Telegram Web Link
Forwarded from Angren Asrorbek
Assalomu aleykum ustoz. Yana bir bor rahmat.
OTMga qabulda turli imtiyozlar tarqatish - davlat budjeti mablagʻlari samarasiz sarflanishining bir shakli.

Davlat otmlarida kontraktga kirgan talabani oʻqitish harajatlarining deyarli yarimi davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Demak, imtiyozlar samarasizroq abituriyentlarning oʻqishga kirishiga olib kelsa, oxir oqibatda samarasiz talablar uchun behuda harajatlarga sabab boʻladi.

Davlat granti uchun qabul qilish talablarining fundamental prinsipi eng istiqbolli studentga investitsiya qilish boʻlishi kerak. Shunday holatda studentga davlat budjeti tomonidan sarflangan mablagʻ oqlanadi.

Aksincha, shartli Eshmatvoyga qandaydir mukofotni olgani yoki qaysidir maktabni bitirgani uchungina grantga qabul qilish - 4 yil Eshmatvoyning taʼlim harajatlarini budjet hisobidan qoplash degani.

Xulosa shuki, imtiyozlar shunchaki boshqa abituriyentlarga nisbatan adolatsizlik emas. Balki davlat budjeti mablagʻlari samarasiz sarflanishining bir shaklidir.
👍4🔥1
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ballari oʻrtasidagi tafovut bizga iqtisodiy ragʻbatlar qanday ishlashini koʻrsatadi

Birinchi rasmda Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, ikkinchisida esa Yuridik universitet oʻtish ballarini koʻrishingiz mumkin.


Ayni shu yerda muammo aytilayotganidek, maktablarda emas balki mehnat bozoridagi ragʻbatlar konsentratsiyasida boʻlishi mumkin. Qaysi yoʻnalishda "soqqa koʻp" degan tushuncha boʻlsa shu yoʻnalish talabgirroq va tabiiyki ballar ham balandroq boʻladi.
🔥1
🔡 Olimpiada testlari mundarijasi

📖 Tarix fanidan olimpiada testi-1
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-2
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-3
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-4
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-5
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-6
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-7
📖 Tarix fanidan olimpiada testi-8

Davomi bor...


E'tibor bering: bu testlarni havola orqali o'tib, istalgan vaqtda: kechasi 1da ham, ertalab 4da ham bajarishingiz va bitta tugmani bosish orqali natijangizni shu zahoti bilib olishingiz, xatolaringizni ko'rishingiz mumkin. Bunday testlarni qaysi pullik guruhlarda ko'rgansiz? :)


Agarda ushbu testlarning PDF shakli (printerdan chop etish imkoniyati bilan) kanalga yuklanishini istasangiz izohlarda yozing.


👉 Kanalga qo'shilib oling: @toshkent_tarixchilari
🔥6
History Pro
Yana bir oflayndagi o'quvchimiz. Tarix - 27 ta
O'lmasova Jasmina

143,7 ball (Tarix 27 ta to'g'ri)

Sharqshunoslik universiteti, bo'lajak tarix(chi) o'qituvchisi, nasib qilsa
🔥7👍1
Shu bilan oflayndagi bu yil topshiradigan 2ta o'quvchining ikkisi ham o'qishga kirdi. Natija - 100% (🤓)

Kimgadir kulgili tuyilishi mumkin, lekin oflaynda jami 3ta o'quvchi o'qitdim o'tgan mavsumda. Ikkitasi yuqoridagi o'quvchilar, yana biri bo'lajak legioner - bu yil 11-sinfga o'tdi.
🔥8🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzan tarbiyaviy maqsadda shunday videolardan foydalansa boʻladi
🔥72
"Hech bo'lmasa o'qituvchi bo'ladi" (c)
5👎2
🔥8 ta variantdan iborat olimpiada testlarining PDF shakli va tuman olimpiadasining rasmiy test topshiriqlari quyidagi guruhga yuklandi!

👉 Ulanib oling: https://www.tg-me.com/+vzOIWceeWI42OTQy


Izoh: kecha ulangan ishtirokchilarimiz texnik sababga ko'ra chiqarib yuborildi. Qayta qo'shilib oling.
Ertaga fan olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha onlayn kursga qabul e'lon qilaman, nasib qilsa. Batafsil ma'lumotlar shunda e'lon qilinadi.

Hozircha shuni aytib o'tishim kerak, men respublika olimpiadasi ishtirokchisi bo'lganman. Bu siz shunchaki random o'qituvchidan emas, siz uchun eng kerakli o'qituvchidan dars olishingizni anglatadi.

Shuningdek:

- Kurs sifatli bo'ladi;
- Kurs hamyonbop bo'ladi;
- Eng muhimi, natijaviy bo'ladi, xudo xohlasa.


Kursga olindan ro'yxatdan o'tish uchun yozing: @trozmatov

Ertaga 20:30da batafsil chatda suhbatlashamiz. Chat bu yerda bo'ladi:

https://www.tg-me.com/+vzOIWceeWI42OTQy
https://www.tg-me.com/+vzOIWceeWI42OTQy
https://www.tg-me.com/+vzOIWceeWI42OTQy
1
#Bilasizmi?

Akademik litsey hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning birinchi bosqich g‘oliblari ikkinchi bosqichda (tuman/shahar bosqichi) ishtirok etmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi bosqichda (viloyat bosqichi) ishtirok etadilar.


Asos: VMQ-562

@tarixolimpiada
#Bilasizmi ?

Asosiy olimpiadalar maktablarning 9 — 11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida va to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

birinchi bosqich — maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;
ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida o‘tkaziladi.

To‘rtinchi bosqichda umumta’lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etadilar.

Asos: VMQ-562

@tarixolimpiada
👍2
Asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 2 mln 250 ming so'm (BHMning 6 baravari);
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 1 mln 500 ming so'm (BHMning 4 baravari);
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 1 mln 125 ming so'm (BHMning 3 baravari);


Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi (respublika) bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 4 mln 500 ming so'm (BHMning 12 baravari);
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 3 mln so'm (BHMning 8 baravari);
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — 2 mln 250 ming so'm (BHMning 6 baravari);


Asos: VMQ-562

Izoh: bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so'm etib olindi.

@tarixolimpiada
👍5
Bugun 20:00da tarix fan olimpiadasi bo'yicha namunaviy test olinadi.

Test bu yerda o'tkaziladi: https://www.tg-me.com/+vzOIWceeWI42OTQy
Milliy sertifikat bo'yicha pullik guruhlarimiz bo'yicha kursga qabul ochilganini eslatib o'tmoqchiman.

Kurs narxi oyiga 85 ming so'm. Darsni o'zim (To'lqin Ro'zmatov) olib boraman. Kurs davomida barcha audio-materiallar, testlar va qo'llanmalar bilan ta'minlanasiz. Pullik kurs bepuldan yaxshigina farq qiladi.

Asosiy dars haftada 4 kun. Qo'shimcha dars haftada 2 kun.

Qo'shilish uchun to'lov qilib chekni @trozmatov ga yuboring. Ko'p odam olmaymiz. Maksimum 40 ta
👍6
Dars jadvali (To'lqin Ro'zmatov).pdf
68 KB
Milliy sertifikat va attestatsiya bo'yicha kursimizning dars rejasi


Haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlariga asosiy darslar joylashtirilgan.
Haftaning seshanba va payshanba kunlariga qo'shimcha darslar joylashtirilgan.


Kurs narxi 85 ming so'm oyiga (keyin oshmaydi)

Bitta guruhda maksimum 40 ta o'quvchi qabul qilinadi.


Qo'shilish uchun to'lov qilib chekni @trozmatov ga yuboring.

Karta: 9860 1301 0848 4499
To'lqin Ro'zmatov
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Бир куни бир киши мени йўқлаб келибди. Салом-аликдан сўнг муддаога ўтди.

"Домла, 5000 доллар бераман, диссертацияни ёзиб беринг, ҳимоядан кейин яна бераман, хуллас, рози қиламан" деди.

"Фарзандлардан нечта?" сўрадим.

"Иккита..."

"Уларнинг айби нима?" деб сўрадим.

Довдиради.

"Тушунмадим, домла..." деди.

"Шундай қилиб диссертация ёқласангиз ҳукми ҳалолми ёки ҳаром?" деб сўрадим.

"Билмадим..."

"Сиз менга ҳалоллигини исботлаб беринг, сизга шарт ёзиб берай, бир ой ўтирсам битта диссертация тайёр бўлади. Энди тескариси бўлсачи? Яъни, ҳаром. Фан номзоди бўласиз, фан номзодига яраша ойлик оласиз. Бу ойлигингиз ҳалолми ёки ҳаром? Агар ҳаром бўлса, болаларингизга шуни едирасизми? Болаларингизнинг айби нима? Уларни ҳалол едириш ўрнига бундай қилсангиз келажаги нима бўлади? Озгина қийналасиз, тан-жонингиз соғ, нима қиласиз гўдакларингизнинг келажагини барбод қилиб? Бу гапни сиз айтмадингиз, мен эшитмадим, бориб ишингизни қилаверинг!"

"Узр, домла..."

"Бир гап эсингизда турсин, ота-она, айниқса, эркак киши етти пуштига масъулдир. Сиз ким бўлсангиз етти авлодингиз ҳам шу бўлади. Буни генетика дейди, аллақачон исботлаб қўйган! Энди боринг, ишингизни қилинг!"

"Минг бор, узр, домла..."
🔥9👍6
2025/07/13 18:12:47
Back to Top
HTML Embed Code: