Telegram Web Link
History Pro
Photo
"The New York Times"da chop etilgan maqolaning sarlavhasiga e'tibor bering. Bu sarlavha "Slovakiya Bosh vaziri suiqasddan 2 hafta o'tib shifoxonadan chiqdi" deb tarjima qilinadi. Siz ingliz tilini kamida A2 darajada bilsangiz, bu yerdagi "leave", "hospital" kabi so'zlarning hammasining tarjimasini bilishingiz aniq. Biz bu postda "assassination" so'zining kelib chiqishi va ma'nosi haqida o'rganamiz.

"Assassin’s Creed" kompyuter o'yinini o'ynagan bo'lsangiz kerak. Bu o'yin syujetiga 11-13-asrlarda mavjud bo'lgan yashirin terrorchilik guruhi - hashshoshiylar (keyinroq Yevropa manbalarida ular assassinlar deb nomlana boshlangan) asos bo'lgan. Gap shundaki, assassinlar o'ta yashirin usullar bilan amalga oshiriladigan suiqasdlari, qotilliklari bilan mashhur bo'lgan. Ular odatda hukmdorlar, podsholarni davlat arboblariga qarshi suiqasdlar amalga oshirganlar. 13-asrda bu guruh dastab Eronda mo'g'ullar, keyin esa Suriya va Livanda mamluklar tomonidan tugatilgan.

Shundan kelib chiqib, ingliz tilida bugungi kunda "assassinate" fe'li mashhur shaxsni o'ldirish ma'nosini anglatadi. "Assasination" esa mashur insonning o'ldirishini ifodalaydigan so'z (ot/noun) hisoblanadi. "Attempt" - "urinish" ("попытка") deb tarjima qilinganidan, "assassination attempt" - "suiqasd qilishga urishinish"dir.

O'rganganlaringizdan kelib chiqib, quyidagi gapni tarjima qiling:

President Kennedy was assassinated in Dallas, Texas, in 1963.

@tarixolimpiada
Xitoydagi "bir oila - bir farzand" siyosatining natijasi
History Pro
Xitoydagi "bir oila - bir farzand" siyosatining natijasi
Qo'shimcha: bu diagrammada tug'ilish bilan parallel ravishda o'lim dinamikasi ham ko'rsatilgan
Bu shaxs qisqa vaqt ichida mamlakat hududini birlashtira oldi. Bu g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri durron» unvonini qabul qildi va abdali qabilasining nomini durroniy nomi bilan o‘zgartirdi.

U kim?
An'anaviy (bu safar kechikkan) maslahatlar
Yaqinda bir ustoz menga noutbuk tanlash bo'yicha maslahat so'rab yozgan edi. Keyinroq javob beraman deb shu chatni topolmay qoldim. O'qiyotgan bo'lsangiz menga yozib yuboring.

Birozdan keyin o'qituvchilar uchun noutbuk/kompyuter tanlash bo'yicha alohida post bo'ladi.
Shuning uchun, yurfakka tinchgina tarixdan test olish kerak edi.

Lekin bu davo emas, ogʻriq qoldiruvchi.

https://www.tg-me.com/xushnudbek/24582
"Ўтган ҳафта якунида Президент билан Фарғонада учрашган абитуриент Мадина Солиевага давлатимиз раҳбари ўзи орзу қилган ЎДЖТУга ўқишга киришига омад тилиган эди.

Бу воқеадан бир кун ўтиб Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги вакиллари ҳамда ЎДЖТУ ректори Фарғонага келиб, унга имтиёзли асосида, ҳеч бир имтиҳонсиз ўқишга қабул қилинганлиги тўғрисидаги сертификатни тантанали  топширибди."

**

Эслатма ва савол:

Хурматли юристлар! Шундай сертификат ўқишга қабул қилишга асос бўлиши мумкинми?
History Pro
Yaqinda bir ustoz menga noutbuk tanlash bo'yicha maslahat so'rab yozgan edi. Keyinroq javob beraman deb shu chatni topolmay qoldim. O'qiyotgan bo'lsangiz menga yozib yuboring. Birozdan keyin o'qituvchilar uchun noutbuk/kompyuter tanlash bo'yicha alohida post…
Яқинда бир устоз менга ноутбук танлаш бўйича маслаҳат сўраб ёзган еди. Aслида менга бундай саволлар кўп келади. Шундай қилиб, устозлар учун ноутбук танлаш борасида содда ва фойдали пост ёзиш керак деган қарорга келим. Бунга етарли сабаблар ҳам бор:

Биринчидан, ноутбуклар бозоридаги таклифлар шу қадар кўп ва тартибсиз-ки, зўр мутахассис ҳам чалкашиб кетади. Бренд (масалан, Asus) бўйича қидирсангиз, сериялар (Vivobook, Zenbook, Expertbook, ROG, TUF ва ҳкз) чиқиб келади, ундан кейин модификациялар. Қисқаси - бош оғриғи.

Иккинчидан, устозларимизнинг аксариятида компютер бўйича алоҳида назарий билимлари мавжуд емас. Оқибатда, улар ўзларига айнан қандай техника керак еканлигини тўлиқ билмасликлари мумкин. Кўпинча, бу бозордаги енг арзон ёки енг қиммат товарни сотиб олиш билан тугайди.

Давоми бор..
Oflayndagi o'quvchilarimdan (aslida oflaynda ko'p o'quvchi o'qitmayman) biri. Tarix 29ta chiqibdi. Imtiyozlar bo'lmaganida behavotir "Diplomatiyaga kiribsiz" deya olardim-u, lekin O'zbekistonda ekanimiz esimga tushib qoldi. Nima bo'lganda ham, tabriklayman! Ajoyib natija!

Yo'qolsin imtiyozlar! Bir yil avval ham aytganman [bir, ikki]
Yana bir oflayndagi o'quvchimiz.

Tarix - 27 ta
Davlatning asosiy vazifasi fuqarolarni ijtimoiy va jamoat tovarlari (mudofaa, xavfsizlik tizimi, yo'llar va jamoat bog'lari kabilar) bilan ta'minlashdir. Bu vazifani bajarish uchun u fuqarolaridan soliqlar to'playdi. To'plangan soliqlarni adolatli va samarali taqsimlash parlament tomonidan amalga oshiriladi. Negaki, soliqlar va boshqa manbalardan to'plangan budjet - xalqniki va uni tasarruf etish masalasi xalq mandat bergan parlamentda hal bo'lishi kerak. Budjet ijrosini amalga oshirish uchun esa davlatlarda hukumatlar shakllantiriladi. Hukumat davlatning men yuqorida yozgan ijtimoiy va jamoat tovarlari bilan ta'minlash vazifasini bevosita amalga oshiruvchi operativ ijrochi organdir.

Demak, misol uchun avtomobillar ("O'zAvto"), po'lat quvurlar, kinolar (Kinematografiya agentligi), neft-gaz yoki oliy ta'lim (Oliy ta'lim vazirligi) va balki paxta ishlab chiqarish jamoat tovarlari sirasiga kirmas ekan bu tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug'illanish davlatning vazifasi emas. Modomiki shunday ekan, bu tovarlar bilan ta'minlashni "nazorat qiladigan" yoki "amalga oshiradigan" vazirliklar yoki davlat tashkilotlari ham mavjud bo'lishi kerakligi savol ostida.

Davlat faqat jamoat tovarlari bilan ta'minlashni zimmasiga olib, qolgan ishlarni qonun doirasida erkin qo'yib berishi "anarxiya" emas "bozor iqtisodiyoti" deb nomlanadi.

https://www.tg-me.com/legistuz/1667
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Biz hamon prezident va podshoh / sultonni bir-biridan farqlamaymiz. Ikkisi bir narsa deb oʻylaymiz. Koʻp qiliqlarimiz shuning natijasi boʻlsa kerak.

@birgap
History Pro
Izohsiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi videoni tarjima qilishga harakat qildim. AQSH ichki siyosati (9-sinf Jahon tarixi) mavzusida foydalanish mumkin.
Alohida kvota yechim emas. Imtiyozlar bekor qilinishi kerak.

Chunki, "alohida" kvota havodan qoʻshib berilayotgani yoʻq-ku.
History Pro
Toshkent shahrida milliy sertifikat uchun oflayn shaklda kurs tashkil qilsak talabgorlar bormi? Darslarni "Quadro" aʼzosi Toʻlqin Roʻzmatov olib borishi rejalashtirgan. (Hali 100% aniq emas). Sizning fikringiz muhim. Agar men oʻtsam (Toʻlqin) siz tarixdan…
Toshkent viloyatliklar diqqatiga!

Tarix fanidan OFLAYN shakldagi guruhlarimiz uchun qabul ochiq. Kurs davomida ustozlar va abituriyentlar bilan milliy sertifikat sinovlaridan TOP natijalar olish uchun ishlaymiz. Darvoqe, siz kursa tarixdan tashqari ko'proq foydali narsalarni o'rganasiz.

Natijalar: [MS natijalar, abituriyent-2023, abituriyent-2024]

Kurs boshlanish vaqti: 1-avgust;
O'qituvchi: To'lqin Ro'zmatov;
Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani;

Kontakt: @trozmatov / 90 901 97 47
2025/07/05 14:36:11
Back to Top
HTML Embed Code: