Telegram Web Link
#SURXONDARYO_VILOYATI

🌐MUBORАK RАMАZON – XАYR-SАXOVАT OYI

✍️Odamiylik, yaxshilik va mehr-oqibat kabi fazilatlar namoyon bo‘ladigan Muborak Ramazon oyida bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashdek saxovat tadbirlari yanada keng quloch yozadi.
🕓Ayni maqsadda Аvtomobil yo‘llari Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.B.Nazarov tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Аvtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rahbariyati va Sariosiyo tuman xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.
🔼 Ramazon hayiti arafasida o‘tkazilgan ezgu amallar doirasida Sariosiyo tumanidagi “Hulkar”, “Shabnam”, “Bo‘yrapo‘sh”, “Xonjiza” va “Niholzor” mahallasidagi 22 ta kambag‘al oilaga ijtimoiy yordam paketlari tarqatildi.
✔️Bundan tashqari, ulug‘ ayyom munosabati bilan ushbu xonadonlarning har biriga 12 tupdan mevali daraxt ko‘chatlari ham ulashildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️BEPUL TIBBIY KO‘RIK TАSHKIL ETILDI

✍️Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Sariosiyo tumanining 5 ta og‘ir mahallasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
📍 Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.B.Nazarov tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati АYBB rahbariyati ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 65-sonli oilaviy poliklinika Bo‘yrapush filialida chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Unda tibbiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolarning og‘ir kasalligi va nogironligi bo‘lgan aʼzolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
⬇️Tadbirda 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 14 nafar tor doiradagi mutaxassis shifokorlar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida aholini ko‘rikdan o‘tkazishdi.
🔼 Shuningdek, oftalmologik mobil avtobus hamda ko‘chma mamografiya mobil poliklinikasi ham tibbiy ko‘rik uchun jalb etildi.
📈Tadbir davomida jami ming nafarga yaqin aholi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️RАMАZON – SAXOVAT, BIRDAMLIK VA BAG‘RIKENGLIK OYI

✍️Muborak Ramazon oyida xalqimiz orasida o‘zaro hurmat muhiti yanada mustahkamlanib, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu tashabbuslarga alohida eʼtibor beriladi.
 ❗️  Аyni xayrli ishlar ifodasini shu kunlarda Surxondaryo viloyati Аvtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda tashkil etilayotgan saxovat tadbirlari, yozilayotgan iftorlik dasturxonlari misolida ham ko‘rish mumkin.
  🔼 Xususan, Termiz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Ramazon hayiti munosabati bilan doshqozonlarga sumalak qo‘yilib, iftorlik dasturxoni yozildi.
  ➡️ Tadbir bahonasida korxona ishchi-xodimlari bir dasturxon atrofida jam bo‘lishib, dildan suhbat qurishdi. Sumalak kovlab, ezgu niyatlar ila duoga qo‘l ochishdi.
   Bu kabi saxovat tadbirlari Boshqarma tarkibidagi korxonalarda davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/26 06:13:44
Back to Top
HTML Embed Code: