—bir mahsulot" tamoyili asosida ekin maydonlarida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berdilar.
🔼2025-yil 11—14-mart kunlari mahallalarda ichki ariqlarni betonlash ishlari tashkillashtirildi va jami bo‘lib tuman mahallalarida 12,5 km ichki ariqlar betonlandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#Dolzarb_bir_oylik

🇺🇿Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarovning Sariosiyo tumanidagi og‘ir mahallalardagi sayyor qabullari davom etmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbarining mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish borasida belgilagan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarov, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova va boshqa mutasaddilar ishtirokida "Niholzor" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
⚡️Qabulda, asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, suv ta’minotini yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar o‘rin oldi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/28 06:53:05
Back to Top
HTML Embed Code: