Telegram Web Link
Channel photo updated
Channel name was changed to «History Pro»
"TARIX FANIDAN OLIMPIADAGA TAYYORLANAMIZ" telegram kanalini rebrending qilib "History Pro" deb qayta nomladim. Kanalda tarix faniga oid test topshiriqlaridan namunalar, qo'llanmalar, o'qituvchilar uchun videodarslar kabi foydali va eng yaxshi ma'lumotlar berib boriladi.

Kanal egasi o'zgargani yo'q. Hali ham o'zim yuritayapman.
Ijtimoiy fanlar o'qituvchilari uchun kitoblar tavsiyasi

Tarix, huquq, geografiya va iqtisodiyot kabi fanlardan maktablarda dars beruvchi o'qituvchilar nafaqat darsliklardagi ma'lumotlarni yaxshi bilishlari balki ko'plab sohaga oid xalqaro adabiyotlarni o'qishlari shart. Shu qatorda o'zim to'liq yoki qisman o'qigan kitoblar, ilmiy maqolalardan bir nechtasini sanab o'taman. Siz bu ro'yxatdagi kitoblardan kamida bittasini qunt bilan o'qisangiz, ishonamanki sizning dars berish tarjibangizda yaxshi o'zgarish bo'ladi.

Tavsiyalar:

1. World History: Patterns of Interaction by McDougal Littell - maktab darsliklari o'rnida foydalanish mumkin bo'lgan juda qiziqarli va foydali manba. Bizdagi darsliklar bilan mavzulari ham mos keladi. Shu bilan birga ulardan ancha yaxshi.

2. Politics for Beginners by Louie Stowell, Alex Frith, Rosie Hore - tarixdan dars beruvchi o'qituvchi siyosatning elementar tushunchalarini bilmasligi mumkin emas. Bu kitob aslida bolalar uchun ishlab chiqilgan, lekin kattalar uchun, darslarda ishlatish uchun ham juda foydali.

3. The Russian Conquest of Central Asia A Study in Imperial Expansion, 1814–1914 by Alexander Morrison - Aleksandr Morrisonning rus istilosi davri haqida juda ajoyib kitobi. 9-sinf O'zbekiston tarixi darslarida foydalansa bo'ladi.

4. Sivilizatsiyalar to'qnashuvi va yangi dunyo tartibi - Samuel Hantington - biroz eski kitob bo'lsada dunyo tartibi haqida tassavvurlaringizni boyitishi aniq.

5. How the World Became Rich: The Historical Origins of Economic Growth by Mark Koyama
- kitobning o'zbekcha nomi "Dunyo qanday qilib boyidi? - Iqtisody o'sishning tarixiy asoslari" bo'lishi kerak. Iqtisodiy tarix, iqtisodiy taraqqiyotga oid oxirgi o'n yillikdagi eng yaxshi kitoblardan biri. Jeyms Robinson, Jared Daymond kabi iqtisodchilarning nazariyalarini umumlashitirib bera olgan kitob.

6. Мифы экономики, Сергей Маратович Гуриев - Kitobda 48 ta iqtisodiy afsonalarning nega xato ekanligi tushuntirib berilgan. Tarix va iqtisod ustozlari uchun o'qilishi shart kitob.

7. Prisoners of Geography: Ten Maps That Tell You Everything You Need to Know About Global Politics by Tim Marshall - Geosiyosat haqida eng sodda kitob. Geografiya va tarix o'qituvchilari yostiqlari ostidan joy olishga arziydi.

8. "The Economic Impact of the Black Death" & "Geopolitics and Asia's Little Divergence: A Comparative Analysis of State Building in China and Japan after 1850" - Bular yuqorida aytib o'tilgan Mark Koyamaning ilmiy maqolalari [1, 2]. Ta'rif shart emas menimcha - o'rganilgan mavzular juda qiziqarli.

9. Frankis Fukuyamaning barcha asarlari.

10. Genri Kissinjerning barcha asarlari.

11. Yalong'och iqtisodiyot: Charlz Uilian - bu kitob asaxiy tomonidan o'zbekchada chop qilindi. Ko'pchilik o'qigan bo'lsa kerak. Tarif shart emas.


Agar o'qituvchi bo'lsangiz va imkoningiz bo'lsa men sanagan kitoblardan kamida bittasini o'qib chiqing va fikringizni menga yozing. Umid qilamanki, yaqin kelajakda faktlarni to'tiqushday yodlagan "o'qituvchilar" emas, haqiqiy ziyolilar ko'payadi.

@tarixolimpiada
Yuqoridagi testni ikki yil avval tuzib, eʼlon qilgan edim. Ayting-chi, bu testni bajarish uchun nimanidir yodlagan boʻlish kerakmi?
Tarixni yodlash va yodlatish tarafdorlari bu usulni maʼqul koʻrishlarining asosiy sababi - buning juda oson ekanligidir.

Haqiqiy togʻri usulda oʻqitish, tarixiy tafakkurni oʻquvchida shakllantirish uchun darslikdagi toʻrtta maʼlumotni bilish va uni doskaga chizib tushuntirib berish kamlik qiladi. Buning uchun men yuqorida tavsiya qilgan kitoblar va maqolalardan oʻnlab, yuzlab oʻqigan boʻlish kerak.

Aslida, yosh bola ham maʼlumotni yodlashi/yodlatishi mumkin. Tarixiy tendensiyalarni anglash, tushuntirish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar orasidagi bogʻlanishni tushunish sizdan koʻproq narsa talab qiladi.
Yodlatish, kitobni daftarga koʻchirtirib yozdirish oʻzbek taʼlimidagi kargo kultga aylanib qolgani juda achinarli.

Kargo kult haqida bilmasangiz video:https://youtu.be/TNu0eLjwDcA?feature=shared
Nodemokratik mamlakatlarda tarixni oʻqitishdagi muammolarning asosi - fanning haddan ortiq siyosiylashganligi va akademik erkinlik yoʻqligi hisoblanadi.

Bunday davlatlar odatda mafkuraviy maqsadlarda maʼlum shaxs kultini yaratadi va tarixiy tafakkur prizmasi shu asosida shakllanadi.

Shuningdek, bu kabi davlatlarda turli tarixiy voqealarning turli akademik tahlili yetishmaydi. Chunki, tarix - xalqni mobilizatsiya qilish, mafkuraviy toʻyintirish va propaganda quroliga aylantiriladi. Bu holatda tarixga turli paradigmalar asosida yondoshish mumkin boʻlmay qoladi. Akademik darajada senzura oʻrnatiladi. Oqibatda esa, quyi pogʻonada tarix faqat ulugʻ bobolar bilan maqtanish vositasi va "avval yomon edi, hozir yaxshi edi" gʻoyasi bilan ijtimoiy kayfiyatni soʻndirish quroliga aylantiriladi.

Eng muhimi, oʻylaydigan, tahlil qilib "nega" deb savol beradigan emas, balki zombilar armiyasi shakllanadi. Nodemokratik mamlakatlarning eng muhim mafkura quroli shu sababli - maktablardir.
Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
​​🔤O'zbekiston tarixi (Majburiy blok)
🔢 Testlar soni - 10 ta

👉Testni boshlash: https://clck.ru/WmQzZ

Onlayn darslarimizda qo'llaniladigan testlardan namuna.

Telegram | Veb-sayt |YouTube.
​​🔤O'zbekiston tarixi (Majburiy blok)
🔢 Testlar soni - 10 ta

👉Testni boshlash:https://bit.ly/3CbYuSU

Onlayn darslarimizda qo'llaniladigan testlardan namuna

Telegram | Veb-sayt |YouTube.
Ertaga soat 19:30da ta'limiy o'yin platformalari haqida video-qo'llanmamiz YouTube'da premyera qilinadi.


Ta'limiy o'yinlar! | Wordwall, Spin the wheel va Jeopardy haqida
https://www.youtube.com/watch?v=NSngzuo8m-U
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz (Husanboy Xoldorov)
"KATTA SUHBAT" ga MARHAMAT!
👉 https://www.tg-me.com/TARIX_TILSIMI?livestream
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gitler Fashistik sertifikat testlarga munosabat bildirdi.
Oʻqituvchilar ijro hokimiyatining bir hodimidan (bizda uni "hokim" deyishadi) Samarqand-Buxoroga sayohat qilishga yordam qiling deb soʻrabdi.

Daxshat.

p.s. bu yerda ayb oʻqituvchilarda emas
2025/07/07 13:12:25
Back to Top
HTML Embed Code: